105
inqilobgacha so‘filik qilgandilar.
(O. Yoqubov) 3. Zarb bilan otilgan
grafin shundoq qulog‘im tagidan o‘tib (Chamasi, jonholatda boshimni
olib qochgan bo‘lsam kerak!), devorga tegib, chil-chil sindi.
(O. Yoqu-
bov) 4. Ochig‘ini ayt
ganda, Monika xonim ham Zaynabni uncha
xushlamaydi.
(Tohir Malik) 5.
Nariroqda, loyli ariq ichida uning kalishi
yotar, chamasi, sim oyog‘iga tekkanida yulib olmoqchi bo‘lgan-u,
qo‘liga o‘ralashib yiqil
gan edi.
(O‘. Hoshimov)
123-mashq.
Matnni o‘qing, undagi sodda va qo‘shma gaplarni belgilab,
ulardagi uslubiy jihatlarni tahlil qiling,
ilmiy va badiiy
uslubga xos unsurlarni aniqlang. Ijodkor umrining boqiyligi
sabablari haqida mulohaza yuriting.
O‘rta Osiyoda shuhrat qozongan folklorshunos olima, nozikta’b
shoira, otashnafas publitsist Muzayyana Alaviya 1909-yili Toshkent
viloyatining Piskent shahrida ziyoli oila
sida dunyoga kelgan. O‘rta
maktab xatmidan so‘ng Muzay yana Alaviya
Nizomiy nomidagi Toshkent
davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida
o‘qishni davom ettirdi. Oliy tahsildan keyin Muzayyana Alaviya bir
necha yil o‘rta maktablarda ona tili va adabiyotdan dars berdi.
1944-yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston Fanlar akademiyasining
Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot (hozirgi O‘zbek tili, adabiyoti
va folklori) institutining xalq og‘zaki ijodi bo‘limida
ilmiy xodim,
katta ilmiy xodim vazifalarida ishladi; filologiya fanlari nomzodi ilmiy
darajasini olishga erishdi.
Ijodiy faoliyatini o‘tgan asrning qirqinchi yillarida boshlagan Muzayyana
Alaviya ko‘plab she’rlar bitdi, ming yillik an’analarimizni davom ettirib,
g‘azallar yaratdi, dolzarb mavzularda hikoyalar yozdi.
Uning badiiy
ijodi – she’r va hikoyalari «Mening quvonchlarim» deb nomlangan
kitobiga jamlangan. Muzayyana Alaviya umr bo‘yi ko‘p ming yillik tarixga
ega bo‘lgan folklorimiz durdonalarini hududma hudud kezib, to‘pladi va
ularni qiyosiy-tipologik jihatdan solishtirib,
eng sara namunalarini aniqlab,
nashr etish bilan shug‘ullandi; ko‘p jildlik o‘zbek xalq og‘zaki ijodi
asarlarini chop qildirishda bevosita ishtirok etdi; xususan, o‘zbek xalq
qo‘shiqlarini yozib olib, ommalashtirish, ularni ilmiy-nazariy
jihatdan tahlil
etishda Muzayyana Alaviyaning xizmatlari katta. Olima nashrga hozirlagan
asarlar matnidan hozir ham yosh tadqiqotchilar bahramand bo‘lmoqda.
(H. Homidiy)