Ona tarbiyasi: roman va hikoyalar / Aziz Nesin



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/63
Sana11.04.2022
Hajmi1,29 Mb.
#542696
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
Bog'liq
Aziz Nesin. Ona tarbiyasi

Aziz Nesin
qo‘sha­qo‘sha idora va shirkatlarida bir talay me’mor, 
muhandis, advokat, vrachlar ishlarkan.
– O‘qimagan ham ma’qul ekan. Xo‘sh, biz o‘qib 
nima bo‘ldik? Oxiri shu savodsiz Zaynalbeyga kelib 
yalindik­da. Mana endi unga ishlayapmiz, – deydi 
shunda dadam chuqur uh tortib.
Zaynalbeyning kaltabinligi hammaning og‘ziga 
tushgan ekan. Bir payt u yonida odamlari bilan 
Felemenkka safar qilgan ekan. Bu yerda u ancha 
turib qolibdi.
Keyin jo‘nab ketishayotgan ekan, sheriklariga 
qarab:
– Felemenk degani ham yaxshi mamlakat ekan, 
menga juda yoqdi. Endi Gollandiyani bir borib 
ko‘rish kerak, ajoyib joy deyishadi, – debdi.
Polshada ham xuddi shu voqea ro‘y bergan ekan.
Men Polshaga keldik, desam, bu yer Lahiston 
ekan-da. Endi shuning jazosiga Polshani ham bir 
ko‘rib kelmasam bo‘lmaydi, – deb toza kulgi bo‘lgan 
ekan.
Tunov kuni biznikida yana Zaynalbeyning us­
tidan kulib o‘tirishgan edi, Metin to‘satdan:
– Bu odam shu qadar ahmoq, ishyoqmas, kal­
tabin ekan, qandoq qilib boy bo‘lgan bo‘lmasa? – 
deb gap qotib qoldi.
– Kattalarning ishiga yosh bolalar aralashmay­
di, ayb bo‘ladi, – dedi oyim Metinga tanbeh berib.
– Sen hali yoshsan, bunaqa narsalarga 
tu shunmaysan, – ochig‘ini aytdi dadam.
Opamni mana shu Zaynalbeyning o‘g‘liga 
unashtirib qo‘yishdi. To‘g‘rirog‘i, ikkala tomon 
quda bo‘lish haqida kelishib oldi.
Opamni hech ko‘rganmisan? Menga sirayam 
o‘xshamaydi. Ya’ni men unga o‘xshamayman. 
Juda barno qiz.


33
«Ona tarbiyasi»
Bu haqda bizlarga birov og‘iz ochgani ham yo‘q. 
Opamning o‘ziyam churq etmadi. Ammo cha­
la­chulpa gaplarni eshitib yuribmiz. Uydagilar 
g‘imirlab qolganini dastlab Metin sezdi. Oyim biror 
yumush qilsayam og‘zidan ashula tushmaydigan 
bo‘lib qoldi.
Opamning bo‘lsa boshi osmonda. Buni bizdan 
yashirmoqchi bo‘ladi­yu, lekin xatti­harakati bilan 
sirni oshkor qilib qo‘yadi.
– Eshitdingmi, opamizni yaqinda unashtiri-
sharmish, – deb qoldi bir kuni Metin.
– Yaxshi gap, unashtirishaverishsin.
– Kimgaligini bilasanmi?
– Kimga ekan? – o‘zimni go‘llikka solib so‘radim.
– Zaynalbeyning o‘g‘liga.
Indamagan edim, xafa bo‘ldi.
– Ha, eshityapsanmi? Zaynalbeyning o‘g‘liga 
berisharmish.
– Xo‘sh, nima qipti? Nega achchig‘ing kelyapti?
– Nima qipti emish­a! Bundan chiqdi, sen ham 
ularning tomonida ekansan­da?
– To‘yi bilan mening nima ishim bor.
Metin uyda hammadan ko‘ra ko‘proq mening 
gapimga ishonardi. Shuning uchun battar tutaqib 
ketdi.
– Nimaga ishing bo‘lmaydi? Men xohlamayman. 
Bo‘lmagan gap bu!
Yana ko‘pirib ketmasligi uchun indamay qo‘ya 
qoldim. Ukam ichidagi gaplarni to‘kib soldi:
– Zaynalbeyni o‘zlari nuqul ho‘kizga o‘xshagan 
odam, kallasi yo‘q, deb aytishardi­ku! Nima, opam­
ni kelib­kelib shu ho‘kizning o‘g‘liga berishadimi?
– O‘g‘lining yo‘rig‘i boshqa.
– Ho! Nega boshqa bo‘larkan? Hatto litseyni ham 
tugatolmapti­ku. Otasi uyiga o‘qituvchi yollab, 


34
Aziz Nesin
pulning kuchi bilan zo‘rg‘a guvohnoma olib bergan 
ekan. Keyin o‘g‘liga endi o‘qishni yig‘ishtir, o‘g‘lim, 
bo‘lmasa miyang suyulib, savdo ishiga yaramay 
qolasan, debdi. Xo‘sh, yolg‘onmi shu? Dadamning 
o‘rtoqlari aytishdi, o‘z qulog‘im bilan eshitganman.
– Bu gapni zinhor oyimga ayta ko‘rma, Metin. 
Har holda kattalar bizdan ko‘ra ko‘proq narsani 
bilishadi, – dedim uni bir oz sovitish uchun.
– Ha, bilaman, sen ham shularning yonini ola­
san, – dedi Metin zarda qilib. – Ammo dadamga 
hayronman.
– Nega?
– Nega emish! Bu qandoq gap o‘zi – ham Zaynal­
beyni yomonotliq qilishadi, ham o‘shaning idorasi­
da ishlashadi.
Metin shartta o‘girilib chiqib ketdi. Ko‘z yoshi­
ni ko‘rsatgisi kelmadi, chamamda. Chunki oxirgi 
jumlani gapirganida o‘pkasi to‘lib turgan edi.
O‘sha kundan boshlab Metin tamoman o‘zga­
rib qoldi. Ilgarigidan ham bevosh, qo‘rs va badjahl 
bolaga aylandi. Biror kun yo‘qki o‘qituvchilari un­
dan shikoyat qilishmasin. O‘taketgan to‘polonchi, 
yalqov bola, degan ta’nalar yog‘ilib ketdi. O‘qishi 
juda pasayib ketibdi. Dadam qattiq tashvishga 
tushib qoldi. Metinga yaxshilikcha nasihat qilib 
ko‘rdi, bir­ikki marta savalagan ham bo‘ldi, baribir 
foydasi tegmadi. Buning ustiga Metin maktabdan 
qochadigan odat ham chiqardi. Oyim uni ertalab 
maktabga eltib qo‘yadi. Metin bo‘lsa u ketishi bilan 
juftakni rostlaydi. Dadam ming shirin muomala 
qilgani bilan u churq etmay yer chizib turaveradi.
Bir kuni uni gapga solib, ko‘nglidagilarni bilib 
olmoqchi bo‘lgan edim:
– Bunaqa ishlarga sen aralashma, hali yoshlik 
qilasan, – deb jerkib berdi.


35

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish