YOZUVCHIDAN BOLALARGA MAKTUB
Aziz jigargo‘shalar!
Yo‘q, aziz jigargo‘shalarim!
Men hammangizni o‘z farzandlarimday sevaman.
Har qanday sevgimuhabbatda bo‘lganidek, meni
kida ham ozroq xudbinlik bor. Biz, kattalar, sizlar
da o‘z hayotimizni, o‘z izdoshlarimizni ko‘ramiz,
shundoq bo‘lishiga qattiq ishonamiz. Men o‘z far
zandlarimnigina, faqat turk bolalarinigina emas,
dunyodagi hamma bolalarni – amerika, rus, nemis,
armani, xitoy, lo‘li bolalarini ham jondan sevaman.
Men sizlarga bir narsani oshkor qilmoqchiman.
Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Ushbu kitobda
gi xatlarni Zaynab bilan Ahmad emas, balki men
yozganman. Zaynab bilan Ahmadni men o‘ylab
topdim. Ikki o‘quvchi bola birbiriga buncha
lik ko‘p, bunchalik batafsil va bexato xat yozishi
mumkin emasligini o‘zingiz ham yaxshi bilib turib
siz. Bordiyu, oralaringizda birbiriga xat yozishib
yurgan bolalar bo‘lsa va bu xatlarni yaxlit kitob
holiga keltirsangiz, baribir jumla tuzishda, imloda
yang lishishlar bo‘ladi. Ammo shunisiga aminman
ki, sizlarniki menikidan durustroq chiqadi. Nega
deganda, sizlar o‘z tilingiz va dilingiz bilan sami
miy so‘zlagan bo‘lardingiz. Kattalar bilan bolalar
o‘rtasidagi eng yirik farq ham shunda. Sizlar ham
ulg‘aygan sari bizga o‘xshab boraverasiz, samimiy
likdan uzoqlashasiz.
Bu asarimda men qo‘limdan kelmaydigan bir
ishga unnab ko‘rdim – o‘zimni sizlarning o‘rningiz
ga qo‘ymoqchi bo‘ldim. Aslida buning hech imkoni
yo‘q. Zotan, kattalar o‘zlarining bolalik davrlaridan
bir ikki ming yilga uzoqlashib ketgan bo‘lishadi.
180
Aziz Nesin
Shuning uchun ham biz, kattalar, o‘z bolaligimizni
mutlaqo unutib yuboramiz. Otaonangiz ham,
o‘qituvchingiz ham bir paytlar bola bo‘lishganini
esdan chiqarishadi...
Zaynab bilan Ahmad nomidan yozilgan mana
shu maktublar chindan ham konkursga qatnash
di. Ammo unga mukofot tekkani yo‘q. Buni ado
latsizlik deb ham bo‘lmaydi. Bu roman konkurs
da mukofot ololmasdi ham. Chunki kitobni o‘qib
chiqqan jyuri a’zolari ham bolalik yillarini allaqa
chon esdan chiqarib yuborishgan. Zaynab bilan
Ahmad shunday bo‘lishini bilishgan edi.
Hamma yozuvchilarga o‘xshab men ham sizga
biroz nasihat qilmoqchi bo‘ldim. Lekin mening nasi
hatlarim boshqa odamlarnikiga sira o‘xshamay qoldi.
Bo‘lak ilojini topolmadim. Ammo bu kishi hamisha
shunaqa ekan, deb o‘ylamang. Shaxsiy hayotimda
men ham o‘g‘ilqizlarimga o‘sha kattalarga o‘xshab
muomala qilaman. Men ham go‘yo yaqindagina
emas, bundan ming yil oldin bola bo‘lganday ish tu
taman. Biz, kattalar, buning xato ekanini bilamizu,
lekin boshqa ilojimiz yo‘q. Nochormiz.
Men ushbu kitobimda yana bir narsaga unnab
ko‘rdim – o‘zimni katta, sizlarni esa yosh bola, deb bil
madim. Sizlar bilan tenglashib ololmaganim uchun
sizlarni o‘zim qatori deb bildim. Ha, sizlarni kattalar
qatoriga qo‘shib qo‘ydim. Ayni bir payt da hali bola
ekanligingizni esdan chiqarmaslikka harakat qildim.
Shuning uchun ham men kitobdan ko‘zlagan maq
sadlarimni sizlarga ro‘yirost gapiryapman...
Qadrli jigargo‘shalarim! Hammangizga chin qal
bimdan muvaffaqiyatlar tilayman.
Anqara, aprel, 1967-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |