Mavzu:Navoiyning oshiqona g‘azallarini yodlash va ularni g‘oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilish
Tuzuvchi:Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti
182-o‘zbek tili guruhi talabasi Polvonnazarova Mashhura
REJA: I.Kirish.Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. II.Asosiy qism: 1)Alisher Navoiyning oshiqona g‘azallari. 2)Oshiqona g‘azallar badiiyati. III.Xulosa.Alisher Navoiy-so‘z mulkining sultoni. Sharq adabiyotini, umuman, Sharq ma’naviyati va madaniyatini ulug‘ mutafakkir hamda buyuk shoir Mir Alisher Navoiysiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu zot haqida gap ketganda, avvalo, Yurtboshimiz Islom Karimovning mumtoz shoir bobomizning behisob go‘zal insoniy fazilatlarini mujassam etgan holda aytgan mashhur ta’rifini eslash o‘rinlidir: “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir” . Darhaqiqat, Alisher Navoiy qoldirgan ulkan adabiy-ilmiy meros bunday ta’rifning qanchalik to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. Bir-biridan rang-barang g‘azallar, pand-nasihatga yo‘g‘rilgan ruboiy va qit’alar, diniy-ma’rifiy mazmundagi risola va dostonlar hali hamon dunyo ma’naviyati kutubxonasining eng yuqori javonlarida viqor to‘kib turibdi. Nafaqat musulmon Sharqi, balki Yevropa va Okeanorti davlatlarida ham bu zotning asarlari sevib o‘qiladi. - Sharq adabiyotini, umuman, Sharq ma’naviyati va madaniyatini ulug‘ mutafakkir hamda buyuk shoir Mir Alisher Navoiysiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu zot haqida gap ketganda, avvalo, Yurtboshimiz Islom Karimovning mumtoz shoir bobomizning behisob go‘zal insoniy fazilatlarini mujassam etgan holda aytgan mashhur ta’rifini eslash o‘rinlidir: “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir” . Darhaqiqat, Alisher Navoiy qoldirgan ulkan adabiy-ilmiy meros bunday ta’rifning qanchalik to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. Bir-biridan rang-barang g‘azallar, pand-nasihatga yo‘g‘rilgan ruboiy va qit’alar, diniy-ma’rifiy mazmundagi risola va dostonlar hali hamon dunyo ma’naviyati kutubxonasining eng yuqori javonlarida viqor to‘kib turibdi. Nafaqat musulmon Sharqi, balki Yevropa va Okeanorti davlatlarida ham bu zotning asarlari sevib o‘qiladi.
Navoiy lirik merosining asosini g‘azallar tashkil etadi. Yuqorida tilga olganimiz “Xazoyin ul-maoniy”da yigirma ming baytdan ortiq g‘azal bor. Navoiy g‘azallarining g‘oyaviy badiiy jihati haqida gapirishdan oldin g‘azalga xos bir-ikki xususiyat haqida aytib o‘tish lozimday, nazarimizda. G‘azal asli arabcha so‘z bo‘lib, “ayollarga yoqimli munosabat ko‘rsatish, muhabbat izhor etish”ga kabi ma’nolarni anglatadi. Tuzilishi jihatdan ikki misra – baytdan tashkil topadi. G‘azalning ma’nosini inobatga olsak, yaratilgan g‘azallarning ilk ko‘rinishlari ishq-muhabbatga bag‘ishlangan. A. Hayitmetov ta’kidlaganidek, “Garchi Sharq poeziyasida biz satirik, falsafiy, avtobiografik g‘azallarni, tabiat, may haqidagi g‘azallarni uchratsak ham, lekin g‘azallarning asosiy spesifik mavzusi ishqdir” . Vaqtlar o‘tishi bilan har bir ijodkor o‘z mahorati darajasida uning (ya’ni g‘azalning) mavzu doirasini kengaytirgan. Bu, albatta, hamma ijodkorga ham nasib qilavermagan. Navoiy kabi daholarning novatorligi hisobiga turkiy tilda yaratilgan g‘azallar rang-baranglashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |