3.2. Omixta yem zavodlarida xom ashyoni ajratish.
Omixta yem zavodlariga kelib tushadigan omixta yemning ko`p sonli
komponentlari, asosiy turdagi xom ashyo bilan bir katorda sezilarli darajada
aralashmalarga ham ega. Bu turli xildagi xom ashyoni ishlab chiqarish tavsifi bilan
bog`liq. Bir moddaning ikkinchisidan ayrilishi - ajratishdir. Omixta yem sanoatida bu
jarayon keng qo`llaniladi va turli texnologik vazifalarni bajarishni donli, unli xom
ashyoni va suyuk komponentlarni tozalashda aralashmalar ajralishini, yirikligi
bo`yicha
saralashni,
maydalangan
komponetlarni
fraktsiyalarga
ajratishni,
sochiluvchan va donador tayyor mahsulotni va boshqalarni nazorat qilishni
ta`minlaydi.
Don massasining ifloslanishi xattoki yuqori agrotexnikada ham unga mansubdir.
Don massasida, asosiy ekin turi (bugdoy, makkajuzori, arpa, suli va b.) dan tashqari
organiq va mineral kelib chiqishli, shuningdek metallomagnit aralashmalar ham
mavjud. Aralashmalar asosiy ekin turi donidan (yoki boshqa komponentlardan) bitta
xossasi bilan yoki ularning yigindisidan: morfologiyasi, yuza holati, rangi, shakli,
zichligi, aerodinamik xossalari va boshqalar bilan farq qiladi.
Donni aralashmalardan tozalash uchun texnologik uskunalar qo`llaniladi, qaysiki
ularning ishi asosan don ekinlari va ularni ifloslantiruvchi aralashmalarning turli
xossalaridan foydalanishga asoslangan.
40
Xavo-galvirli ajratish.
Omixta yem ishlab chiqarishda don massasini razmerlari va aerodinamik xosalari
bilan farq qiluvchi byog`ona aralashmalardan tozalash uchun xavogalvirli
seperatorlar qo`llaniladi. Don massasi bu mashinalarda aralashmalarni kattaliklari
(kalinligi va yirikligi) bo`yicha ajratuvchi kiya joylashgan elaklarda ketma-ket elash
bilan tozalanadi va xavo okimidan aspiratsion kanallar orqali don katlami ikki
marotaba mashinaga tushishda va undan chiqishda o`tkaziladi, xavo okimi uzi bilan
yengil aralashmalarni olib ketadi.
Xavo galvirli seperatorlar (ajratish) omixta yem zavodlarida xavo galvirli
seperatorlar zavod ichi mexaniq transportlari bilan galvirli seperatorlar esa
korxonalarda pnevmatik transportlar bilan qo`llaniladi.
3-rasmda ko`rsatilganidek, xavo galvirli seperatorlar quyidagi sxyema bo`yicha
ishlaydi. Tozalanishi kerak bo`lgan don iste`molchi (pitayushiy) kurilma 11
bunkeriga tushadi. Sungra, uzining ogirligi bilan yuk klapanining karshiligini zabt
etib, teng yupka katlam bilan birinchi sovurish 10 xavo kanalining uzunligi buyiga
tarkaladi, xavo okimi esa o`tayotgan don katlamiga kiradi va undagi yengil organiq
aralashmalarni (poyaga, qobiqlar, chang, boshokga va b) olib ketadi. Bu aralashmalar
aspiratsion kameraga 1 chuktiriladi, u erda esa tulgandan keyin mashinadan
chiqariladi.
Xavoli tozalashdan keyin don aspiratsion kolonkadan qabul qiluvchi galvirga
tushadi, uning koldigidan ko`pol aralashmalar (tosh, ip, kirindi va b.) ajratiladi va
elanma esa saralash galviriga 7 tushadi. uning koldigidan yirik byog`ona aralashmalar
(poya qismi, oshokchalar, suli, makkajuxori, urugi va b.) va elak ramasining oxiriga
borib mashinadan chiqariladi. Saralash galvirining elanmasi uning tagida joylashgan
qo`yi kuzovdagi bushatuvchi (razgruzoch) galviri 6 ga tushadi, chunonchi u erda u
ikkita fraktsiya - yirik va mayda fraktsiyaga bo`linadi.
Yirik fraktsiya bushatuvchi galvirning koldigi bilan asosiy don okimiga
yunaltiriladi, mayda fraktsiya esa (unda mayda dondan tashqari mayda fraktsiyalar
ham mavjud) elanma bilan bushatuvchi galvir orqali patski elovchi galvirga 5
tushadi. elovchi galvir koldigi (normal don) va bushatuvchi galvir koldigi birlashadi,
ikkinchi sovurish aspiratsion kanalidan 3 o`tadi va sungra mashinadan chiqariladi.
Aspiratsion kanaldan chiqarishda don magnit 4 orqali o`tkaziladi va metallomagnit
aralashmalarning ba`zi qismlari ajratiladi. elovchi galvir 5 elanmasi (mayda
aralashmalar-chang, kum, okshok, ifloslantiruvchi aralashmalar va b) tagligda
yigiladi va mashinadan chiqariladi. Masho`lot galvirlarda harakatlanishi natijasida
qismlarga ajraladi, razmerlari galvir teshiklari razmeridan kichik (elanma qism) va
razmeri galvir teshiklari razmeridan katta bo`lgan (koldik qism) qismlarga ajraladi.
Seperatorning galvirli kuzovi kuzovning oldingi devoriga maxkamlangan
ekstsentrik tebranish orqali (tebranish amplitudasi 5...6 mm, tebranish chastotasi
mino`tiga 500) qaytar-harakatga keltiriladi. Privodning elektrodvigateli staninaga
maxkamlangan galvir yuzasini tozalash uchun inertsion tozalagichlar muljallangan.
41
3-rasm. Xavo galvirli seperatorning texnologik sxyemasi
1-birinchi sovurish aspiratsion kamerasi; 2-ikkinchi sovurish aspiratsion kamerasi;
3-ikkinchi sovurish aspiratsion kanali; 4-magnit; 5-elovchi galvir; 6-bushatuvchi
galvir; 7-saralovchi galvir; 8-qabul qiluvchi galvir; 9-yuk klapani; 10-birinchi
sovurish aspiratsion kanali; 11-iste`molchi kurilma; I-donning tushishi; II-aspiratsion
chiqindilar; III-xavo; IY-yirik ifloslantiruvchilar; Y-saralash galvirining koldigi; YI-
mayda ifloslantiruvchilar; YII-aspiratsion chiqindilar; YIII-tozalangan don; IX-
metallomagnit aralashmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |