On davlat pedagogika instituti bektoshev otabek qodiraliyevich ingliz tili nazariy grammatikasi



Download 442 Kb.
bet29/36
Sana01.06.2022
Hajmi442 Kb.
#629173
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
fayl 1826 20210916 (1)

It shows the appearance of pure copper when polished and etched.
Gerundiylar ham so‘zlar o‘rtasidagi aniqlovchilik munosabatlarini ifodalashning bir vositasidir. U ham aniqlanmishga nisbatan prepozitiv yoki postpozitiv tarzda joylashishi mumkin. Prepozitiv shakldagi gerundiyli aniqlovchilar odatda qo‘shma so‘zlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Masalan, reading-lamp, standing room.
Infinitiv bilan ifodalangan aniqlovchilar aniqlanmishga nisbatan doimo postpozitiv munosabatda bo‘ladilar va modal ma’no kasb etadilar. Masalan: Ne is the only man to do it.
Ingliz tili grammatikasida ravish so‘z turkumi bilan ifodalangan aniqlovchilar ham kamdan-kam hollarda uchrab turadi. Ular ham aniqlanmishga nisbatan prepozitiv yoki postpozitiv munosabatda bo‘lishi mumkin. Masalan, then president; ... had his eye on a house there.
Boshqa gap bo‘laklari singari aniqlovchilar ham keng sintaktik jarayonga ega. Aniqlovchilarning sintaktik va kategorial tarzda uyushib kelishi albatta, ularning leksik-semantik xususiyatlaridagi o‘xshashlik bilan bog‘liqdir. Ma’lum bir hokim bo‘lak, ya’ni ot so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan bir qator aniqlovchilar ketma-ket kelganda predmetga xilma-xil tavsif bergan holda uning ko‘p belgilik majmuini tashkil etadi. Bunday hollarda aniqlovchilarning gapdagi joylashish tartibi qanday bo‘ladi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Prepozitiv aniqlovchilarni tahlil qilish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, tilshunoslar odatda ularning gapda joylashishi tartibi erkin emas deb hisoblaydilar. Prepozitiv aniqlovchilarning gapda joylashish tartibiga xos bo‘lgan o‘ziga xos umum struktur-semantik xususiyatlar iikkita tamoyilga, ya’ni sifatni anglatuvchi aniqlovchilar chapga, nisbiy aniqlovchilar esa o‘ngga degan tamoyilga asoslanadi. Tilshunoslar o‘rtasida aniqlovchilarni sifatni anglatuvchi aniqlovchilar yoki nisbiy aniqlovchilar hamda ob’ektiv yoki sub’ektiv aniqlovchilarga ajratish g‘oyasi yuradi.
Hol kesimning holat, o‘rni, payt, sabab, maksad, miqdor kabi bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirib keluvchi sintaktik shakldir. U fe’l kesim valentligini yuzaga chiqaruvchi gap bo‘lagi bo‘lganligi uchun ham bevosita fe’l kesim bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Hol ham boshqa gap bo‘laklari singari shakl va mazmun birligidan tashkil topgan murakkab bir butunlikdir.
Hol morfologik va sintaktik shakllarning qarama-qarshiligi va birligidan tashkil topadi. Hol vaziyatini egallagan sintaktik shakl muayyan morfologik shakllar orqali ifodalanadi. Shuning uchun hamhol vaziyatidagi sintaktik shaklni namoyon qiuvchi morfologik shakllar tizimi - paradigmasi hosil bo‘ladi.
Hol ma’no tomondan morfologik va sintaktik ma’nolarning qarama-qarshiligi va birligidan iborat bo‘lgan nisbiy butunlikdir. Invariant ma’no sanaluvchi harakat belgisi sintaktik ma’nosi quyidagi morfologik ma’nolar orqali namoyon bo‘ladi: harakat tarzi, harakat o‘rni, harakat payti, harakat sababi, harakat maqsadi, harakat mikdori, harakat sharti.
Holning ifoda usullari turlichadir. Ular ravish, otlarning predlogli guruhi, olmosh va shuningdek, fe’llarning shaxssiz shakllari orqali ifodalanishi mumkin. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, fe’llarniig shaxssiz shakllari bilan ifodalangan hollar predikativli qurilmalar bo‘lib hisoblanadi hamda sifatdoshli absolyut qurilmalar deb ataladi.
Ravish bilan ifodalangan hollar odatda gapning boshida keladi va gapning butun kesim guruhiga tegishli bo‘ladi: Secretly they felt it unreasonable of Ann to have left them like this without a word.
O‘rin holi odatda ravish yoki otlarning predlogli guruhi orqali ifodalanadi va ular gaplarning boshida keladi. Agar ular kesimdan so‘ng kelsa gapning mazmunini aniqlab keladi.
Hol gap bo‘lagi sifatida qo‘llanilish xususiyatlariga ko‘ra to‘ldiruvchiga nisbatan mutloq qarama-qarshidir. Ular gapda aniq yoki majhul nisbatlardagi to‘ldiruvchilar kabi egaga aylana olmaydilar. Shuningdek, holhar kanday fe’l ishtirokidagi gaplar tarkibida qatnashishi mumkin. SHuning uchun hamhol ko‘pchilik hollarda erkin qurshovga ega bo‘lgan gap bo‘lagi sifatida talqin qilinadi.
Hollarning morfologik va leksik asoslari to‘ldiruvchilarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Hol nafaqat ot so‘z turkumi orqali, balki ravish va sifatdoshlar orqali ham ifodalanadi. Hollarni ifodalash vositasi hisoblangan ot va ravish so‘z turkumlari bir-birlarining o‘rinlarini to‘ldirish jihatdan o‘zaro funksional munosabatda bo‘ladilar. Masalan, with eagerness -eagerly kabi.

Download 442 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish