Mavzu: “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi qonun bandlarini o’rganish
Reja:
1. Terrorizm haqida ma’lumot.
2. Terrorizm turlari va vositalari.
3. “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi qonun haqida ma’lumot
Terrorizm muammosi XX asrning oxiri, ayniqsa uning so’nggi 10 yilida xalqaro jamoatchilikni qattiq tashvishga solib qo’ydi.
Terrorizm bu – ma’lum siyosiy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan, tinchlikka, fuqarolar xavfsiligiga va hayotiga zo’ravonlik ishlatish, yoki, uni qo’llash xavf xatarini tug’diradi.
Terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog'lig'iga xavf tug'diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob'ektlarning yo'q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko'zlab ig'vogarliklar qilishga, aholini qo'rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo'rlik, zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar.
Terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxs.
Terrorchilik guruhi — oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko'rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan shaxslar guruhi.
Terrorchilik tashkiloti — ikki yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi.
Terrorchilikka qarshi operatsiya — terrorchilik harakatiga chek qo'yish va uning oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek jismoniy shaxslarning xavfsizligini ta'minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan, kelishilgan va o'zaro bog'liq maxsus tadbirlar majmui.
Terrorchilik faoliyati — terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, terrorchilik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkilotini tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan ta'minlashdan iborat bo'lgan faoliyat.
Terrorchilik harakati — garovda ushlab turish uchun shaxslarni qo'lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamoat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarininghayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob'ektlarni bosib olish, shikastlantirish, yo'q qilish, portlatishlar, o't qo'yishlar, portlatish qurilmalarini, radioaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo'rqitish, yer usti, suv va havo transporti vositalarini qo'lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo'q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o'tkazilayotganda vahima ko'tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog'lig'iga, jismoniy yoki yuridik shaxslar mol-mulkiga avariyalar, texnogenxususiyatli halokatlar sodir etish yo'li bilan zarar yetkazish yoki xavf tug'dirish, tahdidni har qanday vositalar va usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |