Ona tili 10-sinf (Yodlash shart bo’lgan ma’lumotlar)


Yodlang!!! AZOB, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam



Download 47,01 Kb.
bet6/10
Sana01.04.2022
Hajmi47,01 Kb.
#524026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yodlanishi shart. Tarqating

Yodlang!!!
AZOB, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam.
Ruhiy yoki jismoniy qiynoq.
1) Azob keng tushunchaga ega, u «ruhiy va jismoniy qiynoq» ma’no-sida ham, «o‘zga tomonidan bo‘ladigan, shuningdek, biror narsadan bo‘ladigan qiynoq» ma’nosida ham qo‘llanaveradi.
2) Aziyat, asosan, yoz-ma nutqda va o‘qimishli, katta yoshdagi kishilar nutqida qo‘llanadi.
3) Jabr so‘zida belgi darajasi azob so‘zidagiga nisbatan kuchli va bu so‘z, asosan, «inson tomonidan bo‘ladigan azob» ma’nosida qo‘llanadi.
4) Jafo mustaqil so’z holida kam qo’llanadi. Ko’pincha bar so’zi bilan juft so’z holida(jabr-jafo) yoki qilmoq fe’li bilan birga qo’llanadi
5)Ozor so’zida belgi darjasi azob , jabr so’zlariga nisbatan kuchsizroq. Bu so‘z ham mustaqil holda juda kam qo‘llanadi.
6) Zahmat mehnat bilan bog‘liq azobni bildiradi.
7) Alam bu ma’noda kam qo‘llanadi.
8) Iztirob, asosan, «ruhiy azob» ma’nosida qo‘llanadi va unda belgi darajasi azob so‘zidagiga nisbatan kuchliroq. Oddiy so‘zlashuvda deyarli qo‘llanmaydi.
9) Uqubat, sitam so‘zlari yakka holda juda kam ishlatiladi. Uqubat so‘zi, ko‘pincha, azob so‘zi bilan, sitam so‘zi jabr so‘zi bilan juft so‘z holida qo‘llanadi. Azob-uqibat, jabr-u sitam…

  • Hozirgi zamon shakli –yap qaysi uslubda ko’p qo’llanadi? Soz’alshuv uslubi

  • Qaysi zamon shakllari poetic(badiiy) uslubda ko’p qo’llanib, tantanvorlikni ifodalaydi? -ajak, -ayotir, -ayotib, -gay

  • Qaysi zamon shakli aniq zamonni emas, umuman zamonni, odatiylikni bildirish uchun ham ishlatiladi? Kelasi zamon shakli -a(-y). boraman, uchadi, o’qiyman, pishadi

  • SHAXS-SON SHAKLLARI KO’CHISHI VA USLUBIYATIGA QARANG!!!

  • Borib so‘rasang, o‘shqirib beradi. Qo‘rqasan odam... Gapdagi qo’rq+a+san shaklini izohlang. Bu yerda –san shaklan II shaxs birlikni, mazmunan I shax birlikni ifodalaydi (qo’r+q+man bo’lishi kerak edi)

  • O‘libmizmi, akaxon, bizam tushunamiz, ishingiz nozik, ha. Bu gapda tushun+a+miz kesimidagi –miz shaklan II shaxs ko’plik, mazmunan II shaxs birlik sanaladi ko’plik birlik o’rnida qo’llangan) tushun+a+man bo’lishi lozim edi.

  • Esda saqlang!!! Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari harakatning bajaruvchi shaxsini , bu shaxslarning miqdorini ko‘rsatadi. Bu shakllar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda birinchi shaxsning ko‘plik(-miz) shakli shu shaxsning birligi(-man)ni ifodalash uchun qo‘llanadi, bunda kamtarlik yoki manmanlik, kinoya-kesatiq kabi ma’nolarni ifodalaydi.

  • E’tibor bering!!!
    1) Biz ham bu narsalarni ko’rgan+miz. (Men ham bu narsalarni ko’rgan+man) (Shaklan: K Mazmunan: B) manmanlik
    2) Mana kel+di+k. (mana kel+di+m) kamtarlik
    3) Jahongir “Hozir ko’ramiz” deb stoliga qaytdi. ( ko’r+a+man) (ko’r+a+miz) kamtarlik
    4) Bu maqolni biz ham bilamiz dedi Shoto’ra. (bil+a+man) (bil+a+miz) kinoya-kesatish

  • Esda saqlang!!!
    Ikkinchi shaxsning birligi va ko‘pligini ifodalovchi -san va -siz qo‘shimchalarining qo‘llanishidagi uslubiy holat shundan iborat:
    1) -siz hurmat ifodalashga, ya’ni «sizlash»ga ham ixtisoslashgan
    2) -san esa «senlash»ga ixtisoslashgan.
    Masalan: a) Mansur aka, mana, siz ham, harqalay, uncha-muncha narsani ko‘rgansiz (sizlash, hurmat ma’nosi).
    b) Otingniqamchila, bo’lmasa quruq qolasan. (sensirash, hurmatsizlik ma’nosi)

  • Diqqat!!! Hurmat yoki hurmatsizlik ifodalsh va kuchaytirish maqsadida –siz va –san shaxs-son shakllariga –lar ko’plik shakli qo’shilishi mumkin.
    a) Xush kel+ib+siz+lar (hurmat hamda ko’plik)
    b) Hammang mum tishlaganmi+san+lar(hurmatsizlik), nega javob bermay+san+lar(hurmatsizlik)

  • Diqqat!!! Shuningdek, buyruq-istak maylidagi -ing qo‘shimchasi ham hurmat ma’nosini ifodalaydi, ayni paytda ko‘pchilikni «sizlash» ma’nosida -inglar, ko‘pchilikni «senlash» ma’nosida esa -laring qo‘shimchasi ishlatiladi.
    A) Sizlar ketaver+ing+lar,­ orqalaringdan yetib boraman!(ketaver+ing+lar—hurmat)
    B) Bu bolaga yetti yot begona edilaring-ku! Amaldor bo‘lgandan keyin g‘imirlab qoldilaringmi? (begona edi+lar+ing va g’imirlab qoldi+lar+ing hurmatsizlik)

  • Demak, o’q+ing birlikdagi hurmat, o’qi+ng+lar ko’plikdagi hurmat;

  • Demak , O’qi+lar+ing ko’plikdagi hurmatsizlik

  • Xullas, ayt+ ing+lar=ko’plik va hurmat; ayt+ lar+ing ko’plik va hurmatsizlik

  • Qani jo’na+lar+ing. 1) Buyruq mayli 2) ko’plik 3) hurmatsizlik

  • Salomat bo’l+sin+lar—salomat bo’ling (sh:III shaxs—m:II shaxs—salomat bo’l+ing)

  • Endi, ijozat etsalar, bir-ikki so‘raydurgon gapimiz ham bor.(sh: III shaxs—m:II shaxs—ijozat etsa+ng)

  • Assalomu alaykum, taqsir! Xush kelibsiz (sh:II shaxs ko’plik—m: II shaxs birlik—kelib+san)

  • Xush ko‘rdik! Sizlarga ming-ming rahmat, O‘rmonjon (sh: I shaxs ko’plik—m: I shaxs birlik—ko’rdi+m)

  • E-e... kelsinlar, kelsinlar. Qadamlariga ha-sanot! (sh: III shaxs ko’plik—m: II shaxs birlik—kelib+siz)

  • Bu men, akosi, tanidilarmi? (sh: III shaxs ko’plik—m: II shaxs birlik—tanidi+ng+mi)

  • Yodlang!!!! AYYOR, mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), shayton, tulki, tullak,qirriq, xirpa, maston. Aldab, chalg‘itib, har qanday ishni o‘z foydasiga hal qiladigan makr-hiylaga usta.

  • Yodlang!!!
    1. Ayyor, quv, mug‘ombir so‘zlari odamga va ayrim boshqa jonivorlarga nisbatan ham qo‘llana oladi.
    2. Qolganlari esa bu ma’noda faqat odamga nisbatan qo‘llanadi.
    3. Ustomon, hiylagar so‘zlarining ma’nosi uning o‘zagidan anglashilib turadi.
    4. Mug‘ombir so‘zida belgi darajasi ayyor so‘zidagiga nisbatan biroz kuchsiz.
    5. Quv so‘zida belgi darajasi kuchliroq.
    6. Dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), makkor so‘zlarida ham belgi darajasi kuchli. Lekin bu so‘zlar nisbatan kam qo‘llanadi.
    7. Shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa so‘zlari«ish ko‘rgan ayyor» ma’nosida qo‘llanadi. Maston so‘zi folklor asarlarida va ayrim shevalarda uchraydi

  • Qaysi shaxs-son shakli sizlashga xos? -siz bor+a+siz

  • Qaysi shaxs-son shakli senlashga xos? -san bor+a+san

  • –san va –siz shakllariga hurmat yoki hurmatsizlikni kuchaytirish uchun qaysi shakl qo’shiladi? Ko’plik shakli –lar bor+a+siz+lar—bor+a+san+lar

  • INKOR SHAKLLARI VA USLUBIYATI!!!

  • Yodlang!!! Tilimizda inkorni ifodalovchi morfologik vositalar sifatida fe’lning bo‘lishsizlik shaklini yasovchi 1) -ma qo‘shimchasini, 2) emas, 3) yo‘q kabi so‘zlarni, shuningdek, 4) na..., na yordamchisini ko‘rsatish mumkin.

  • Qaysi inkor shakli so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda tasdiqni(inkorni emas), tasdiqning kuchli ta’kidini ifodalashi mumkin? Bo’lishsizlik shakli –ma bormay qo’ymayman—boraman (ta’kidlangan tasdiq)

  • Qaysi inkor shakli ritorik so’roq gaplarda keng qo’llanadi? Bo’lishsizlik shakli –ma

  • Ritorik so’roq gaplarda qaysi shakl tasdiqni(inkorni emas) kuchaytirib ifodalaydi? Bo’lishsizlik shakli –ma

  • Rahimov g‘animga tashlangan chog‘da Alpomish shiddatin payqamagan kim?! Ushbu ritorik so’roq gapda nima tasdiqni kuchaytirgan? Bo’lishsizlik shakli –ma (bu yerda “hamma payqagan” degan yorqin ifodani yuzaga chiqargan)

  • Bo‘lishsizlik ifodalovchi -ma qo‘shimchasi fe’l tarkibida qaysi qo‘shimchalar mavjud bo‘lganda, fe’lga qo‘shila olmaydi? -moq, -moqda, -moqchi kabi ( bu o‘zbek nutqiy odatida yo‘q. Masalan, kelmamoq, kelmamoqda, kelmamoqchi kabi qo‘llanishlar mumkin emas)

  • Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarining har ikki qismi, ya’ni ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga bu qo‘shimcha qo‘shilganda ham, inkor emas, balki qat’iy tasdiq ifodalanadi. Bunga misol ayting! Dushmanni yeng+may qol+maydi (albatta yengadi) Hech kim bil+may qol+maydi (hamma biladi)

  • Qaysi inkor shakli inkor bog‘lovchisi sifatida ham, inkor yuklamasi sifatida ham inkorning kuchli va qat’iy ifodalanishiga xizmat qiladi, nutqning emotsional-ekspressivligini kuchaytiradi? ..na…na inkor shakli


  • Inkor ma’nosi ba’zan so‘zlashuv uslubida, demakki, badiiy uslubda ham !!! Ohang(intonatsiya) yordamida ifodalash mumkin. Misol ayting. Bor gapni aytaman-tashlayman. Uni topib bo’ptilar keyin (ya’ni, topa olmaydilar inkor ma’nosini ifodalagan)

  • Demak, inkorni 1) –ma 2) yo’q 3) emas 4) …na…na 5) ohang bilan hosil qilish mumkin!!!

  • Bir ahmoq xodimining qilig‘i uchun mansabdan ayrilishni kim ham istar edi? (sh: tasdiq—m: inkor)

  • Qalbi muhrlangan banda uyni muhrlamoqchi bo‘lganlarga nima ham deya olardi? (sh: tasdiq—m: inkor)

  • Bu gaplarni kim bilmaydi dersiz? (sh: inkor—m: tasdiq ritorik so’roq gap)

  • Diqqat!!! Ritorik so’roq gaplar kesimi tasdiq bo’lsa, inkorni, inkor bo’lsa tasdiqni ifodalaydi)

  • Bo’lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo’shilsa, davomli bo’ishsizlikni ifodalaydi. O’qi+may qo’ydi, kel+may qo’ydi(anchadan beri, davomli)

  • Bo’lishsizlik shakli ko’makchi fe’lga qo’shilsa, bir martalik inkorni ifoda etadi: o’qib qo’y+madi, bajarib qo’y+madi (bir marta)

  • Bo’lishsizlik shakli ko’makchi ham yetakchi fe’lga qo’shilsa qanday ma’no anglashiladi? Qat’iy tasdiq qimay qo’ymadi, bajarmay qo’ymadi

  • YODLANG!!! ASIL, sara, sarxil, xil, mumtoz, zupta, poshshaxon Qimmati, fazilati va boshqa xususiyati jihatidan eng yuqori darajali, eng yaxshi.
    1) Asil, sara, xil shaxs yoki narsa-predmetlarga nisbatan qo’llana oladi Lekin juda oz uchraydi.
    2) Sarxil faqat narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llaniladi.
    3) Sara, sarxil donalab sanaladigan narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llanadi.
    4) Sarxil, asosan, saralab (xillab) ajratilishi mumkin bo‘lgan narsalarga nisbatan qo‘llanadi va unda saralash (xillash) ottenkasi sezilib turadi.
    5) Mumtoz kitobiy uslubga xos, shaxsga nisbatan qo‘llanadi.

    6) Poshshaxon oddiy so‘zlashuv uslubga xos.
    7) Zupta kam qo‘llanadi

    1. Na… na inkor shakli badiiy usulubda inkorni ifodalaydi.

    2. Yo’q so’zi gap boshida kelsa, qat’iy inkorni ifodalaydi. Yo’q, bormayman.

    3. SINTAKTIK VOSITALARNING QO’LLANISH USLUBIYATI!!!

    4. Gap bo’laklarining odatiy tartibi mavjud. Bu tartibga ko‘ra gapda ega oldin, kesim esa keyin joylashadi, aniqlovchi aniqlanmishdan, hol va to‘ldiruvchi kesimdan oldin turadi, demak, kesim odatda gapning oxirida keladi.

    5. DIQQAT!!! Ammo muayyan uslubiy ma’noni ifodalash maqsadi bilan gapdagi so‘zlarning odatdagi tartibi o‘zgartirilishi mumkin, bunday o‘zgargan so’z tartibi inversiya deb nomalandi.

    6. Qaysi uslublarda so’zlarning odatdagi tartibi saqlanadi? Ilmiy va rasmiy uslublarda gapda so‘zlarning odatdagi tartibi , asosan, qat’iy saqlanadi

    7. Qaysi uslublarda odatdagi tartib o’zgarishi, ya’ni inversion tartib qo’llanishi mumkin? So’zlashuv, badiiy va publisistik usulublarda inversiya uchraydi

    8. Inversiyaga misollar ayting. 1) Qaytdi buyuk alloma o‘z yurtin quchog’iga. 2) Bir daqiqa to‘xtab, tingla uning baxt qo‘shig‘ini.

    9. Gapda so‘z tartibining o‘zgarishi(inversiya) mantiq urg‘usining o‘zgarishi bilan ham bo‘ladi. Mantiq urg‘usi gapdagi ahamiyatli bo‘lakni ta’kidlashga xizmat qiladi, bunday urg‘uli bo‘lak qaysi bo’lak oldiga olib o’tiladi? kesimning oldiga olib o’tiladi

    10. Mantiqiy urg’u kesim oldiga kelishiga misol ayting!
      1) Do‘stim kecha kutubxonaga nodir kitobni o’qish uchun bordi (Boshqa narsaga emas, nodir kitobni o’qish uchun) bordi;
      2) Kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun do‘stim bordi. (boshqa kishi emas, do’stim bordi) ;
      3) Do‘stim nodir kitobni o‘qish uchun kecha kutubxonaga bordi (Boshqa joyga emas, kutubxonaga bordi);
      4) Do‘stim kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun kecha bordi (kecha, bugun emas)

