£он томирлар тизимининг умумий анатомияси


Til murtagi (tonsilla lingualis)



Download 458,5 Kb.
bet34/37
Sana29.03.2022
Hajmi458,5 Kb.
#515288
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 3

Til murtagi (tonsilla lingualis) toq, til ildizining shilliq pardasini qoplagan ko‘p qavatli yassi epiteliy ostida joylashgan limfoid to‘qimadan iborat. Til ildizining til murtagi joylashgan soha g‘adir-budir bo‘lib ko‘rinadi. Kattaligi 3-4 mm keladigan do‘mboqchalar o‘rtasidagi chuqurchalarga shilliq bezlarining naychalari ochiladi.
Til murtagi homila hayotining 6-7 oylarida limfoid to‘qimaning til ildizi yon qismlarida alohida-alohida to‘plamlari holida paydo bo‘ladi. 8-9 oylarda esa limfoid to‘qima limfoid tugunchalarga aylanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning til murtagida limfoid tugunchalarning soni homila hayotining oxirgi oylariga nisbatan ko‘payadi. Bola hayotining birinchi oyida limfoid tugunlarda o‘lchamlari 1 mm bo‘lgan ko‘payish markazlari paydo bo‘ladi. Keyinchalik to o‘smirlik davrigacha ularning soni ko‘payib boradi.
Tanglay murtagi (tonsilla palatina) juft, tanglay-til va tanglay-yutqin ravoqlari o‘rtasidagi murtak chuqurchasida joylashgan. Uning shakli biroz cho‘zilgan bo‘lib bodomga o‘xshaydi. Tanglay murtagining eng katta uzunligi 13-28 mm, kengligi 14-22 mm. Murtakning ichki yuzasi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, tomoqning yon chegaralarini hosil qiladi. Bu yuzada 20 ga yaqin chuqurchalar bo‘lib, ularga murtak kriptalari ochiladi. Murtakning tashqi yuzasini qoplagan biriktiruvchi to‘qimali murtak kapsulasidan uning ichiga trabekulalar kirib bo‘laklarga bo‘ladi. Murtakning ichida limfoid to‘qimaning zich to‘plamlari-limfoid tugunlar (follikulalar) joylashadi.
Tanglay murtagi homila hayotining 12-14 haftasida ikkinchi yutqin cho‘ntagi epiteliyi ostida mezenximaning quyuqlashuvi holida hosil bo‘ladi. Besh oylik homilada limfoid to‘qima aniq bilinib, o‘lchamlari 2-3 mm bo‘lgan to‘plamlar shaklida bo‘ladi. Bola tug‘ilishidan oldin tanglay murtagida limfoid to‘qima ko‘payib, limfoid tugunchalar hosil bo‘ladi. Bola tug‘ilganidan so‘ng ularda ko‘payish markazi hosil bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda tanglay murtagi uncha katta bo‘lmasa ham og‘iz bo‘shlig‘i ochilganida yaxshi ko‘rinadi. Bola hayotining birinchi yilida uning o‘lchamlari ikki marta kattalashib, bo‘yiga 15 mm, eniga 12 mm ga yetadi. 8-13 yoshlarda o‘zining eng katta hajmiga ega bo‘ladi.

Download 458,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish