Қўқон дпи. Илмий хабарлар


Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар



Download 2,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/189
Sana20.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#679855
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   189
Bog'liq
Qoqon DPI jurnal 1 son

Цуцон ДПИ. Илмий хабарлар
MUQIMIY HAYOTI VA IJODINI O‘RGATISHDA SAVOL -TOPSHIRIQLAR BILAN ISHLASH
USULLARI
B.M .Abdurahmonova
pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Qo‘qon DPI
A nnotatsiya: Ushbu maqola Muqimiyning umumiy o‘rta ta’lim maktablarining V-VI sinf “Adabiyot” 
darsligida berilgan “Sayohatnoma” asari hamda “Tanobchilar” hajviyasi matni ustida ishlash jarayonida 
savol-topshiriqlar bilan ishlash muammolariga bag’ishlangan.
Аннотация: В даной статье рассматривается процесс работы над вопросами и ответами 
при изучении произведений Мукими “Танобчилар“ и старического текста “Саёхатнома”, данных в 
учебнике “Литературы” V-VI классов общеобразовательных средних школ.
Annotation: In this state the process of work on questions and answers in the study of the works 
of Mukimi 'Tanobchilar" in the old text "Sayokhatnoma", in the textbook "Literature" V-VI classes of general 
secondary schools.
Kalit so ‘zlar: Muqimiy, hajviy she’r, o‘rgatish, usul, interaktiv usul, jadval
Ключевые слова: Мукими, сатирический стих, обучение, метод, интерактивный метод, 
таблица
Key w ords: Mukimi, satirical verse, training, method, interactive method, table
O‘quvchilarning adabiyotga oid tasavvur va bilimlarini oshirishga, ularning nutqini o ‘stirishga xizmat 
qiluvchi asosiy vosita va omillardan biri sifatida darsliklarda berilgan savol va topshiriqlar bilan ishlashni 
ham kiritish mumkin. Metodist olim Valijon 
Qodirov aytganidek: “.. amaliyotda savol va topshiriqlar 
mohiyatiga ko‘ra a) faktologik; b) konseptual kabi ikki turga ajratiladi. Muallif ular haqida quyidagi fikrlarni 
kaltirib o‘tadi:
Faktologik savollar asosan darslikda mavjud bo‘lgan yoki o‘qituvchi so‘zlab bergan faktlarni qayta 
so‘zlab berishni ko‘zlaydi. Bunday savollar ustuvor bo‘lgan darslarda o‘quvchi fikrlamaydi, matn ustida 
izlanmaydi. Chunki ularning javoblari darslikning o‘zida berilgan, faqat birrov o‘qib topib olinsa bas. 
Ko‘pincha amaliyotda o‘quvchilarda darslikdagi savollarga javob topish uyga vazifa qilib beriladi. Eng 
achinarlisi, ba’zan uyga vazifani bajarishni o‘qituvchilarning o‘zlari ko‘rsatib beradilar. Bir qarashda bu 
hamma uchun qulay: bola qiynalmaydi, ortiqcha zo‘riqmaydi, bir zumda darsni tayyorlab qo‘yadi. Ammo bu 
holat adabiy ta’lim uchun qimmatga tushmoqda. Kitobdan ularga chaynalgan luqma kabi tayyor javoblar 
topilmaydi, har bir savolga tayyorlanish, matnni sinchkovlik bilan o‘qish, qahramonlarning ruhiy 
kechinmalarini o‘z qalbidan o‘tkazishga to‘g’ri keladi”[7].
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf “Adabiyot” darsligida [2] berilgan Muqimiy hayoti va ijodini 
o‘rganish bo‘yicha savol-topshiriqlarga diqqat qilsak, bor-yo‘g ’i uchta savol berilgan, xolos. Ular 
quyidagicha:
1.Muqimiy hayoti va faoliyati haqida gapirib bering.
2.Sayohatnoma janrida ko'proq nimalar haqida hikoya qilinadi?
3.Muqimiy “Sayohatnoma” laridan tanqidiy fikrlar joy olgan holatlarga misollar keltiring.
Bu savollarga javob topish o‘quvchilarda qiyinchilik tug’dirmaydi. Chunki darslikdagi shoirning hayot 
yo‘lidan xabardor bo‘lgan o‘quvchi hech qiynalmasadan savollarga javob bera oladi.
B irinchi top sh iriqn i quyidagi mazmunda bajarishi mumkin: Muqimiyning lirikasida sayohatnoma 
va hasbi hol ohanglari salmoqli o‘rin egallaydi. Bu uning hayot yo‘li bilan bog’liq.
“Sayohatnoma” asarida taqdirning unga bergan sinovi bayon etilgan.Shor safar taassurotlarini 
mazkur she’rida yoritishga harakat qilgan.
Ikkinchi topshiriqqa o‘quvchilar quyidagicha javob berishi mumkin: Shoir lirikasida muhabbatni 
tarannum qiluvchi she’rlar bilan bir qatorda hajviy she’rlar ham 
talaygina. “Sayohatnoma” murabba’ 
yo‘lida yozilgan. Muqimiy “Sayohatnoma”lari yo‘nalishlar nomidan kelib chiqib, uch xil nomlansa-da, aslida 
ular yaxlit bir asardir. Chunki ularning g’oyaviy maqsadi bir xil bo‘lib, ularning hammasida muallif yagona 
niyatni - turmush va voqelikdagi kuzatishlarini bayon etishni nazarda tutadi.
Uchinchi to p sh iriq shartiga ko ‘ra o ‘q uvch ilar quyidagi parchalarni darslikdan[2] o ‘qib beradilar 
yoki yoddan o ‘qiydilar:
Mingboshilik kimning ishi,
Desam dedi: bedonishi,
Bir “qo‘shtegirmonlik” kishi -
Hoji Iso badkor ekan.
Mag’rur, xasis-u beshu kam,
Har gapda yuz ichgay qasam,
Tagjoy olur moxovdanam -
Hoji o‘zi murdor ekan.
journal.kspi.uz 
2020/№1
75



Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish