Ona tili 10-sinf (Yodlash shart bo’lgan ma’lumotlar)


VATAN, mamlakat, yurt, diyor, el, mulk



Download 47,01 Kb.
bet10/10
Sana01.04.2022
Hajmi47,01 Kb.
#524026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yodlanishi shart. Tarqating

VATAN, mamlakat, yurt, diyor, el, mulk. Kishi tug‘ilib o‘sgan, o‘zi uning fuqarosi bo‘lgan joy, territoriya.
1) Vatan so‘zida fuqaro, xalq tushunchasi u mansub bo‘lgan joy tushunchasi bilan birlashgan, shuningdek, unda joy (hudud)ning fuqaro, xalq mansubligi, uning «yashash joy»i bo‘yog‘i aks etib turadi.
2) Mamlakat ko‘proq adabiy nutqqa xos bo‘lib, unda «yashash joyi» bo‘yog‘i juda kuchsiz, hatto yo‘q darajada bo‘ladi. Bu so‘z, umuman, biror xalq yoki xalqlar uchun umumiy (birlashtiruvchi) hududni bildiradi.
3) Yurt ko‘proq oddiy nutqqa xos va u ma’lum joy (hudud) bilan shu joyga mansub xalqni ham qo‘shib ifodalay oladi.
4) El nisbatan eskirgan, hozir ko‘proq poetik asarlarda uchraydi.
5) Diyor poetik uslubga xos. Bu so‘z, umuman, ma’lum bir joy ma’nosida (ma’lum bir xalqqa mansublik tushunchasisiz) ham qo‘llanadi.

  • Tilning eng yirik birligi nima? Matn

  • Qanday uslubda iqtibosning manbaasi ko’rsatilmaydi? Badiiy uslubda

  • Qanday uslubda keltirilgan iqtibos(bayt, jumla, aforizm kabilar) manbasi ko’rsatilishi shart? Ilmiy uslubda

  • «Davlat tili haqida»gi qonunimizning qaysi moddalarida ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan? 8-14-moddalarda

  • Yodda saqlang!!! Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag‘al so‘zlar, shevaga oid so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi...
    Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikma­ laridan ko‘proq foydalanish lozim. Chunki qolip­lashgan,­ yagona doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda, 8–10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga, qoliplashgan so‘z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Ma’lumki, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boradi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin: ...lavozimga tayinlansin; ...lavozimidan ozod qilinsin...

  • Esda Saqlang!!! Ish yuritish jarayonida eng ko‘p ishlatiladigan ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi ish qog‘ozlari ma’lumot-axborot hujjatlari sifatida umumlashtiriladi.

    Download 47,01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish