Mavzuni mustahkamlash bo’yicha savollar.
1. Sifat sо‘z turkumining o’ziga xos hususiyatlarini tasniflab bering?
2. Sifat darajalari muammosi zamonaviy grammatikada qanday izohlanadi?
3. Ravish sо‘z turkumi va uning о‘ziga xos xususiyatlarini izohlab bering?
4. Son sо‘z turkumi va holat kategoriyasining nazariy grammatikadagi o’rnini tushuntirib bering?
5. Ingliz tilida nechta yordamchi sо‘z turkumlari mavjud?
Sintaksis va uning ob’ektlari.
Reja:
1. Gap (gap kategoriyasi, gap qurilmasi).
2. Sodda gaplar (gapning bosh bo‘laklari).
3. Sodda yig‘iq va yoyiq gaplar.
4. To‘liqsiz, SHaxsi noma’lum va bir sostavli gaplar.
Tayanch iboralar: Kichik sintaksis; katta sintaksis; matn tilshunosligi; prezentatsiya; emotsionallik; buyruq; taklif; sodda; qo‘shma; yigik; yoyiq; aspekt; transformatsiya; vositali; vositasiz; murakkab; predlogli; predlogsiz; prepozitiv postpozitiv; absolyut qurilma; eksplikatsiya.
Sintaksis yunoncha tuzish so‘zidan olingan bo‘lib, so‘z birikmalari va gaplarning yasalish usullarini, sintaktik shakllar birliklaridan anglashilgan ma’nolarni o‘rganadi. Sintaksis grammatikaning bir qismi bo‘lib, unda kamida ikki mustaqil so‘zning sintaktik bog‘lanishi hamda matnlar o‘rganiladi. SHu sababli ba’zi olimlar sintaksis predmeti to‘g‘risida gap borganda, uni kichik sintaksis yoki gap sintaksisi va katta sintaksis yoki matn sintaksisiga ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblashadi.
Kichik sintaksis so‘z birikmasi va ularning turlari, gap va ularning turlari, sintaktik bog‘lanish vositalari hamda turlari bilan shug‘ullanadi. Katta sintaksisning ish mavzusi matn va uni tashqi etuvchi birliklar, matnning leksik-grammatik vositalari hamda semantik tuzilishi kabi masalalardpr. Sintaksisning ikki qismga bo‘linishi matn tilshunosligining paydo bo‘lishi bilan bog‘langan. Yaqin yillargacha gap tilniig eng katta birligidir degan tushuncha mavjud edi, lekin matn tilshunosligining paydo bo‘lishi bu fikrni rad etadi.
Gap – bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan tugal fikrni ifodalaydigan, predikativlik modallik va prossodikani o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir. Keltirilgan ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, gapda yuqoridagi uch belgi mavjud bo‘lishi kerak. Gapning bu belgilari ustida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Har qanday gap predikativlik xususiyatiga ega bo‘lishi shart. Aks holda gap emas, balki so‘zlar yig‘indisi bo‘lib qoladi. Predikativlik an’anaviy grammatikalarda berilishicha, ega va kesimdan anglashilgan fikrdir. Lekin, predikativlikni ta’riflashda nafaqat ega va kesimdan anglashilgan fikrga, balki bir yadroli gaplarda ham predikativlik mavjud ekanligini aytib o‘tish lozim. Tilshunoslikda predikativlik deganda ko‘pincha kesim vazifasini bajaruvchi unsur, tushuniladi. Lekin, predikativlik asosan gapning asosiy mazmunini yorituvchi unsurga nisbatan aytiladi.
She reads a book.Oh! My God!
Modallik deganda biz so‘zlovchining aytiladigan fikrga sub’ektiv munosabati, aytiladigan fikrning real voqelikka bo‘lgan munosabatidir.
Prosodika deganda biz, har qanday tugal fikrni anglatuvchi so‘z, so‘z birikmalar yoki gap nutqqa ko‘chganda ma’lum bir ohangda talaffuz etilishini tushunamiz. Ohang nutqning ajralmas tarkibiy qismidir. Nutqda ohang gaplarni bir-biridan ajratib turuvchi vosita hisoblanadi.
Gap bu nutq materialidir. Tilshunoslar orasida gapning ham grammatik kategoriyasi bormi yoki yo‘qmi degan munozarali savol yuradi. B.S.XaymovichvaB.I.Rogovskayalarning fikricha, gapning asosiy kategoriyalari prezentatsiya, emotsionallik, buyruq va takliflardan iborat. Ushbu kategoriyalarga e’tibor berilganda kategoriyalar bazasida gap qurilmasini aniqlash mumkin.
Gaplar turli nuqtai nazardan, ya’ni tuzilish, gapirish maqsadi, barcha bo‘laklarning bor yoki yo‘qligiga ko‘ra turlarga ajratiladi, Gaplar tuzilishi jihatdan sodda (Simple) va qo‘shma (Composite) gaplarga bo‘linadi. Ba’zi adabiyotlarda esa yuqoridagi turlardan tashqari murakkab gaplar va periodlarga ajratiladi.
Sodda gap ma’lum fikr, maqsadni ifodalovchi grammatik va prossodika tomonidan shakllangan sintaktik birlikdir. Sodda gap tuzilishiga ko‘ra yig‘iq (unextended) va yoyiq (extended) bo‘ladi. Sodda gaplarni tasniflashda turlicha yondashuvlar mavjud: strukturaviy, aytilish maqsadiga ko‘ra, kommunikativ maqsadiga ko‘ra.
Strukturaviy yondashuv deganda sodda gaplarni ikki turga, ya’ni sodda yig‘iq va yoyiq turlariga ajratish tushuniladi. Sodda yig‘iq gap deganda an’anaviy grammatikachilarimiz faqat ega va kesimdan tashkil topgan so‘z birikmalarini tushunadi. Sodda yoyiq gaplarda esa, ega va kesimdan tashqari, ikkinchi darajali bo‘laklar ham mavjud bo‘ladi deb izohlanadi. Strukturaviy tasnifga asosiy e’tiroz shundan iboratki, an’anaviy grammatikachilarimiz sodda gaplarni bosh va ikkinchi darajali bulaklar doirasida tasniflashadi. Agar gaplarni sodda yig‘iq va yoyiqqa bo‘lishda yig‘iq gaplar faqat yadro predikativ aloqa bilan ifoda etilsa, sodda yoyiq gaplar esa yadro predikativ aloqadan tashqari subordinativ aloqani ham o‘zida mujassamlashgiradi. My God! Oh!
An’anaviy grammatikalardan bizga ma’lumki, gapning bosh bo‘laklari deganda biz ega va kesimni tushunamiz. Bosh bo‘laklar masalasida avvalambor, ega yoki kesimga berilgan ta’riflarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. B.Ilish egaga quyidagicha ta’rif beradi: "Ega gapning bosh bo‘laklaridan biri bo‘lib, kesim tomonidan ifodalaydigan harakat yoki xususiyatni ifodalaydigan narsa, boshqa birorta gap bo‘lagiga tobe emas hamda turli so‘z turkumlari bilan ifodalanishi mumkin.” Kesim ham bosh bo‘laklardan biri - bo‘lib, ega tomonidan ifodalangan narsaning harakat yoki xususiyatini ifodalaydi, u ham boshqa biror gap bo‘lagiga tobe bo‘lmaydi hamda ifodalanish usullari turli - tumandir. SHu sababli ham bosh bo‘laklardan kesim muammoli hisoblanadi. An’anaviy grammatikalarda kesimni sodda fe’l kesim, qo‘shma fe’l kesim, qo‘shma modal fe’l kesim, qo‘shma aspekt fe’l kesim, qo‘shma ot kesim hamda aralash kesim kabi turlarga ajratiladi. Ushbu kesim: turlaridan qo‘shma aspekt fe’l kesimni ko‘rib chikadigan bo‘lsak, ushbu kesim turining xuddi shunday nomlanishi hamda kesim o‘rnidagi unsurlarning haqiqatdan ham ushbu kesim turi tarkibiga kiritish to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi munozaralidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |