O’N TO’RTINCHI BOB SOLIQ TO’LOVCHILARNING AYRIM TOIFALARIGA SOLIQ SOLISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 14.1. [ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.10.00.00 Умумдавлат солиқлари / 07.10.08.00 Шахсларнинг айрим тоифаларини солиққа тортиш / 07.10.08.05 Тўғридан-тўғри хусусий хорижий инвестицияларни жалб қилувчи юридик шахсларни солиққа тортиш] To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investistiyalar ishtirokidagi soliq to’lovchilarga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investistiyalarni jalb qiluvchi va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlarni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi. To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investistiyalar deyilganda chet davlatning fuqarolari bo’lgan jismoniy shaxslar, O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, shuningdek xorijiy nodavlat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan investistiyalar tushuniladi.
To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investistiyalarni jalb qiluvchi va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq kiritilgan investistiya hajmidan kelib chiqqan holda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yagona soliq to’lovini to’lashdan muayyan muddatga ozod qilinadilar.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yagona soliq to’lovi bo’yicha imtiyozlar quyidagi hollarda qo’llaniladi:
yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan hududlarda joylashtirilganda.
chet ellik investorlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investistiyalar O’zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda.
yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foiz, akstiyadorlik jamiyatlari uchun esa kamida 15 foiz bo’lganda.
xorijiy investistiyalar erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda.
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar berilganligi natijasida ularning qo’llanilishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida 50 foizi yuridik shaxsni yanada rivojlantirish maqsadida qayta investistiyalashga yo’naltirilganda.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yagona soliq to’lovi bo’yicha imtiyozlarni olgan to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investistiyalar ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat tugaganidan keyin bir yil o’tmasdan faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini o’z mamlakatiga o’tkazish va kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlarning summalari byudjetga undirilganidan keyin amalga oshiriladi.
Soliq qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yagona soliq to’lovi bo’yicha imtiyozlarni olgan to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investistiyalar ishtirokidagi yuridik shaxs belgilangan talablarga muvofiq bo’lmagan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar soliq qonunchiligida nazarda tutilgan moliyaviy sankstiyalar qo’llanilgan holda umumbelgilangan tartibda to’lanadi.
Soliq qonunchiligida nazarda tutilgan imtiyozlarning qo’llanilish mezonlariga mos keladigan yuridik shaxs imtiyozlarni qo’llash boshlangan sana haqida soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda bildirishi shart.
Soliq davri mobaynida soliq qonunchiligida nazarda tutilgan imtiyozlarga bo’lgan huquq yo’qotilgan taqdirda, soliq to’lovchi ro’yxatdan o’tkazish joyidagi davlat soliq xizmati organini soliq to’lovchining imtiyozlarga bo’lgan huquqi yo’qotilgan sana to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan shaklda yozma ravishda xabardor etadi.