On savollari 191-193 fizika, 195 matematika



Download 196,5 Kb.
bet3/11
Sana01.06.2022
Hajmi196,5 Kb.
#625949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ON savollari Fizika matematika

ORQA MIYA — odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv sistemasining bir qismi, umurtqa pogʻonasi kanalida joylashgan. Koʻpchilik reflekslarda ishtirok etadi. Katta yoshdagi odamda uning uz. 41—45 sm, ogʻirligi 30 g cha. Odamda Orqa miya 31—33 segmentdan iborat, ularning har birida 2 juft nerv ildizi bor: oldingi (harakatlantiruvchi) ildizlar orqali impulslar Orqa miya hujayralaridan periferiyaga (skelet va tomir muskullari, ichki aʼzolarga) oʻtadi. Orqa (sezuvchi) ildizlar impulyelarni teri, muskul, ichki aʼzolar retseptorlaridan Orqa miyaga oʻtkazadi. Orqa miyaning 2 tomonida oldingi va orqa ildizlar oʻzaro birlashib, aralash orqa miya nervlarinm hosil qiladi. Orqa miyaning markaziy qismi kulrang moddasi nerv hujayralarining toʻplamlaridan, periferik qismi — oq moddasi nerv tolalarining toʻplamlaridan iborat. Nerv tolalari O. m. hujayralarini bir-biriga, shuningdek, bosh miyaga bogʻlab turadi. Orqa miya koʻndalangiga kesilganda kulrang moddasi «kapalak» nusxa boʻladi;
14.Shartli va shartsiz reflekslar.
Nerv sistemasining faoliyati reflektor tarzida amalga oshadi. Ichki va tashqi muhit ta ’sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali qaytariladigan javob reaksiyasi refleks deb ataladi.
Refleksning turlari. Turli ta’sirlarga javoban organizm tomonidan ko'rsatiladigan xilma-xil refiektor reaksiyalar shartsiz va shartli reflekslar deb, ikkita asosiy guruhga bo'linadi. Shartsiz reflekslar tug'm a bo'lib, evolyutsiya jarayonida shakllangan va nasldan-naslga o'tadi. Bu reflekslar bola hayotida muhim biologik ahamiyatga ega. Shartli reflekslar esa har bir individga xos bo'lib, hayot davomida ham orttiriladi va hayotiy muhim hisoblanadi.
Shartli reflekslar hosil bo'lishi uchun m a’lum sharoit bo'lishi shart.
Shartsiz reflekslar bosh miya katta yarim sharlari ishtirokisiz ham hosil bo'lishi mumkin, lekin shartli reflekslarning hosil bo'lishi uchun orqa miya va bosh miyaning sop qismi bilan birga ko'proq bosh miya katta yarim sharlari ishtirok etadi. Shartli reflekslar organizmning tashqi muhitga moslashishida muhim ahamiyatga ega, ular hayot mobaynida tormozlanib, yangilari hosil bo'lib turadi.
Shartli reflekslarning biologik ahamiyati. Bola tug'ilgandayoq unda ma’lum shartsiz reflekslar vujudga kelgan bo'ladi. Masalan, so'rish, yutish, so'lak ajralishi, himoya reflekslari (issiq narsadan qo'lni tortib olish, yo'talish, aksa urish va hokazo), jinsiy reflekslar, mavjud bo'ladi.
Shartli reflekslar organizmni tashqi muhit sharoitiga ancha murakkab moslashtiradi. Odam ovqatni hididan topadi, vaqtni chamalaydi va hokazo. Ovqatning hidiga so'lak, me’da shirasi ajrala boshlaydi. Shartli ta’sirlovchilar signallarni bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog ‘ida analiz va sintez qilib, ta ’sirotga javob berishga tayyorgarlik ko‘radi.

15.Oliy nerv faoliyati.


Miya yarim sharlarini po`stloq qismi bosh miyaning boshqa qismlariga nisbatan yuqori darajada rivojlangan, o`zining tuzilishi va funktsiyasi bilan juda murakkabdir. Miya yarim sharlarining po`stloq qismi hosil bo`lishi bilan funktsiyalar kortikalizatsiyasi boshlanadi, ya`ni barcha funktsional holatlar ustidan eng yuqori kontrol po`stloq orqali olib borila boshlaydi. Po`stloq odam psixik faoliyatining materialistik asosidir. Po`stloq faoliyatiga tegishli bo`lgan oliy nerv faoliyati turli metodlar yordamida o`rganilgan. Po`stloq faoliyatini o`rganishda I. P. Pavlov yaratgan shartli reflekslar nazariyasi katta ahamiyatga ega. 1863 yilda I. M. Sechenov bosh miyaning reflektor faoliyati haqida ajoyib fikrlar aytgan. I. P. Pavlovning asosiy xizmatlari shundan iboratki, shartli reflektor metodi yordamida oliy nerv faoliyatining juda murakkab sirlarini o`rganish imkoniyati tug`ildi.
I. P. Pavlovning aniqlashicha markaziy nerv tizimi reflektor faoliyati asosida 3 printsip yotadi. A) Determinizm-har bir holatning o`zgarishini ma`lum sababi bo`ladi, ta`sirot bo`lmasa refleks yuzaga kelmaydi. B) Analiz va sintez printsipiga asosan retseptor yuzadan qabul qilingan ta`sirni miya po`stlog`i mayda bo`lakchalarga bo`lib, analiz qiladi va zurur bo`lganda ularni yana qaytadan tez birlashtiradi. V) Struktura printsipiga muvofiq har bir reflektor faoliyat yarim sharlar po`stlog`ining ma`lum struktura qismi bilan bog`liq.
Yuqorida aytilganidek reflekslar shartli va shartsiz bo`ladi.
Instinkt murakkab shartsiz refleksga kiradi. Hayvonlarda quyidagi instinktlar mavjud: ovqatlanish, jinsiy, himoya, otalik, onalik instinktlari va boshqalar. Barcha shartsiz reflekslarda instinkt o`zining ba`zi bir xususiyatlari bilan farq qilib gormonlar bilan boshqarilib boriladi.
Organizmning o`sishi va rivojlanishida shartli reflekslar sharoitga to`liq moslanishini ta`minlamaydi, vazifani bajaruvchi asosiy vosita shartli reflektor faoliyatidir. Shartli reflekslar tug`ma bo`lmasdan, hayot sharoiti davomida orttiriladi. Shartli reflekslar shartsiz reflekslar kabi turg`un bo`lmasdan, mustahkamlagich (shartsiz qitiqlagich) bo`lmasa so`nib, yo`qolib ketishi ham mumkin.
16.Ko’rish analizatori tuzilishi.
Ko‘rish a'zosi - ko‘z yordamida odam tevarak-atrofdagi buyumlarning rangi, tuzilishi, hajmi, bir-biridan farqini ajratadi; o‘simlik va hayvonot olamini o‘rganadi; rassomlik, me'morlik, haykaltaroshlik san'atlarining mahsulotlaridan bahramand bo‘ladi; tabiat go‘zalliklaridan zavqlanadi. Ko‘rish odamning mehnat faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rish orqali odam o‘qishni, yozishni va mehnatning boshqa xilma-xil turlarini o‘rganadi, bilim oladi, hunar egallaydi. Binobarin, ko‘rish orqali odamning ichki dunyosi boyiydi, uning tevarak - atrof, tabiat, san'at haqidagi tushunchasi ortadi, fikrlash qobilyati, aql-idroki, ongi rivojlanadi.
Ko‘z bosh suyagining maxsus chuqurchasida - ko‘z kosasida joylashgan. U ko‘z soqqasi, ko‘rish nervi va yordamchi qismlaridan iborat. Ko‘zning yordamchi qismlariga ko‘z soqqasini harakatlantiruvchi oltita muskul va ularning nervlari, ko‘z yosh bezlari va ularning kanalchalari, ko‘z yosh qopchasi hamda qovoq va kipriklar kiradi. Muskullar ko‘z soqqasini harakatlantirib, ko‘rish doirasini kengaytiradi. Ko‘z yosh bezlaridan ajraladigan suyuqlik ko‘zning shox pardasini namlab, uni changdan yuvib turadi. Qovoqlar va kipriklar ko‘z soqqasini tashqi muhitning noqulay ta'sirlaridan himoya qiladi.
Ko‘z soqqasi yumaloq tuzilgan bo‘lib, oldingi va orqa qutblariga ega bo‘ladi. U tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi fibroz, o‘rta - qon tomir va ichki to‘rsimon pardadan tashkil topgan. Ichki qismiga ko‘z ichi suyuqligi, ko‘z gavhari va shishasimon tana kiradi. Ko‘z soqqasining tashqi -fibroz pardasi ikki qismga bo‘linadi. Uning oldingi qismi shox parda deb atalib, u shishadek tiniq, yorug‘lik nurlarini sindirish xususyayatiga ega. Tashqi fibroz pardaning yon va orqa qismi ko‘zning oq pardasi (sklera) deb ataladi. Ko‘z soqqasining qon tomir qavati nomiga monand, qon tomirlariga boy bo‘lib, ko‘z to‘qimalarini oziq - moddalar va kislorod bilan ta'minlaydi. Bu qavatning oldingi qismi rangli parda deb atalib, uning rangi hammada har xil (qora, ko‘k, sarg‘imtir va hokazo) bo‘ladi. Bu pardaning o‘rtasida yumaloq tetikcha bo‘lib, u ko‘z qorachig‘idir. Teshikcha atrofida ko‘z qorachig‘ini kengaytiruvchi va toraytiruvchi muskullar bo‘ladi. Ko‘z soqqasining‘ ichki - to‘rsimon pardasi, ayniqsa muhim ahamiyatga ega, chunki uning orqa qismida yorug‘likni, ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari bo‘lib, tayoqcha va kolba shaklidadir. To‘rsimon pardaning orqa qismida ko‘rish nervining tolasi kiradigan teshikcha bo‘lib, u orqali ko‘rish nervi to‘rsimon pardaga o‘tadi va mayda tolachalarga bo‘linib, tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlarga tutashadi. Ko‘z soqqasining ichki qismi ko‘z gavhari, ko‘z ichi suyuqligi va shishasimon tanadan iborat. Bularning hammasi tiniq, shishasimon bo‘lib, ko‘zga tutashadigan yorug‘lik nurini sindirish xususiyatiga ega. Ko‘rish nervining mayda tolachalari ko‘z soqqasi ichki to‘rsimon pardasining orqa yuzasida joylashgan tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlar (hujayralar) bilan tutashgan bo‘lib, ulardagi qo‘zg‘alishni qabul qiladi. Nerv tolachalari birlashib, ko‘rish nervini hosil qiladi va u to‘rsimon pardaning orqa qismida joylashgan maxsus teshikcha orqali bosh miyaga kiradi. U oldin o‘rta miyaga va oraliq miyaning ko‘rish do‘mbog‘iga boradi. So‘ngra bosh miyaning o‘tkazuvchi yo‘llariga birlashib, bosh miya po‘stlog‘ining ensa qismida joylashgan ko‘rish markazi nerv hujayralariga tutashadi. Ko‘zning funksiyasi. Ko‘z bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ikki qismdan: ko‘zning optik sistemasi va retseptor qismidan iborat. Ko‘zning optik sistemasiga uning shox pardasi, ko‘z ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Bular ko‘zga tushadigan yorug‘lik nurini sindirib o‘tkazadi va uni ko‘zning ichki to‘r pardasida joylashgan retseptorlarga to‘plab beradi. Yorug‘lik nurini sindirib o‘tkazishda, ayniqsa, ko‘z gavhari muhim rol o‘ynaydi. Yaqindagi buyumlarga qaraganimizda gavhar qalinlashadi. Uzoqdagi buyumlarga qaraganimizda esa yassilashadi. Gavhar shaklining bunday o‘zgarishini akkomodatsiya deb atalib, u gavhar atrofini o‘rab turgan kipriksimon muskul tolalarining qisqarishi va bo‘shashi orqali amalga oshadi. Demak, akkomodatsiya ko‘zning uzoqni va yaqinni ko‘rish qobiliyatini ta'minlaydi.
