Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin


DARSLAR YANGIDAN BOSHLANDI



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

DARSLAR YANGIDAN BOSHLANDI
Do‘stim Zaynab!
19­noyabrda yozgan xatingni olib, qanchalik 
quvonganimni ta’riflab berolmayman.
Xunuk bir yangilik bor: o‘qituvchimiz maktab­
dan ketdi. Boshqa viloyatga ishga o‘tganmish. 
Unga qattiq o‘rganib qolgan ekanmiz, eshitib juda 
xafa bo‘ldik. Oxirgi darsida biz bilan xayrlashdi, 
shunda ba’zilar ko‘z yoshi to‘kib olishdi. O‘pkam 
to‘lib, o‘zimni arang bosib o‘tirgan edim, sinfdan 
chiqayotib boshimni silashi bilan men ham chidab 
turolmadim. Ho‘ngrab yig‘lab yubordim.
Aslida o‘qituvchimiz ho‘v o‘sha inspektor kelgan 
kundagi voqeadan keyin menga unchalik ro‘yxush 
bermay yurgan edi. Xayrlashuv kuni bizga bir­ikki 
og‘iz shirin gap aytib, hammamizga muvaffaqiyat 
tiladi.
– Yana ko‘rishguncha xayr, bolalar!
Shunday dedi­yu, eshikka qarab yurdi. Yonim­
dan o‘tib ketayotganida esa boshimni asta silab 
qo‘ydi.
Yangisi ham erkak o‘qituvchi. Birinchi darsi­
ga kirishi bilanoq nimalarni o‘tganimizni surishtira 
ketdi. Har qaysimizni birma­bir turg‘izib, ketma­ket 
savollar berdi. Javoblarimizdan sira qoniqmadi.
– Afsus... Ming afsus... Hech nimani bilmas 
ekansizlar! – dedi u oxiri boshini chayqab.
Damir bor-ku, Damir, sinfimizning a’lochisi. 
Hatto shu Damirning javoblaridan ham ko‘ng­
li to‘lmadi­ya. Navbat menga keldi. Bilganim­
ni gapirib berdim. U bo‘lsa nuqul «esiz, esiz» deb 
tizza sini shapatilab o‘tirdi. Menga qolsa, so‘ragan 
narsa lariga to‘g‘ri javob berdim.


19
«Ona tarbiyasi»
Bolalar birin­ketin darslarni gapirib berishyap­
ti­yu, u bo‘lsa dam­badam:
– Shuncha yil o‘qib, hech nima o‘rganmabsiz­da? 
Bekorga kelib-ketib yuraveribsizlar-da? Esiz vaqt, 
esiz... O‘qish emas, uqish kerak edi, uqish, – deb 
noliydi boshini chayqab.
– Nima, so‘ragan narsangizga to‘g‘ri javob ber­
madimmi? – dedi bir payt Mine o‘pkasi to‘lib.
– Yo‘q, javobing to‘g‘ri bo‘ldi, – dedi yangi o‘qituv­
chimiz. Keyin qo‘shimcha qildi: – Ha, to‘g‘ri javob 
berding. Lekin yuzaki, sayoz. Hammalaring shu­
naqa, bilimlaring sayoz ekan.
Uning bu gapidan qattiq ranjigan bo‘lsak ham 
indamadik. Eski o‘qituvchimizning darslaridan yo­
mon baho olib yurgan uch­to‘rt bola buni eshitib 
g‘imirlab qoldi. Yangi o‘qituvchining gapi ularga 
moydek yoqqan edi.
– Eski o‘qituvchimiz yaxshi dars berardi, yomon 
o‘qimasdik, – dedi Damir o‘zini tutolmay.
– Ha, javoblaringizdan bilinib turibdi, – piching 
qildi yangisi.
Shundan keyin u stol atrofida birpas aylanib 
yurgach, muloyimlik bilan gap boshladi:
– Bolalar! Mana endi kelishib olaylik. Ilgari o‘qi­
gan narsalaringizni endi unutasiz. Mutlaqo esdan 
chiqaringlar. Hamma darslarni yangidan boshlay­
miz. Tushunarlimi?
Damir qo‘l ko‘tarib so‘radi:
– Axir biz kitobda nima yozilgan bo‘lsa, shuni 
o‘qigan edik­ku?
– Men sizlarga endi hammasini esdan chiqaring, 
deb aytyapman!
Yangi o‘qituvchining birinchi darsi shun­
day o‘tdi. Tanaffusda bolalar tarafma­taraf bo‘lib 


20
Aziz Nesin
ketishdi. Ba’zilar eski o‘qituvchining yonini ol­
gan bo‘lsa, boshqalar yangisini himoya qilishdi. 
Ochig‘ini aytsam, hech kimga qo‘shilmay betaraf 
qoldim.
Bir payt qo‘shni 5­sinf o‘quvchilari bilan gapla­
shib qoldik. Ma’lum bo‘lishicha, ularga ham o‘quv 
yilining boshida yangi o‘qituvchi kelgan ekan. 
Xuddi biznikiga o‘xshagan voqea yuz beribdi. Ular­
ning yangi o‘qituvchisi ham darsga birinchi kirgan 
kuniyoq: «Ilgari nima o‘tgan bo‘lsangiz, hammasini 
esdan chiqaringlar!» – deb buyuribdi.
Yangi o‘qituvchimizning bu uslubi ayrim bo­
lalarga juda qo‘l kelib qoldi. O‘qituvchining biror 
savoliga noto‘g‘ri javob berib, dakki eshitadigan 
bo‘lishsa, darhol:
– Oldingi o‘qituvchimiz bizga shunday degan 
edilar, afandim, – deyishadi.
O‘qituvchimizning esa battar fig‘oni falakka 
chiqadi:
– Ming marta aytdim­ku senlarga, ilgari o‘tilgan 
narsalarni esdan chiqaringlar deb!
Miyaga o‘rnashib qolgan darslarni unutish qiyin 
bo‘larkan. Bu ish faqat Damirning qo‘lidan keldi, 
xolos.
Bir kuni darsga maktab direktori kirib qoldi.
Tarix darsi edi. Direktor darslarni qanday 
o‘zlashtirayotganimizni bilmoqchi bo‘ldi shekilli
Damirni o‘rnidan turg‘izib, qator savollar berdi:
– O‘rta asr madaniyati nima?
Damir indamadi. Direktor boshqa savolga o‘tdi:
– Kitob bosishni kim kashf etgan?
Damirdan sado chiqmadi. Direktor uning 
a’lochiligini bilardi, shuning uchun hayron bo‘ldi:
– Ha, nima bo‘ldi, nega indamaysan?


21

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish