Ona tili 10-sinf (Yodlash shart bo’lgan ma’lumotlar)


VAQT, payt, zamon, fursat, mahal, chog‘, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, lahza



Download 47,01 Kb.
bet7/10
Sana01.04.2022
Hajmi47,01 Kb.
#524026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yodlanishi shart. Tarqating

VAQT, payt, zamon, fursat, mahal, chog‘, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, lahza.
Yuz beradigan voqea-hodisa va narsalarning asrlar, yillar, soatlar, daqiqalar va h.k. bilan o‘lchanadigan davomiyligi.
1) Vaqt so‘zi qolganlaridan keng tushunchaga ega.
2) Payt, zamon, mahal, chog‘, kez, kezak, palla, muddat, dam, on, lahza
so‘zlari ma’lum chegaralangan vaqtni bildiradi. Shuning uchun bu so‘zlar ifodalanayotgan vaqt chegarasini aniqlab ko‘rsatuvchi so‘zlar bilan birga qo’llanadi: yoz payti, bir zamon, har mahal, shu on, shu chog‘, o‘sha kezda, har lahza, kuz pallasi kabi.
3) Muddat o‘lchangan, belgilangan vaqtni bildiradi.
4) Zamon biror voqea-hodisa bilan xarakterli bo‘lgan vaqt oralig‘ini ham bildiradi.
5) Lahza, on vaqtning juda qisqa darajasini bildiradi va ko’proq kitobiy uslubga xos
6) Fursat ko‘pincha, ma’lum ish uchun lozim bo‘lgan, shu ishga belgilangan vaqt ma’nosini anglatadi.

  • !!! Undalmalar gap bo’laklari bilan aloqga kirishmaydi

  • !!! Undalmalar gapning barcha o’rnida qo’llana oladi

  • !!! Undalmalar gap o’rtasi va oxirida kelsa emotsionallaik bo’yog’i, subyektiv munosabatni ifodalaydi

  • !!! Undalmalar gap boshida kelsa tinglovchining diqqatini jalb qilish uchun qo’llanadi

  • GAPDAGI KIRISHLAR USLUBIYATI

  • !!! Tilimizdagi kirishlar deb umumlashtiriladigan birliklar juda katta uslubiy, ekspressiv-emotsional imkoniyatlarga ega. Kirishlar so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo‘lgan subyektiv bahosi, turli munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi, ya’ni nutqning ifodaliligi, ta’sirchanligi, ekspressivligini ta’minlaydi. Ular:
    1) ishonch (U, albatta, keladi),
    2)
    gumon-taxmin (U, ehtimol, keladi),
    3)
    istak, mamnunlik (U, xayriyat, keldi),
    4)
    taajjub (Tavba, u kelmaydimi?!),
    5)
    ta’kid (Axir, u keladi),
    6)
    fikrning kimga tegishliligi (Menimcha, u keladi),
    7)
    fikrni jamlash, xulosalash (Xullas, u keladi) kabi bir qancha uslubiy ma’nolarni ifodalaydi.

  • !!! Kirishlar mohiyatan subyektiv ma’no ifodalashga xoslangani uchun rasmiy uslubda deyarli qo‘llanmaydi.

  • Kirishlar:
    1) alohida so‘z (afsuski, sizningcha, aytishlaricha kabi)
    2) so‘z birikmasi (gapning ochig‘i, dangalini aytganda, so‘zning qisqasi kabi)
    3)
    gaplar (Rostini aytsam, O‘ylab ko‘rsam, Buni qarang kabi) yoki undan katta birliklar shaklida bo‘lishi mumkin.

  • !!! Kirishlar asosiy gapdan verguldan tashqari, ayniqsa, gapga teng holatlarda qavslar, ba’zan tire bilan ajartilishi mumkin.

  • Yodlang!!! BOPLAMOQ, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq. Ijrosini o‘rniga qo‘ymoq.
    1) Boplamoq, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, do‘ndirmoq oddiy ish-harakatlarga nisbatan ham, shuningdek, bajarilishi ustalik, mahorat talab etadigan harakatga nisbatan ham qo‘llana oladi.
    2) Qiymoq, eshmoq ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos, bular bajarilishi ustalik, mahorat talab etadigan harakatalarga nisbatan qo‘llanadi va bu so‘zlarda belgi darajasi ancha yuqori bo‘ladi.
    3) Kelishtirmoq nisbatan kam qo‘llanadi.
    4) Mondalamoq shevaga xos.

  • KIRITMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI!

  • Esda saqlang!!! Tilimizdagi kiritmalar deb umumlashtiriladigan birliklar so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga qo‘shimcha izohi, to‘ldiruvchi ma’lumotini ifodalaydi. Ular nutqning aniqligi va to‘liqligini ta’minlaydigan muhim vositalar sifatida nutqning deyarli barcha uslublarida qo‘llanadi. Ammo badiiy va publitsistik uslublarda qahramon xarakterini ochish, uning nutqini individuallashtirishdagi muayyan holatlarni izohlash, fikr ifodalashning o‘ziga xos usuli kabi vazifalarni ham bajaradi.

  • Diqqat!!! Kiritmalar ham so‘z, so‘z birikmasi va gap shakllarida bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha qavslar bilan asosiy gapdan ajratiladi:
    1) O‘g‘lining qo‘liga to‘rt dona chachvon (chimmat) tutqazdi. (so’z)
    2) Ijobatni olgandan keyin yuqorida mazkur Toshkent ashroflari bir majlis qurib, o‘tirishga Normuhammad qushbegi (Toshkent hokimi)ni ham chaqiradilar.(Soz’ birikmasi)
    3) Oqposhshoning in’omi kelganini eshitgan xotinlar (ustaning onasi va xotini) talashib, nari-beri gapga borib qoldilar.(so’z birikmasi)
    4) Salomatxonning dadasi, soqol-mo‘ylovidan tegirmon gardi arimaydigan (u kishi qishloqda tegirmonchilik qilardi) xushsurat mo‘ysafid qizining peshonasidan o‘pib xayrlashdi. (gap shaklidagi kiritma)


  • Yodlang!!! JILMAYMOQ, kulimsiramoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq. Ovoz chiqarmay ko‘z, lab harakati bilan kulgi ifoda qilmoq, miyig‘ida kulmoq
    1) Jilmaymoq va iljaymoq so‘zlari stilistik jihatdan neytral hisoblanadi.
    2) Irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq so‘zlari salbiy bo‘yoqqa ega.
    3)
    Bu salbiy bo‘yoq irjaymoq so‘ziga nisbatan tirjaymoq so‘zida, tirjaymoq so‘ziga nisbatan ishshaymoq so‘zida, ishshaymoq so‘ziga nisbatan irshaymoq so’zida kuchliroqdir

  • Qaysi morfologik vosita hurmatlash, ta’kidlash, kesatish, gumon, umumlashtirish kabi uslubiy vazifalarda qo‘llanishi mumkin? Ko’plik shakli –lar

  • Kelishik shakllari uyushiq bo‘laklarning har biriga alohida-alohida qo‘shilsa, qanday uslubiy ma’no namoyon bo‘ladi? Uyushiq bo’laklarni ta’kidlab sanash

  • Qaysi kelishik shakllarining qisqargan holda qo‘llanishi tasviriylikni kuchaytiradi? Qaratqich va tushum kelishigi shakli –n

  • O‘zbek tilida subyektiv baho ifodalovchi maxsus qo‘shimchalar bormi? Ularga misollar keltiring. Erkalash va kichraytirish shakllari


  • Download 47,01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish