96
111-mashq.
Tez aytishlarni yod oling, ularni takror-takror ayting.
Bunda tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, diksiyasini buz-
maslikka harakat qiling.
1. Gulnoz guzardagi gulzordan gul uzdi.
2. Oq choynakka ko‘k qopqoq, ko‘k choynakka oq qopqoq.
3. Tez aytgin-u tez gapir, tez aytganga bir patir.
4. Chaman-chaman paxtazor ichida chevar qizning qo‘llari chanoqdan
chanoq
qa chaqqonlik bilan ko‘chadi.
5. Turg‘un to‘rtta to‘rg‘ayni to‘rga tushirdi. («Badiiy o‘qish asoslari»
kitobi)
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |