Ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Biologiya ta’limda AKT (AXBOROT KOMMUNIKATIV TEXNOLOGIYALARDAN)foydalanish



Download 472,11 Kb.
bet12/13
Sana23.01.2022
Hajmi472,11 Kb.
#402973
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ALIYEV IQRORBEK

Biologiya ta’limda AKT (AXBOROT KOMMUNIKATIV TEXNOLOGIYALARDAN)foydalanish

Biologiya ta’limda AKTdan foydalanish kundalik hayotimizning dolzarb talabi hisoblanib, jamiyatni globallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilar yangi tushunchalar haqida rasmiy bilimlarni to‘plamasdan, balki ularni tushunib olishlari juda muhim. Biologiya fanini o‘qitish yanada samarali bo‘lishi uchun o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchilar AKTni ishlab chiqishlari va undan foydalanishni rag‘batlantirishlari zarur. Biologiya fani o‘qituvchilari dars o‘qitish uchun samarali AKT yaratishlari uchun Ms Word, Ms Excel, Ms Power Point, Flash, Movie Maker kabi turli dasturiy ta’minotlardan va boshqa “Veb” vositalardan foydalanishlari mumkin. AKT o‘quvchilarni rag‘batlantiradi va ularning qiziqishini oshiradi. AKT o‘quvchilarni kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko‘mak beradi. Hozirgi zamonda mehnat faoliyati o‘quvchilar qoniqish bilan ishlatayotgan kompyuterlar, texnologiyalar, dasturlar va qurilmalar yordamida boshqariladi. AKT XXI asrning yangi ta’lim berish vositasidir. AKT o‘rganish va o‘qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. AKT o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi uchun ularga o‘z fanlari bo‘yicha o‘qitishning yangi usullarini kiritishga, yangi yondashuvlarni qo‘llashga, g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish va yangi ko‘nikmalarni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. AKT o‘z resurslaridan oqilona foydalanishga imkoniyat yaratadi. AKT o‘quv jarayonini oqilona boshqarish va nazorat qilish orqali vaqtni hamda mablag‘ni tejaydi. AKT darslarga tayyorgarlik jarayonini qisqartiradi va o‘qish jarayonini o‘quvchilar uchun qiziqarli hamda ko‘ngil ochar qiladi. AKT moslashuvchandir. AKT turli yoshdagi o‘quvchilar, turli darajada o‘qituvchilar uchun moslashtirilishi mumkin hamda ta’lim jarayonida o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun ko‘makdir. Hozirgi davrda inson va axborot bazasi o‘rtasida muvozanat ham ijobiy, ham salbiy munosabatlar asosida bir-biriga ta’sir kuchini ko‘rsatmoqda. Hozirda ayrim statistik ma’lumotlarga ko‘ra bu ko‘rsatkich jahon miqiyosida 70% ni tashkil etayotgan bo‘lsa, kelajakda esa 85% gacha ko‘tarilish prognozlari berilmoqda. Planetamizda esa qabul qilinayotgan va yuborilayotgan informatsiyalarni qayta ishlash muammolariga bag‘ishlangan seminarlar, simpoziumlar, anjumanlar va hokazolarning uyushtirilishi bir tomondan ilmiy-didaktika sohasidagi jamiyat a’zolarini chuqurroq o‘ylashga chorlasa, ikkinchi tomondan yuborilayotgan, qabul qilinayotgan axborotlarning sifat va saviyasini tahlil etib, adaptatsiya etishga qaratilgan tadqiqot natijalarini bizga havola etmoqda. Masalan, Rossiya Federatsiyasida olib berilayotgan biologic ta’limni takomillashtirishda innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanishning optimal variantlarini o‘zlarining asosiy ish tajribalari hamda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga tayangan holda ta’lim jarayoniga tadbiq etilayotgani biologik ta’limning takomillashtirilishidagi xalqaro talablarga qo‘shilayotgan ijobiy hissa deb hisoblaymiz. Yuqorida bayon etilganidek, hozirgi davrdagi ta’lim jarayoniga ko‘p tillilik sharoitida, informatsion texnologiyaning oliy nuqtasi Internet hamda elektron pochtalar orqali qabul qilinayotgan materiallarning ta’lim jarayoniga ijobiy, yoki salbiy ta’sirini ko‘rsatuvchi pedagogik qarashlar ham o‘z vaqtida ayrim kamchiliklarni bartaraf etishga muhtoj bo‘lmoqda. A.Jurin pedagogik nuqtayi nazardan yondashib o‘quvchilarning ta’lim jarayonida axborotlarni qabul qilishni asosan ikki katta oqimga bo‘ladi. Bu asosan ta’lim oluvchilar fan asoslarini o‘rganishda ma’lumotlar hamda ma’lumotlar bazasini didaktik manbalar, darslik, qo‘llanmalar, didaktik tarqatma vositalar, shuningdek, biologiya fani uchun yaratilgan audiovizual vositalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlari uchun yaratilgan qo‘llanma va didaktik ko‘rsatmalardan oladi. Tadqiqotchining ko‘rsatishicha axborotlar oqimi fan yuzasidan o‘quvchiga zamonaviy axborot tizimi Internet orqali olinishi ham ko‘zda tutilgan. Tadqiqotchi 46 o‘quvchi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, quyidagicha ma’lumotlarni olgan. 10 nomdagi axborot manbalaridan 3 nomdagisi o‘quvchilar uchun foydali ekanligi, shuningdek, o‘quvchilarning qo‘lidan keladigan darajada ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi1. Biz ham biologiya fani bo‘yicha shunday so‘rovnomani 32 o‘quvchi o‘rtasida olib borganimizda, quyidagicha natija berdi: 50% o‘quvchi “Genetika” fani bo‘yicha yangi informatsiya (axborot)larni do‘stlari va sinfdoshlaridan, 41% o‘quvchi esa televideniya va ommaviy axborot vositalari orqali olamiz, degan ma’lumotni berdi. Demak, rossiyalik tadqiqotchi A.Jurin metodi asosida olib borgan kuzatishlarimizda metodik jihatdan ham, pedagogik jihatdan ham talabga javob beradigan ijobiy natijalar borligiga ishondik. O‘quvchilarga axborot olishlari sifatini yaxshilash, albatta, fan asoslarini o‘rganishning eng yaxshi va optimal metodik (uslubi) xususiyati hisoblanadi. Biologiya ta’limi davlat ta’lim standartlari talablarini mukammallashtirish jarayonida o‘quvchilarning informatsion – kommunikativ faoliyatlarini shakllantirishga qaratilgan metodistlar, olimlar hamda ilg‘or o‘qituvchilarning tajribalari asosidagi fikrlarini hisobga olish ham ijobiy natija beradi.



XULOSA

Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab yuborilgan. Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari boshqarmalari va bo‘limlari (monitoringi) tashkil etilgan. Ta’limni boshqarish tizimida tashkil qilingan yangi bo‘g‘inlar quyidagi vazifalarni amalga oshirib bormoqda:  ta’lim sohasidagi qonunlar, me’yoriy hujjatlarning bajarilish nazoratini yuritish;  Pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishning tashkiliy asoslarini yaratish zarur. Buning uchun:  “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga, tatbiq etish, Davlat ta’lim standartlari va dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish;  ta’limni boshqarish mahalliy organlari va o‘quv muassasalarining umumiy tashkiliy pedagogik ishlari qatori pedagogik innovatsiyalarning samaradorligini tahlil qilib borish;  pedagogik tajribalarning borishini analitik tahlil qilish, umumlashtirish, ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;  pedagogik texnologiyalarni kuzatuvchi, nazorat qiluvchi va joriy etuvchilarni o‘quv ishini tashkil qilish shu masalaga oid seminarlar o‘tkazish, treninglar tayyorlash choralarini ko‘rish;  pedagogik texnologiyalarni rivojlajtirish haqida tegishli ma’lumotlar jamg‘armasini yaratish, tahlil qilish va tartibga solib turish. Yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat ta’lim standartlari- bu o‘quvchilar bilim saviyasining minimal darajasini belgilaydi, bu darajadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun ma’lum izlanish hamda tashabbus lozim, pedagogik innovatsiyalarni yaratish, shuningdek, ularni boshqarish avvalam bor, ana shu dorlzarb vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi. Shu boisdan ham pedagogik iinovatsiyalarni izlab topish. o‘rganish, tahlillar ostida eng ko‘p samara beradiganlarini tanlab olish va ularni amaliyotda qo‘llash tartibini belgilab beradigan tizimni yaratish maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha, buning uchun, innovatsiyalar haqida aniq ma’lumotlar jamg‘armasini yaratish zarur bo‘lib, buni shartli ravishda innovatsiyalarni «to‘plash» jarayoni deb qabul qilamiz. Innovatsion yangiliklarni to‘plovchilar jadvalga ko‘ra vazirlik tizimida yangi tashkil qilingan markazlar, jumladan, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish instituti barcha talim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish bo‘yicha doimiy ishlovchi Respublika doimiy kursi qoshidagi monitoring markazi va respublika ta’lim markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalarni tanlashda amaliy ish olib boruvchi «Pedagogik texnologiyalar markazi»: ma’lumotning yo‘nalishini aniqlaydi ­joriy qilish va qo‘llashda ilmiy-metodik jihatdan yordam beradi; ­ metodik qo‘llanma, dastur va metodik tavsiyalarni nashrga tayyorlaydi va pedagogik matbuotga uzatadi; ­ reyting tizimi, o‘quvchilarni maktabgacha tayyorlash, Davlat ta’lim standartlarini joriy qilishdagi ilg‘or tajribalar majmuasini yaratadi; ­ xorijiy davlatlardagi ta’lim sohasidagi tajribalarni o‘rganadi, taqqoslaydi va tavsiyalar tayyorlaydi; ­ amaliyotga tatbiq qiluvchilarni o‘qitadi, malakasini oshiradi, tajriba almashuv ishlarini tashkil qiladi; ­ pedagogika sohasidagi olimlar, ilmiy izlanuvchilar bilan hamkorlik ishlarini olib boradi; ­ innovatsiyalarning qo‘llanilishini dinamik ravishda kuzatib boradi; ­ innovatsiyaga oid Respublika ilmiy-amaliy kengashlar yig‘ilishlar va konferensiyalar o‘tkazadi; ­ malaka oshirish institutlari, tuman metodika va maktab pedagogik kengashlarini yangi axborotlar bilan ta’minlab boradi. Pedagogik innovatsiyalarni qo‘llash bilan uni to‘plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi bo‘g‘in o‘rtasidagi «Pedagogik matbuot» asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar, ilmiy-pedagogik xodimlarga ularni yetkazish, ularning taklif va mulohazalarini olish, tajriba-sinov xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada takomillashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi. O‘ylaymizki, ta’lim texnologiyasi va pedagogik innovatsiyalarga bunday tizimli yondashuv Davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi. O‘qituvchining pedagogik faoliyatini olib borishga halaqit beradigan psixologik to‘siqlarni umumlashtirib yangilik kiritishlarga o‘qituvchilarning ko‘proq qarshilik bildirishini keltiradigan sabablarni ta’kidlab o‘tish zarur. 1. O‘zgarishning maqsadi o‘qituvchilarga tushuntirilmagan yashirin, gapning ikki ma’nosi xavotir va noma’lumlikni keltiradi. Noma’lumdan qo‘rquv har qaysi yangi usulga o‘qituvchilarni yo‘llashi mumkin. 2. O‘qituvchilar yangilikni kiritishda rejalashtirish va ishlab chiqarishda qatnashmaganlar. 3. Jamoa an’analarini e’tiborga olmaslik va o‘z ishining odatiy usuliga rioya qilish. 4. Yangi usullarga sub’ektiv munosabat va qo‘rquv, statusni yo‘qotish xislari. 5. Ish xajmining ko‘payishi rahbar o‘qituvchilar faoliyatida o‘zgarishlarni rejalashtirmasligi oqibatida qo‘rqish paydo bo‘ladi. Yangilik kirituvchi tashabbuskor odam hurmat va ishonchga ega bo‘lmasa. Afsus, ko‘pincha o‘qituvchilar loyihaga emas, uning muallifiga qaraydi. Agar bu insonning hurmati past bo‘lsa, pedagog uning qadrligiga qaramay, bu odamga ishonchsizligi uning g‘oyasiga o‘tkaziladi. O‘qituvchi ijodkorligini shaxsiyatning axloqiy munosabatiga qarab mulohaza qilish mumkin. O‘quvchilarda bilimlarini xotirada uzoq saqlab qolish ko‘nikmalarini shakllantirib va zarur bo‘lganda esa ulardan foydalanishda katta ro‘l o‘ynaydi. O‘quvchilarda mustaqil ish orqali aktivlik, tashabbuskorlik va ijodkorlik tarbiyalanadi. Mustaqil ishda o‘quvchilar turli fanlar bo‘yicha vazifalarni sistemali bajarish, boshlangan ishni oxiriga yetkazish sifatlarini tarbiyalaydi.


Download 472,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish