156
Aziz Nesin
Hamma sharaqlab kulib yubordi.
– Jim bo‘linglar! Endi ikkinchi savolga o‘taman.
«Kasalning oldini olish uchun bolaning o‘zi nima
qilmog‘i kerak?» Mana, Murodning yozgan javobi:
«Uni teztez cho‘tkalab turish kerak. Changini qo
qib bo‘lgach, qoziqqa ilib qo‘ying. Mavsumi o‘tgan
dan keyin esa bo‘xchaga tugib, sandiqqa solib
qo‘yish kerak. Mabodo u qattiq kirlangan bo‘lsa,
qaynoq suvga solib, sovun
bilan ishqalab yuvish,
keyin oftobda yoyib quritish lozim».
Kulaverib bolalarning ichagi uzilayozdi. Murod
ning sha’niga har xil kesatiq gaplar yog‘ilib ketdi.
Boyoqish qattiq o‘sal bo‘ldi.
– Axir bu gaplarni men o‘zim to‘qiganim yo‘q, ki
tobdan olib yozdimku, – dedi u oxiri yig‘lamsirab.
– Ha, balli, kitobdan ko‘chirgansan, bilaman, –
dedi o‘qituvchi. – Ammo shunda ham yanglishib
san. «Bola tarbiyasi» o‘rniga «Kiyimboshga qarash»
degan bobni ko‘chiribsan.
– Zaynab menga shundoq degan edi.
O‘qituvchi yalt etib menga qaradi.
– Iya, Zaynab, o‘rtog‘ingga ko‘chirmachilikni
o‘rgatganing yetmaganidek, yana aldaysanmi ham?
Endi orqaga chekinib bo‘lmaydi. Shuning uchun:
– Men hecham aldaganim yo‘q, afandim, – de
dim. – Savollarga kitobning qaysi betidan javob to
pish mumkinligini aytib berdim, xolos.
O‘qituvchimiz Murodning kitobini ochib ko‘rgan
edi, masala ravshan bo‘ldi.
– Baribir buni oyingga aytib bermasam bo‘lmay
di, – deb o‘qituvchi menga po‘pisa qildi.
Oyimni maktabga
chaqirib, nima yomonlik qil
ganimni aytishdi. Kechqurun uyda toza dashnom
eshitdim. Dadam:
157
«Ona tarbiyasi»
– Juda noma’qul ish qilibsan, qizim, chakki
bo‘pti, – deb koyib berdilar.
Yaxshiyamki o‘sha kuni buvam biznikida edi.
Buvam jonimga ora kirdi.
– Bo‘ldi endi, bolamni ko‘pam koyiyvermanglar,
– dedi buvam yonimni olib. – O‘rtog‘iga aytib ber
gan bo‘lsa
nima qipti, osmon uzilib yerga tushib
dimi? O‘zi kitobdan ko‘chirib olmaptiku, axir.
– Birovga aytib berdi nimayu, ko‘chirib oldi nima,
ikkoviyam bir go‘r, – dedi oyim hovuridan tushmay.
– Bas endi, bo‘ldi... Maktabda bu ishni kim qil
magan deysan...
Metin luqma tashladi:
– Lekin hammayam qo‘lga tushavermaydida.
Ilojim qancha, bo‘lar ish bo‘ldi endi.
Shundoq
bo‘lsayam o‘rinsiz ta’nalar eshitib, dilim xufton
bo‘ldi. Ayniqsa, Metinning gapso‘zi oshib tushdi.
Ikki gapning birida nuqul: «Chakki bo‘ptida. Buni
eplagan odam qiladi. Qo‘lga tushib, sharmanda
bo‘lishning nima keragi bor!» deb piching qiladi.
Xatingni kutaman. Iloji boricha to‘laroq yoz.
Maylimi?
Xo‘p, yaxshi qol. Senga muvaffaqiyat tilab
Zaynab Yolqir,
Anqara, 16-fevral, 1964-yil
Do'stlaringiz bilan baham: