44-mashq.
Gaplardagi grammatik vositalarning noto‘g‘ri qo‘llanishiga
ko‘ra yuzaga kelgan mantiqiy nuqsonlarni izohlang.
1. Fursatdan foydalanib, institut jamoasi va ekspertlari nomidan,
barcha yurtdoshlarimizni Yangi 2018-yil bilan chin dildan qutlaymiz va
oldimizda turgan ulkan vazifalarni bajarishda bir tan-u bir jon bo‘lib,
bir yoqadan bosh chiqarib, yurtimiz ravnaqi uchun hormay-tolmay
ishlashlariga chaqiraman. (Gazetadan) 2. Huquqni muhofaza qiluvchi
organlar, sudlar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar
komissiya bilan hamkorlikda joylarga chiqib, har bir mahkum bilan
yakka tartibda suhbatlashish orqali ularning shaxsi o‘rganib chiqildi.
(G. To‘laganova) 3. Qonunga ko‘ra, amnistiya aktini qo‘llash uchun
ayblov tomonining, shu jumladan, jabrlanuvchining roziligini talab etil-
maydi. (G. To‘laganova) 4. Bug‘doyrang cho‘tir yuzlarini ajin bosgan,
soqollari sutdek oppoq. Lekin o‘zlari sira tinchimaydilar. (S. Ravshanov)
Do'stlaringiz bilan baham: |