    11. Sinonimlarni yodlang!!! BAJARMOQ, ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq. Ish-vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq.
      1) Bajarmoq, ado etmoq «ish-vazifa, topshiriqni ijro qilish va yakuniga yetkazish» ma’nosida qo‘llanaveradi.
      2) Ado etmoq ko‘proq kitobiy uslubga xos.
      3) Bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, bajo qilmoq, asosan, «ish-vazifani yakuniga yetkazish» ma’nosida ishlatiladi.
      4) O‘rinlatmoq kam qo‘llanadi.
      5) Do‘ndirmoq ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli.
      6) bajo qilmoq nisbatan eskirgan, kam qo‘llanadi.
      7) O‘tamoq «burch-vazifani ado etish» ma’nosida qo‘llanadi

    12. Gap bo’laklari o’zgarishi qanday asarlarga ko’proq xos? She’riy

    13. O’rningdan tur jumlasida ma’noni qanday kuchaytirish mumkin? Tur o’rningdan deya inversion qo’llash

    14. IFODA MAQSADIGA KO’RA GAPLAR USLUBIYATI!!!

    15. Diqqat!!! Darak, so‘roq va buyruq kabi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari nutqiy uslublarda turli qo‘shimcha uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu turlarning barchasi kuchli his-hayajon, emotsionallikka ham ega bo‘lishi mumkin, bunday holatlarda ular undov gaplar ham deyiladi. Nutq uslublarining deyarli barchasida gaplarning bunday turlari matn maqsadiga muvofiq ravishda qo‘llanadi.

    16. Nutqada eng ko’p qo’llanadigan gap turi qaysi? Darak gaplar

    17. Qanday gaplarda maxsus intonatsiya yordamida sevinch, gumon ma’nolarini ifodalash mumkin? Darak gaplarda

    18. So‘roq gaplar xilma-xil uslubiy xususiyatlarga ega. Bunday gaplarning ayrim ko‘rinishlari so‘roq bilan birga hayrat, gumon, shubha, hayajon, sevinch, taajjubni ifodalash mumkin. Bunga misol ayting!
      1) Shunaqayam bo‘ladimi?! (hayrat)
      2) Do‘stim g‘olib bo‘ldimi?! (seninch, hayajon)
      3) Vaqtida yetib bora olarmikanmiz?(shubha-gumon)

    19. Hatto ba’zan so‘roq gap bevosita so‘roqni emas, balki buyruqni ham bildirib kelishi kuzatiladi. Bunga misol ayting! Tez-tez yurmaysanmi?! («Tez-tez yur» mazmuni angashiladi). Bunday holatlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarga xos

    20. Qanday gaplarning ilmiy va rasmiy uslublarda qo‘llanishi ularning so’zlashuv, badiiy va publisistik uslublarda qo’llanishidan katta farq qiladi? Buyruq gaplarning qo’llanishi

    21. Qaysi uslubda buyruq gaplar his-hayajonsiz, ya’ni emotsionalliksiz qo’llanadi? Ilmiy va rasmiy uslubda

    22. Qaysi uslublarda buyruq gaplar ko’proq emotsionallik ifodasi bilan ishlatiladi? so’zlashuv, badiiy va publisistik uslublarda

    23. Sinonimlarni yodlang!!! BALO, usta, ustamon, bilag‘on, bilarmon, chechan, epchil, chaqqon, uddaburon. O‘rinlatib bajaradigan, mahorat va chaqqonlikka ega.
      1) Balo ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos. U «aqliy, jismoniy ish-harakat bajarishda yuqori mahoratga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llana oladi.
      2) Usta aql, malaka talab etadigan harakatlarga nisbatan qo‘llanadi.
      3) Ustamon quvlik, ayyorlik bo‘yoqqa ega.
      4) Bilag‘on, bilarmon so‘zlarining xususiyati ularning o‘zagidan anglashib turadi.
      5) Bilarmon salbiy bo‘yoqqa ega.
      6) Chechan, chaqqon, epchil «tez va oson bajarish mahoratiga egalik»ni bildiradi.
      7) Uddaburon, asosan, «ish-vazifani ijro etish mahoratiga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llanadi.

    24. Diqqat!!! Ritorik so‘roq gaplar javob talab qilmaydigan, tasdiq mazmunidagi javobni o‘zida yashirin ifodalaydigan gaplar bo‘lib, ular eng kuchli uslubiy vositalardan sanaladi. Bunday so‘roq gaplarda fikr kuchli his-hayajon, emotsionallik bilan, juda ifodali, ta’kidli va ta’sirchan tarzda beriladi. Shuning uchun bunday gaplar, asosan, so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda keng qo‘llanadi.
      Misollar:
      1) Hozir erta turmasa bo‘ladimi?! (bo’lmaydi)
      2) Xalqini sevgan qaysi farzand vatanini ozod ko‘rishni xohlamaydi?! (ozod ko’rishni xohlaydi)
      3) Oliy adolat degani mana shu emasmi?! (shu)

    25. Yodlang!!! BOSHLIQ, rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, ulug‘, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo‘jayin, kallampo.
      Guruh, jamoa, xo‘jalik va shu kabilarning ish-harakatida bosh bo‘luvchi, mas’ul shaxs
      1) Boshliq «katta jamoa, xo‘jalikka rahbar shaxs» ma’nosida ham, shuningdek, «uch-to‘rt kishidan iborat kichik guruhning juda qisqa muddatli ishiga boshchi shaxs» ma’nosida ham qo‘llana oladi. Lekin «katta xo‘jalik (muassasa) ish-faoliyatining rahbari» ma’nosida ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos bo‘ladi.
      2) Rahbar, asosan, «davlat idoralarining boshchilari» ma’nosida qo‘llanadi.
      3) Yo‘lboshchi so‘zida «boshlovchilik, yetakchilik qilish» bo‘yog‘i bor.
      3) Ishboshi nisbatan eskirgan.
      4) Boshchi kam qo‘llanadi.
      5) Katta, kattakon, ulug‘ oddiy so‘zlashuvga xos.
      6) Rahnamo kitobiy uslubga xos ma’no xususiyati jihatidan yo‘lboshchi so’ziga yaqin turadi.
      7) Peshvo, sarvar eskirgan, kitobiy.
      8) Sardor, sarkarda kam darajada, asosan, obrazli ifodalarda qo‘llanadi
      9) Xo‘jayin oddiy so‘zlashuvga xos, biroz salbiy bo‘yoqqa ega.
      10) Kallampo oddiy so‘zlashuvga xos, kam qo‘llanadi, salbiy bo‘yog‘i kuchli.

    26. UNDALMALAR USLUBIYATI!!!

    27. !!! Ma’lumki, undalma so’zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani ifodalaydi.

    28. !!! Ular so’zlovchining tinglovchiga bo’lgan xolis, ijobiy, salbiy, tantanavor, rasmiy kabi munosabatlarini ham ifodalaydi.

    29. !!! Masalan, rasmiy uslubda qo‘llangan undalmalarda rasmiylik bo‘yog‘i sezilib turadi: Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma’lum qilamizki...

    30. !!! Undalmalar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-ekspressivlik bo‘yog‘iga ega bo‘ladi. Masalan: Odamlar, siz mening hayotim, Har biringiz umrim parchasi(hurmat). Bo‘tam, orqaga qayt . Manavilarni uyga tashlab, keyin boramiz. (erkalash).

    31. !!! Bunday birliklardagi undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun turli 1) undovlar ham birga qo‘llanishi 2) undalmalar takror holda kelishi mumkin. Masalan:
      1) Ey Vatan, bag‘ringda shod Erkin o‘g‘loning bo‘lib Yurmoqni istaydi ko’ngil. (undovi mavjud undalma)
      2) Qizginam-ey, qizginam-ey,nimalar qilib qo’yding, qizginam-ey! (undalma takror kelgan)
      3) Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st, Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do’st. (undalma takror kelgan)

    32. Diqqat!!! Undalmalar gapning ichida yoki oxirida kelganda, emotsionallik bo‘yog‘i ortiqroq bo‘ladi. Masalan:
      1) Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman, Vatan – onajon.
      2) Oq yo‘l bo‘lsin sizlarga, yosh do‘stlarim.
      3) Qutida, – dedi Zulayho. – Xuddi shunaqa zirak ham bor. Kumush bo‘lsa kerak-a, dada?
      4) Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o‘g‘lim, qishloqchilik emasmi, bilgan undoq deydi, bilmagan mundoq deydi.

    33. Yodlang!!!

      Download 47,01 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish