Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

FIDOYI BOLALAR
Qadrli Zaynab!
Xatingni olganimga ikki kun bo‘ldi. O‘sha kuni­
yoq javob yozgim bor edi­yu, lekin o‘qituvchi uyga 
ko‘p vazifa berib yuborgani uchun ulgurolmadim. 
Shunga ko‘ra endi javob yozyapman.
Yangi o‘qituvchi menga ma’qul bo‘lib boryapti. 
Direktor sinfimizga kirganida, Damir nima hunar 
ko‘rsatganini senga aytib bergan edim. O‘shan­
da hammamiz Damirning sho‘ri quridi, deb o‘yla­
gan edik. Yo‘q, o‘qituvchi unga hech qanday chora 
ko‘rmadi. O‘zimning ham o‘takam yorilib yurgan 
edi. Aksi bo‘lib chiqdi. Hozir u men bilan juda yax­
shi munosabatda.
So‘nggi paytlarda fidoyilik mavzusi o‘qituv­
chimizning og‘zidan tushmay qoldi. Fidoyilik haqi­
da eshitgan­bilgan gaplarini aytib beradi­da, keyin:
– Xo‘sh, buni qandoq tushundinglar? Bu haqda 
nima deysiz? Qissadan hissa nima? – deb bizdan 
fikr so‘raydi.


39
«Ona tarbiyasi»
O‘qituvchimizga men nega ma’qul kelib qol­
ganimning sirini aytaymi? Men hamisha uning 
ko‘nglidagi gapni topib aytaman – qissadan chi­
qadigan hissani topib gapiraman. U hikoyasini 
boshlashi bilanoq ko‘zlangan muddaoni sezib ola­
man­da, so‘raganda darrov javobni yopishtiraman.
Bundan u juda mamnun. Har safar javobidan 
keyin: «Ofarin, Ahmad!» deb qo‘yadi, so‘ngra:
– Sizlar ham hayotda mana shunday fidoyi 
bo‘linglar, bolalar! – deb butun sinfga o‘git beradi.
Kunlardan birida shu mavzuda qattiq tortishib 
qoldik.
O‘qituvchining ko‘ngliga qarab javob beraverish 
meni nihoyatda zeriktirib yubordi. Bir hikoya aytib 
bergan edi, shuni o‘z bilganimcha ta’riflamoqchi, 
bu haqda o‘z fikrimni bildirmoqchi bo‘ldim.
Bunisi ham fidoyilik haqida edi. Men senga 
uning qisqacha mazmunini gapirib beray.
Urush payti. Qishloq maktabi. Qishloqda biz­
ning askarlarimiz turibdi. Biz tengi bir bola dush­
manni ko‘rishi bilan askarlarimizga xabar qili­
shi kerak. U shu haqda topshiriq oladi. Bola bir 
daraxtga chiqib olib, kuzatib turadi. Uzoqdan 
dushman ko‘rinadi. Bolakay shosha­pisha yerga 
tushib, qishloq tomonga yuguradi. Yo‘lda o‘q yeb 
yaralanadi. Ammo shunga qaramay chopib keta­
veradi. Qishloqqa yetib olgach, komandirga dush­
man kelayotganini aytadi va yiqiladi. Shu yerning 
o‘zida joni uziladi.
– Qani, Ahmad, tur o‘rningdan, – dedi o‘qituvchi 
odati bo‘yicha. – Xo‘sh, bu hikoyaning biz uchun 
qanday tarbiyaviy ahamiyati bor?
– Oldin bitta savolim bor, afandim, – dedim 
o‘rnimdan turib. – Shu voqea chindan ham bo‘lgan­


40
Aziz Nesin
mi o‘zi yoki fidoyilikka namuna sifatida uni katta­
lar ichidan to‘qiganmi?
O‘qituvchi mendan buni kutmagan edi. Shuning 
uchun ancha dovdirab qoldi. Nima deyishni bilmay 
biroz o‘ylanib turgach:
– Bu bilan nima demoqchisan? – dedi jahl ara­
lash. – Birov buni ichidan to‘qiganmi yoki bo‘lgan 
voqeami – senga buning nima daxli bor?
– Agar shu bo‘lgan voqea bo‘lsa, ishonish qiyin.
– Nimaga?
– Dushmanni kuzatib turish – bu muhim top­
shiriq. Kelib­kelib o‘n bir yashar bolaga shu ish 
topshiriladimi? Nima, boshqa odam yo‘qmidi? Men 
shunisiga hayron bo‘lib turibman. Qolaversa, bo­
lalarning kelajagi uchun hayot­mamot jangi ke­
tayotgan bir paytda yosh bolaga harbiy topshiriq 
berib, uni...
Bu shunchaki badiiy bir hikoya, albatta, – dedi 
o‘qituvchi so‘zimni bo‘lib. Keyin butun sinfga mu­
rojaat qildi: – Xo‘sh, Ahmadning gapi to‘g‘rimi? Siz­
lar nima deysiz?
Qiy­chuv ko‘tarildi. «Noto‘g‘ri, noto‘g‘ri», degan 
ovozlar eshitildi.
Chingiz degan bola dik etib o‘rnidan turdi.
– Bizlar ham fidokor bo‘lmog‘imiz kerak, afan­
dim. Hikoya bizni shunga o‘rgatadi.
Xuddi aqlli gap aytganday kerilib menga qarab 
qo‘ydi.
Mening yonimni olgan yolg‘iz Damir bo‘ldi.
– Men ham Ahmadning fikriga qo‘shilaman, 
afan dim.
O‘qituvchi yana butun sinfga yuzlandi:
– Qani, aytinglar­chi, nima uchun Ahmad bilan 
Damirning fikri boshqa?


41

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish