Mavzuni mustahkamlash bo’yicha savollar.
1. Gap kategoriyasiva gap qurilmasi terminlarini izohlab bering?
2. Sodda gaplarning turlarini aytib bering?
3. Structuraviy yondashuv terminini izohlab bering?
4. Tо‘liqsiz, Shaxsi noma’lum va bir sostavli gaplarning farqli tomonlarini aytib bering?
Asosiy va ikkinchi darajali bo‘laklar.
Reja:
1. Ega.
2.Kesim va uning turlari.
To‘ldiruvchi va uning turlari.
Aniqlovchi va uning turlari.
5.Hol va uning turlari.
Tayanch iboralar: Ega; kesim; to‘ldiruvchi; aniqlovchi; hol; transformatsiya; vositali; vositasiz; murakkab; predlogli; predlogsiz; prepozitiv; postpozitiv; absolyut qurilma; eksplikatsiya.
An’anaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan har qanday gap qaysi tilga taaluqli bo‘lishidan qat’iy nazar ikki qism, ya’ni bosh va ikkinchi darajali bo‘laklardan tashkil topadi. Ikkinchi darajali bo‘laklar nazariyasi tilshunoslikning eng oxirgi rivojlangan bo‘limlaridan biridir. Bizga ma’lumki, ikkinchi darajali bo‘laklarning odatdagi tasnifi to‘ldiruvchi, aniqlovchi va holdan iboratdir. B.Ilishning ta’kidlashicha, ikkinchi darajali bo‘laklarning o‘ziga xos xususiyatlari to‘liq o‘rganilmagan. Bu haqida olimlarning fikrlari xilma-xildir. Masalan, A.Peshkovskiy o‘zining rus tili sintaksisi haqidagi kitobida to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol kabi atamalardan umuman foydalanmagan. U ikkinchi darajali bo‘laklarni tobe va tobe bo‘lmagan bo‘laklarga ajratadi. Ushbu gap bo‘laklarini qanday tamoyilga asosan izohlanishi ham munozarali masaladir.
To‘ldiruvchi odatda fe’l (ot, olmosh, sifat, son, ravish) tomonidan ifodalangan biror bo‘lakka bog‘lanib, uning ma’nosini bildirib keladi yoki kesimga bog‘lanib, u haqida ma’lumot beradi. To‘ldiruvchi haqida gap ketganda uning turlari ham turli xil olimlarning qarashlaricha turlichadir. Chunki, ingliz tili amaliy grammatikalariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, to‘ldiruvchi vositali, vositasiz, murakkab, predlogli, predlogsiz hamda qarindosh kabi turlarga ajratiladi.
Bizga ma’lumki, odatda sintaksisda mazmun plani ifoda planiga o‘tadi. Ammo, yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, to‘ldiruvchi odatda o‘timli fe’l bilan bog‘lanib keladi va ular odatda sintaksisda emas, balki morfologiyada o‘rganiladi. To‘ldiruvchi gapda kesim vazifasida kelgan fe’lning leksik ma’nosiga, ya’ni fe’lning o‘timli yoki o‘timsizligiga bog‘liq. SHu sababli ham to‘ldiruvchi sintaksisda o‘rganiladi deyish ham ancha qiyin. Bizning fikrimizcha, to‘ldiruvchi gap sathida o‘rganilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuning uchun A.M.Muxin «Lingvisticheskiy analiz" monografiyasida fe’lni leksik-semantik guruhga ajratib, o‘sha fe’lning valentligini aniqlashni tavsiya qiladi.
To‘ldiruvchining ahamiyatli xususiyatlaridan biri shundaki, u gapda boshqa gap bo‘laklariga qaraganda ega bilan ancha-muncha yaqin hisoblanadi. Aslida, gapning bu ikki bo‘lagi morfologik va leksik jihatdan umum-substantiv asosga ega bo‘lib, ular gapda o‘zaro o‘rin almashishlari ham mumkin, ya’ni X played U - U was played by X kabi. Gapni majhullikka aylantirishda to‘ldiruvchi juda osonlikcha ega vazifasini egallashi mumkin. Gaplarda ega va to‘ldiruvchi fe’lga, kesimga nisbatan juda yaqin sintaktik o‘rinda joylashadi.
Hozirgi zamon ingliz tilida to‘ldiruvchi quyidagicha tarzda tasniflanadi: vositasiz,vositali va predlogli to‘ldiruvchilar. To‘ldiruvchilarni xudi shunday tasniflashni M. Deychbayn, G.Sheyervegs va R.Zandvoortlarning ishlarida uchratish mumkin. To‘ldiruvchilarni bunday tasniflashda boshqa tillardagiga qaraganda biroz boshqacharoq ekanligini anglash qiyin emas.
Ba’zi olimlar to‘ldiruvchilarni yana boshqa bir tomondan ob’ekt yoki adresat to‘ldiruvchisi deb ham tasniflaydilar. Lekin, to‘ldiruvchilarni bunday tasniflash ingliz tilidagi barcha to‘ldiruvchilarni o‘z ichiga olmaydi. Negaki, by N ko‘rinishidagi to‘ldiruvchilar bu ikki guruhning hech biriga mos kelmaydi.
To‘ldiruvchilarni ayrim jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tasniflash A.I Smirnitskiyning asarlarida o‘z aksini topgan. Bunda u to‘ldiruvchilarni sof formal belgilariga asosan, ya’ni predlogli va predlogsiz to‘ldiruvchilar deb tasniflaydi. A.I.Smirnitskiy to‘ldiruvchilarni bunday tasniflashda nafaqat ularning formal xususiyatlariga, balki funksional belgilariga ham e’tibor qaratgan.
Hozirgi zamon ingliz tili grammatikasida to‘ldiruvchilar mazmuniy xususiyatlarni, shu jumladan, formal belgilarni ham inobatga olgan holda uch asosiy turga bo‘linadi: ob’ektli to‘ldiruvchi, adresatli to‘ldiruvchi va sub’ektli to‘ldiruvchi.
Ob’ektli to‘ldiruvchi fe’l, sifat yoki holatni ifodalovchi ma’lum bir so‘z ishtirokidagi gap bo‘lagi bilan bog‘liq bo‘lib, harakat yoki belgining ob’ektini ifodalab keladi. U predlogli yoki predlogsiz bo‘lishi mumkin. Predlogning ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi to‘ldiruvchilarniig sof formal belgisidir. Ob’ektli to‘ldiruvchining grammatik ko‘rinishini quyidagi jadval asosida ko‘rsatib berish mumkin:
Ob’ektli to‘ldiruvchi:
To‘ldiruvchining turi
|
Predlogli to‘ldiruvchi
|
Predlogsiz to‘ldiruvchi
|
Misol:
|
He knows this
|
He knows of this
|
Ob’ektli to‘ldiruvchi o‘z ma’nosi va shakliy belgilariga ko‘ra adresatli to‘ldiruvchiga nisbatan qarama-qarshi turadi. Adresatli to‘ldiruvchi ega tomonidan yo‘naltirilayotgan harakatning shaxsini yoki predmetini ifodalashi mumkin. Adresatli to‘ldiruvchi ham xuddi ob’ektli to‘ldiruvchi kabi predlogli va predlogsiz to‘ldiruvchilarga bo‘linadi. Uning ham grammatik ko‘rinishini quyidagi jadval asosida ko‘rsatish mumkin:
A d r e s a t l i to‘ l d i r u v ch i :
To‘ldiruvchining turi
|
Predlogli to‘ldiruvchi
|
Predlogsiz to‘ldiruvchi
|
Misol:
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |