ONA TILI 5-sinf
23-dars. SO‘ZLARDA TOVUSH TUSHISHI
Topshiriq.
Matnni o‘qing. Matnda ajratilgan so‘zlarning
talaffuzi va yozilishiga e’tibor bering.
Diniy ma’rifatni targ‘ib qilishda, tinch va pokiza hayot ke-
chirishda bizga ibrat bo‘ladigan ulug‘ bobolarimizdan biri Ba-
houddin Naqshband sanaladi.
U 1318-yilda Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlog‘ida
ta-
vallud topgan. Bolalik chog‘idanoq ko‘ngli ilmga moyil bo‘lgan.
Bahouddin Naqshband ilmni puxta o‘rganish va targ‘ib qilish
bilan birgalikda usta
hunarmand sanalgan. Shoyi gazlamalar-
ga, temir va mis buyumlarga naqsh solish bilan kun kechirgan.
Umrini insonlarga xolis xizmat qilish bilan o‘tkazgan. O‘z ta’li-
motiga “
Dast ba kor-u dil ba yor!”, ya’ni “Qo‘ling ishda va diling
Allohda bo‘lsin!” degan g‘oyani bosh shior qilib olgan. Shu bois
Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy kabi Sharq
allomalari uni o‘zlariga pir (ustoz) deb bilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |