HIKOYALAR
MASXARABOZ
Bemor doktorga o‘z dardini to‘kibdi:
– Doktorbey, tobim yo‘q. Hayotdan zavq olol
mayapman. Iztiroblarimni unutolmay qiynalyap
man. Ishtaham yo‘q. Tomog‘imdan qil o‘tmaydi.
Ko‘z oldimdan ochyalang‘och insonlar ketmay
digan bo‘ldi. Tonggacha uxlolmay ular bilan bir
ga sovqotib chiqaman. Jinoyat haqidagi xabarlar
ni o‘qiganda o‘sha jinoyatda mening ham aybim
yo‘qmikan, deb o‘yga tolaman. Qotil tutgan pichoq
ning sopi qo‘limni kuydurayotgandek bo‘laveradi.
Otilgan har bir o‘q mening qalbimga sanchilgandek
azoblanaman. Jamiyatdagi barcha ayb, jinoyat va
gunohlarni ortmoqlab ketayotgandek his qilaman.
Kulishni tamoman unutib yubordim. Doktorbey,
menga yordam bermasangiz, holim xarob, – deya
shikoyat qilibdi.
Doktor bemorni tekshirgandan so‘ng yelkasi
ga qo‘lini qo‘yib, deraza oldiga olib boribdi. Par
dani tortib, barmog‘i bilan ko‘cha betidagi afishani
ko‘rsatibdi. Unda sirk masxarabozining rasmi bor
ekan. Doktor o‘sha masxarabozga ishora qilib:
– Azizim, – debdi, – anavi masxarabozni ko‘ryap
sizmi? Har kuni oqshomda ajoyib tomoshalar
182
Aziz Nesin
ko‘rsatmoqda. Sizga tavsiyam, o‘sha tomoshaga
boring, barcha iztiroblaringizni unutasiz, maza
qilib kulib dam olasiz. Dilingiz yayraydi. Kasallik
dan ham asar qolmaydi.
Bemor boshini egibdi va chuqur bir uh tortgan
dan keyin debdi:
– Doktorbey, o‘sha masxaraboz menman!
Ma’rufjon YO‘LDOSHEV tarjimasi
QARG‘ALAR SAYLAGAN PODSHOH
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadimqadim za
monda bir mamlakatda bir bechora kambag‘al
bo‘lgan ekan. Bir kun to‘q bo‘lsa, uch kun och yotar
ekan. Shunga qaramay shukrni tilidan tushirmas
ekan. Butun xayoli hammaga yordam berish ekan.
Yaxshilik qilishni xohlar ekan, ammo qanday yor
dam berish kerakligini bilmas ekan. Ora-sira «Eh,
koshki kuchim yetsayu, nochorlarning og‘irini
yengil qilsam...» deb niyat qilar ekan.
Uning niyatini eshitganlar: «Qani aytchi, niya
ting ijobat bo‘lib, g‘oyibdan kuch kelsa, qanday
yaxshilik qilgan bo‘larding?» deb so‘rashibdi.
Kambag‘al: «Qanday bo‘lardi, yaxshilik qilardim
hammaga... Avval o‘sha kuch kelsin, o‘zim bilaman
qanday yaxshilik qilishni...» – debdi.
Kunlardan bir kun tog‘ cho‘qqisiga chiqib:
«Tang rim, menga yordam ber, men ham odamzot
ga yaxshilik qilmoqchiman...» – deya yolvoribdi.
Tog‘da giyoh terib yurgan bir keksa odam uning
yolvorishlarini eshitib:
– Salom, o‘g‘lim! – debdi.
Kambag‘al qayrilib qarasa, oppoq soqolli nuroniy
bir chol tepasida turibdi.
183
«Ona tarbiyasi»
– Salom, otaxon, – debdi hayratlanib.
– Boyadan beri nima deb yolvoryapsan, Tangri
dan nimalarni so‘rayapsan?
Kambag‘al dardini cholga aytibdi. Odamlarga
yaxshilik qilish istagida yonib qovurilayotganini
to‘libtoshib tushuntiribdi.
Oqsoqol uning so‘zlarini tinglab bo‘lgach debdi:
– Senga o‘xshab juda ko‘p insonlar boshqalarga
yaxshilik qilishni xohlab o‘tishdi bu olamdan. Yax
shilik qanday qilinishini bilganingda edi, bu sav
dodan voz kechgan bo‘larding. Odamzotga yaxshi
lik qilish, yomonlik qilishdan ko‘ra mushkul ish
dir. Dunyo bino bo‘lgandan beri bu ishni uddalash
juda oz insongagina nasib qilgan.
Oqsoqol qancha tushuntirsa ham kambag‘al o‘z
bilganini takrorlayveribdi.
– Eh, qaniydi, menga ham shunday imkon na
sib qilsa! Men boshqalarga o‘xshamayman. Men
ga shunday martaba berilsa, dunyodagi barcha
yomonliklarni yer yuzidan supurib tashlayman.
Bu dunyoda kambag‘al odam qolmaydi. Urishjan
jallarni batamom unuttirib yuboraman. Barcha
muammolarni hal qilaman...
– Niyating durust, ammo qanday amalga oshirishni
bilmaysan. Sendan avval ham nima qi lishni bilmay
digan xayolparastlarning ko‘pi kelib ketdi.
Kambag‘al:
– Yaxshilik qilishdan osoni bor ekanmi? Buning
nimasi qiyin? – debdi.
Oqsoqol unga javoban:
– Ha, mayli, demak, yaxshilik qilishni shun
chalik istayotgan ekansan, bu yerda turma, yurt
kezib, oqu qorani tanigin. Vaqti kelganda senga
o‘zing xohlagan imkon beriladi, – debdi.
184
Do'stlaringiz bilan baham: |