14.5. [ОКОЗ: Konstert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari Yuridik va jismoniy shaxslar konstert-tomosha faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan listenziya asosida amalga oshiradi.
Konstert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun listenziya oladigan yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan stavka bo’yicha davlat boji to’laydi.
Konstert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun davlat boji to’lovchi yuridik shaxslar mazkur faoliyat turi bo’yicha soliq qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlardan ozod etiladi.
Soliq qonunchiligida ko’rsatilgan yuridik shaxslar zimmasida quyidagilarni to’lash majburiyati saqlanib qoladi:
bojxona to’lovlari.
yagona ijtimoiy to’lov.
avtotransport vositalarini olganlik va vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im.
to’lov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar.
Yuridik shaxslar konstert-tomosha faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lmagan faoliyat turlari bilan shug’ullanganlarida soliq to’lovchi faoliyatning mazkur turlari bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda soliq qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashi shart.
Yuridik shaxslar konstert-tomosha faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lmagan faoliyat turlari bilan shug’ullangan taqdirda, davlat boji soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda to’lanadi.
Konstert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun davlat boji to’lovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi bo’yicha qat’iy belgilangan soliq to’lashdan ozod etiladi.
Soliq qonunchiligida ko’rsatilgan jismoniy shaxslar zimmasida quyidagilarni to’lash majburiyati saqlanib qoladi:
bojxona to’lovlari.
avtotransport vositalarini olganlik va vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’im.
Agar konstert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun davlat boji to’lovchi jismoniy shaxslar soliq solinadigan mol-mulk va er uchastkasiga ega bo’lsalar, soliq qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan er solig’ini to’lash majburiyati ularning zimmasida saqlanib qoladi.
Konstert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar soliq qonunchiligida nazarda tutilgan majburiy to’lovlarni to’lash bilan bir qatorda soliq qonunchiligida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan tartibda yagona ijtimoiy to’lov to’laydi.