Ko‘z qorachig‘i - ko‘zning rangli pardasi o‘rtasida joylashgan teshikcha bo‘lib, uning atrofi aylana va to‘g‘ri yo‘nalgan muskullar bilan o‘ralgan. Ular parasimpatik va simpatik nerv tolalari bilan ta'minlangan. Ko‘z qorachig‘i gavharga va to‘r pardaga yorug‘likning, faqat markaz qismdagi nurlarni o‘tkazadi, atrofdagi nurlarni esa o‘tkazmaydi. Qorachiqning ana shu funksiyasi tufayli buyumlarning shakli, rangi, ko‘rinishi va boshqa xususiyatlari ko‘zning to‘r pardasiga aniq o‘tkaziladi. Yorug‘lik ko‘p bo‘lganda ko‘z qorachig‘i torayadi va to‘r pardaga o‘tkaziladigan nur oqimi kamayadi, yorug‘lik kam bo‘lganda esa qorachiq kengayadi va to‘r pardadagi retseptorlarga o‘tkaziladigan nur oqimi ko‘payadi. Bundan tashqari, odam hayajonlanganda, qo‘rqqanda, og‘riq sezganda ko‘z qorachig‘i kengayadi. Bu simpatik nervning qo‘zg‘alishi va buyrak usti bezining mag‘iz qismidan ajraladigan adrenalin, noradrenalin gormonlari ko‘payish tufayli yuz beradi.
Odamga yaqinda qaraganda (o‘qiganda, yozganda) ko‘z qorachig‘i kengayadi va ko‘z ichidagi bosim ortadi, bu holat uzoq davom etsa, ko‘z toliqadi. Uzoqdagi buyumlarga qaraganda esa qorachiq torayadi, ko‘z ichidagi bosim pasayadi va ko‘z dam oladi.
Ko‘zning ichki to‘r pardasida joylashgan tayoqchasimon retseptorlar tashqi muhitda yorug‘lik kam bo‘lgan vaqtda qo‘zg‘olib, qorong‘ulikda ko‘rishni ta'minlaydi. Kolbachasimon retseptorlar esa tashqi muhitda yo‘rug‘lik yetarli bo‘lganda qo‘zg‘alib, ko‘zning "kunduzi" ko‘rish xususiyatini ta'minlaydi. Bundan tashqari, kolbachasimon retseptorlar rang bilish xususiyatiga ega. To‘r pardada 100 mln dan ko‘proq tayoqchasimon va 5 mln ga yaqin kolbachasimon hujayralar joylashgan.
Tayoqchasimon retseptorlar tarkibida rodopsin moddasi bo‘lib, u oqsil va A vitamindan tashkil topgan. Kolbachasimon retseptorlar funksiyasiga ko‘ra uch xil: ko‘k, yashil va qizil ranglarni qabul qiluvchi bo‘ladi. Ular uchalasining turli kombinatsiyada qo‘zg‘alishi boshqa ranglarni, uchalasining baravar qo‘zg‘alishi esa oq rangni ko‘rishga imkon beradi.
Tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlardagi qo‘zg‘alish ko‘rish nervining tolalariga o‘tib, u orqali bosh miyada joylashgan ko‘rish markaziga boradi va nurni, ranglarni ko‘rish - sezgi hosil bo‘ladi.
17.Eshitish analizatori tuzilishi
Eshitish a'zosi - quloqning tuzilishi. Eshitish a'zosi bo‘lgan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismga bo‘lib o‘rganiladi: tashqi, o‘rta va ichki quloq.
Tashqi quloq - quloq suprasi va tashqi eshitish yo‘lidan iborat. Quloq suprasi elastik xususiyatga ega bo‘lgan tog‘aydan tashkil topgan, ustidan teri bilan qoplangan. Tashqi quloq yo‘lining oxirida biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan 0, 1 mm qalinlikdagi nog‘ora parda bo‘lib, u tashqi quloq yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi.
Tashqi quloq yo‘lini qoplab turuvchi terida juda ko‘p mayda bezlar bo‘lib, ulardan yog‘simon suyuqlik ajraladi. Ba'zan shu suyuqlik to‘planib qolishi tufayli quloq bitadi. Bunday hollarda paxtadan yasalgan pilik yoki gugurt cho‘pi uchiga o‘raglan bint (paxta ) yordamida tashqi quloq yo‘lini artib tozalash lozim. Yuvinish paytida quloqqa suv kirganda ham shunday qilinadi. Tashqi quloq yo‘li kirlanishining oldfini olish uchun haftada bir-ikki marta yumshoq sochiq uchini iliq suv bilan namlab, quloq yo‘lini artib turish maqsadga muvofiqdir.
O‘rta quloq bo‘shlig‘i Yevstaxiy naychasi yordamida burun halqumiga tutashgan. O‘rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolg‘acha, sandon, uzangi) tovush to‘lqinlari ta'sirida nog‘ora pardada hosil bo‘lgan tebranishni ichki quloqqa o‘tkazadi.
Ichki quloq - bo‘shliq va ilonizi kanalchalar tizimidan, ya'ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo‘shliqda perilimfa suyuqligi bo‘ladi. Suyak labirintda chig‘anoq bo‘lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni eshitish retseptorlari joylashgan.
Eshitish a'zosining funksiyasi. Tashqi, o‘rta va ichki quloqning har biri o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Quloq suprasi tovush to‘lqinlarini to‘plash va uni quloqning tashqi yo‘liga yo‘naltirish vazifasini o‘taydi. Ayrim sut emizuvchi hayvonlarda (it, ot, quyon, qo‘y va boshqalarda) quloq suprasining muskullari yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular tovush kelgan tomonga quloqlarini harakatlantira oladilar. Odamda quloq suprasini harakatlantirish imkoni bo‘lmasa-da, u tovushni to‘plash va uni eshitish yo‘li tomon yo‘naltirish imkoniyatiga ega.
Tashqi eshitish yo‘li tovush to‘lqinlarini nog‘ora parda tomon o‘tkazadi. Tovush nog‘ora pardani tebrantiradi, uning tebranishi eshitish suyakchalari orqali ichki quloqning chig‘anog‘i hamda yarim doira kanalchalardagi perilimfa va endolimfa suyuqliklarini to‘lqinlantiradi. Ularning to‘lqinlanishi chig‘anoq ichidagi eshitish retseptorlarini qo‘zg‘atadi. Bu retseptorlar juda mayda sezuvchi nerv tolalari bo‘lib, endolimfa to‘lqinlanganda ular silkinadi va qo‘zg‘aladi. Tolalarning soni 24 mingdan ko‘proq bo‘lib, ularning ayrim to‘plamlari maxsus tovushlarni qabul qilish xususiyatiga ega.
Ma'lum tovushni qabul qiladigan sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanmasa yoki kasallansa, odam mazkur tovushni aniqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Bolalarni yoshlikdan har xil musiqa ohanglarini tinglash va chalishga o‘rgatish ana shu sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanishiga imkon beradi.
Retseptorlarning qo‘zg‘alishi eshitish nervi orqali miya ko‘prigi, o‘rta miyada joylashgan po‘stloq osti eshitish markaziga, undan esa bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan oliy eshitish markaziga borib, uni qo‘zg‘atadi. Bu markazda joylashgan nerv hujayralarida tovush ta'siri analiz va sintez qilinib, uning mazmuni aniqlanadi.
18.Quloq. Tashqi va ichki quloq.
Eshitish a'zosi - quloqning tuzilishi. Eshitish a'zosi bo‘lgan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismga bo‘lib o‘rganiladi: tashqi, o‘rta va ichki quloq.
Tashqi quloq - quloq suprasi va tashqi eshitish yo‘lidan iborat. Quloq suprasi elastik xususiyatga ega bo‘lgan tog‘aydan tashkil topgan, ustidan teri bilan qoplangan. Tashqi quloq yo‘lining oxirida biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan 0, 1 mm qalinlikdagi nog‘ora parda bo‘lib, u tashqi quloq yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi.
Tashqi quloq yo‘lini qoplab turuvchi terida juda ko‘p mayda bezlar bo‘lib, ulardan yog‘simon suyuqlik ajraladi. Ba'zan shu suyuqlik to‘planib qolishi tufayli quloq bitadi. Bunday hollarda paxtadan yasalgan pilik yoki gugurt cho‘pi uchiga o‘raglan bint (paxta ) yordamida tashqi quloq yo‘lini artib tozalash lozim. Yuvinish paytida quloqqa suv kirganda ham shunday qilinadi. Tashqi quloq yo‘li kirlanishining oldfini olish uchun haftada bir-ikki marta yumshoq sochiq uchini iliq suv bilan namlab, quloq yo‘lini artib turish maqsadga muvofiqdir.
O‘rta quloq bo‘shlig‘i Yevstaxiy naychasi yordamida burun halqumiga tutashgan. O‘rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolg‘acha, sandon, uzangi) tovush to‘lqinlari ta'sirida nog‘ora pardada hosil bo‘lgan tebranishni ichki quloqqa o‘tkazadi.
Ichki quloq - bo‘shliq va ilonizi kanalchalar tizimidan, ya'ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo‘shliqda perilimfa suyuqligi bo‘ladi. Suyak labirintda chig‘anoq bo‘lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni eshitish retseptorlari joylashgan.
Tashqi eshitish yo‘li tovush to‘lqinlarini nog‘ora parda tomon o‘tkazadi. Tovush nog‘ora pardani tebrantiradi, uning tebranishi eshitish suyakchalari orqali ichki quloqning chig‘anog‘i hamda yarim doira kanalchalardagi perilimfa va endolimfa suyuqliklarini to‘lqinlantiradi. Ularning to‘lqinlanishi chig‘anoq ichidagi eshitish retseptorlarini qo‘zg‘atadi. Bu retseptorlar juda mayda sezuvchi nerv tolalari bo‘lib, endolimfa to‘lqinlanganda ular silkinadi va qo‘zg‘aladi. Tolalarning soni 24 mingdan ko‘proq bo‘lib, ularning ayrim to‘plamlari maxsus tovushlarni qabul qilish xususiyatiga ega.
19.Ko’z soqqasining tuzilishi.
Ko‘z soqqasi yumaloq tuzilgan bo‘lib, oldingi va orqa qutblariga ega bo‘ladi. U tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavat: tashqi fibroz, o‘rta - qon tomir va ichki to‘rsimon pardadan tashkil topgan. Ichki qismiga ko‘z ichi suyuqligi, ko‘z gavhari va shishasimon tana kiradi. Ko‘z soqqasining tashqi -fibroz pardasi ikki qismga bo‘linadi. Uning oldingi qismi shox parda deb atalib, u shishadek tiniq, yorug‘lik nurlarini sindirish xususyayatiga ega. Tashqi fibroz pardaning yon va orqa qismi ko‘zning oq pardasi (sklera) deb ataladi. Ko‘z soqqasining qon tomir qavati nomiga monand, qon tomirlariga boy bo‘lib, ko‘z to‘qimalarini oziq - moddalar va kislorod bilan ta'minlaydi. Bu qavatning oldingi qismi rangli parda deb atalib, uning rangi hammada har xil (qora, ko‘k, sarg‘imtir va hokazo) bo‘ladi. Bu pardaning o‘rtasida yumaloq tetikcha bo‘lib, u ko‘z qorachig‘idir. Teshikcha atrofida ko‘z qorachig‘ini kengaytiruvchi va toraytiruvchi muskullar bo‘ladi. Ko‘z soqqasining‘ ichki - to‘rsimon pardasi, ayniqsa muhim ahamiyatga ega, chunki uning orqa qismida yorug‘likni, ranglarni qabul qiluvchi retseptorlar joylashgan. Ular maxsus nerv hujayralari bo‘lib, tayoqcha va kolba shaklidadir. To‘rsimon pardaning orqa qismida ko‘rish nervining tolasi kiradigan teshikcha bo‘lib, u orqali ko‘rish nervi to‘rsimon pardaga o‘tadi va mayda tolachalarga bo‘linib, tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlarga tutashadi. Ko‘z soqqasining ichki qismi ko‘z gavhari, ko‘z ichi suyuqligi va shishasimon tanadan iborat. Bularning hammasi tiniq, shishasimon bo‘lib, ko‘zga tutashadigan yorug‘lik nurini sindirish xususiyatiga ega. Ko‘rish nervining mayda tolachalari ko‘z soqqasi ichki to‘rsimon pardasining orqa yuzasida joylashgan tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlar (hujayralar) bilan tutashgan bo‘lib, ulardagi qo‘zg‘alishni qabul qiladi. Nerv tolachalari birlashib, ko‘rish nervini hosil qiladi va u to‘rsimon pardaning orqa qismida joylashgan maxsus teshikcha orqali bosh miyaga kiradi. U oldin o‘rta miyaga va oraliq miyaning ko‘rish do‘mbog‘iga boradi. So‘ngra bosh miyaning o‘tkazuvchi yo‘llariga birlashib, bosh miya po‘stlog‘ining ensa qismida joylashgan ko‘rish markazi nerv hujayralariga tutashadi. Ko‘zning funksiyasi. Ko‘z bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ikki qismdan: ko‘zning optik sistemasi va retseptor qismidan iborat.

20.Endokrin tizim.



Download 196,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish