OʻZBEKISTON TARIXI (15 TA)
Kidariylar va Sosoniylar o‘rtasida qachon to‘qnashuv sodir bo‘lgan?
A) 457-yilda B) 353-yilda C) 476-yilda D) 456-yilda
Dastlab Turk xoqonligining markazi qayer edi?
A) Oloy B) Issiqko‘l C) Yettisuv D) Oltoy
Biri ikkinchisiga tutashib ketadigan, 38-40 harfdan iborat yozuv qanday nomlanadi?
A) sug‘d B) toxar C) oromiy D) turkiy run (ko‘kturk)
Quyidagilardan qaysi joy nomlari Abu Muslim qo‘zg‘oloni bilan bog‘liq emas.
1) Samarqand; 2) Marv; 3) Damashq; 4) Kufa; 5) Choch.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 5 C) 1, 4, 5 D) 2, 4, 5
Shayboniylar hukmronligi davrida Movarounnahrda qo‘shhokimiyatchilik vujudga kelishi oqibatida Balx va Badaxshonda mustaqil siyosat yuritgan shaxsni aniqlang.
A) Navro‘z Ahmadxon B) Iskandarxon C) Pirmuhammad D) Mahmud Sulton
Ashtarxoniy Subhonqulixon Balxni qaysi shahar hokimiga alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi?
A) Miyonqol hokimiga B) Kesh hokimiga C) Badaxshon hokimiga D) Samarqand hokimiga
Xonliklarda vaqf yerlaridan olingan foydaning hisob-kitobi va taqsimoti bilan kim shug‘ullangan?
A) muhtasib B) devonbegi C) mutavalli D) karvonboshi
“Shirin va Shakar”, “Bo‘z yigit”, bular nimalar?
A) dostonlar B) she'rlar C) qasidalar D) devonlar
Rossiya imperiyasining Buxoro amirligiga hujumi davrida Kitob hokimi kim edi?
A) Jo‘rabek B) Iso Avliyo C) Hojibek D) Bobobek
Mil. avv 2-mingyillikga oid bolgan Sopollitepa manzilgohi qayerda joylashgan?
A) Samarqandda B) Qashqadaryoda C) Surxondaryo D) Xorazmda
O‘rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temir buyumlar… .
A) mil.avv. IX-VIII asrlarga tegishli
B) mil.avv. VII-VI asrlarga tegishli
C) mil.avv. VIII-VII asrlarga tegishli
D) mil.avv. VI-IV asrlarga tegishli
Qo‘qon xoni mingboshisi Musulmonqul qaysi rus vakili bilan maxfiy ravishda muzokaralar olib borgan edi?
A) V. Velyaminov – Zernov B) A. Beznosikov C) T. Burnashev D) I. Buxgols
Bolshevik maddohlarning e’tirof etishicha, qo‘rboshilar o‘rtasida eng kuchlisi kim edi?
A) Katta Ergash B) Madaminbek C) Shermuhammadbek D) Ochilbek
O‘zbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuziga qachon qayerda asos solinadi?
A) 1925-yilda, Toshkentda
B) 1926-yilda, Buxoroda
C) 1925-yilda, Farg‘onada
D) 1925-yilda, Samarqandda
O‘rta Osiyo hududida topilgan dastlabki mehnat qurollari nechanchi asrga oid?
A) mil.avv VII asr B) mil.avv V-VI asr C) mil.avv IX-VIII asr D) mil.avv X-IX asr
Do'stlaringiz bilan baham: |