ONA TILI
1-SINF
I. Dars mavzusi:Undosh tovushlar va harflar.
II. Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: mavzuni to’la yoritgan holda o’quvchilarda undosh tovushlar va harflar to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish;
b) tarbiyaviy maqsad: dars o’tish jarayonida o’quvchilarda odob-axloq, vatanparvarlik, ona tabiatga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini uyg’otish;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni yozma va og’zaki nutqini o’stirish, imlo savodxonligini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish, erkin va mustaqil fikrlashiga imkon yaratish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: harf, tovush, undosh tovush.
IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
Bilimlar:
- o’zbek tilida nechta undosh tovush borligini bilish;
- o’zbek tilida nechta undosh harf borligini bilish.
Ko’nikma va malakalar:
-“tovush” va “harf “ tushunchalarini bir-biridan farqlay olish;
- undosh tovushlarni yoza olish;
- harf birikmalarini ajrata olish.
V. Darsda qo’llaniladigan metodlar: “harflarni o’zgartirib so’z tuzing” o’yini.
VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot
VI. Dars usuli: noan’anaviy, yangi pedagogik texnologiya asosida
VII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 1-sinf ona tili darsligi, yong’oq, karam, kartoshka, turp, piyoz, sholg’om singari sabzavotlarning kattalashtirilgan rasmlari, bosma va yozma harflar jadvali va hokazo.
VIII. Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, fasllar haqida suhbat.
2.O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Unli tovushlar va harflar.
Takrorlash yuzasidan savollar:
1. Unli tovushlar qaysilar?
2. Ular qanday talaffuz qilinadi?
3. Unli tovushni ifodalovchi harflar nechta?
IX. Yangi mavzu bayoni.
a) o’quvchilarda undosh tovush va harf nima ekanligi to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish uchun undosh tovushlar va harflarning ta’rifini keltirish;
O’pkadan chiqayotgan havo og’iz boshlig’ida to’siqqa uchrashidan hosil bo’ladigan tovushlar undosh tovushlar deyiladi.
b) “tovush” va “harf” tushunchalarining bir-biridan farqini ajratish;
c) kitobda berilgan topishmoqlar va matnlar orqali harf va harf birikmalarini ajratish;
d) 28-mashq ni og’zaki tahlil qilish;
X. Mustahkamlash uchun metodlar:
“Harflarni o’zgartirib, so’z tuzing!” o’yini.
Bunda xattaxtaga so’zlar qator qilib yozib qo’yildi. O’quvchilar 2 guruhga bo’linadilar. Undosh harflarni o’zgartirib, yangi so’zlar tuzishlari kerak bo’ladi.
Masalan:
moy toy choy soy
|
til bil dil
qil
|
bor
tor
qor xor
|
alam qalam dalam
|
|
|
|
|
ayiq qayiq
|
asal kasal masal
|
barmoq qarmoq tarmoq
|
barcha parcha darcha
|
|
|
|
|
bog’ tog’ dog’ cho’g’
|
Boshqoshtosh
|
kam namg’am kam
|
tuzmuz
kuzbuz
|
|
|
|
|
nog’orazog’ora
|
Sariqtariq
|
zaharsaharshahar
|
tovoqqovoq
|
|
|
|
|
tovustovush
|
|
|
|
Uygavazifa:Takrorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |