30
chunki yigim kechga kolganda uning tarkibida katta
miqdorda kletchatka yigiladi,
pichandagi ozuqa moddalarning hazmi kamayadi, xushxurligi yukoladi.
O`tlarni sun’iy kuritganda ko`p miqdordagi vitaminlar va to`laligicha oqsil
saqlanadi. SHuningdek yemning kimyoviy tarkibi bo`yicha barcha komponentlarning
uzlashtirilishi oshadi.
Bundan tashqari pichan sifatini aniqlovchi asosiy omillarga uni saqlash sharoitlari
va davomiyligi ham kiradi. SHundan bog`liq holda qabul qilish punklarida
preslashmagan pichan uchun saqlash muddati maksimum bir yil, preslashgan pichan
uchun esa-uch yil.
YAxshi sifatli pichan to`lakonli
oqsillar, uglevodlar, mineral moddalar va
vitaminlarning manbai hisoblanadi 100 kg pichan tipidan bog`liq holda 52 - 35 ozuqa
birligiga 11,6 - 3,6 kg hazm bo`luvchi proteinga teng.
Cho`chqa va parrandalar uchun vitaminli pichan uni ishlatiladi, u esa sun`iy
kuritilgan o`tlarni maydalab olinadi. O`t pichan uni
vaqtli urib olingan yaxshi
pichandan (dukkakli va dukkak - boshokli o`tlar) tayyorlanadi. shuning uchun bunday
pichan tarkibidagi protein, kal’tsiy va karotinning yuqori miqdori bilan tavsiflanadi.
Masalan, sun`iy kuritilgan vika - suli unining 100kg da 68 ozuqa birligi, 12,3 kg
hazm bo`luvchi protein, 1330 g kal’tsiy, 300 g fosfor, 16 g karotin bor.
Yem sifatida, vitamin va mineral moddalarga boy bo`lgan
ninabarglilar uni ham
ishlatiladi. ninabarglilardan karagay, el yoki mojeviya ninalarini kuritib, yanchib
tayyorlashadi. Barra ninabarglarning (45% gayaqin suv) 100 kg da 15 ozuqa birligi,
1,1 kg hazm bo`luvchi protein 310 g kal’tsiy 90 g fosfor, 7 g karotin bor.
O`simliklardan olinadigan yem omixta yem tayyorlashda keng qo`llaniladi.
Pichan
ot va qoramollar omixta yemida 50%gacha, pichan uni - cho`chqa
bolalari, buzoklar
va parrandalar uchun muljallangan yemning 5 - 10% ni tashkil qiladi; ninabarglilar
uni parrandalar, cho`chqa bolalari, yemizuvchi cho`chqalar va buzoklar yemi uchun
3% miqdorida ishlatiladi.
Otlar uchun briketlangan omixta yem tarkibiga kiritiluvchi pichan namligi 17% dan
oshmasligi hamda zararli va zaharli o`tlar miqdori 1% dan oshmasligi kerak.
Somon omixta yem sifatida qiymati past bo`lib, qo`yi ozuqaviy xossaga ega.
Bahorgi bugdoy somonining 100 qilogrammli 20 ozuqa birligiga teng va 1,2 kg hazm
bo`luvchi protein saqlaydi.
Pichan va somonning sifati bir kancha ko`rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Rangi. Pichan va somonning rangi zarur ko`rsatkich bo`lib, ularning yemboplik
xossalarini tavsiflaydi. Pichan rangi o`tning yoshidan,
yigim vaqtidagi iklimdan,
yigim vaqtidan, kuritish tavsifidan, shuningdek saqlash sharoitidan bog`liq.
Pichan tipidan bog`liq bo`lmagan holda yashil rangli bo`lishi kerak.
Bugdoy, arpa va suli somoni kungir tugunchali sarik rangli va tarik somoni - yashil
rangdan koramtir - yashil ranggacha bo`ladi.
Pichan va somon rangining korayishi odatda faol mikrobiologik jarayonlarning
borayotganligini bildiradi, uning sifatini keskin yomonlashtiradi.
Xidi. Pichan va somon uziga xos toza xidga ega bo`lishi kerak. Birok o`tning
yoshidan, yigim davridagi xavo va saqlash sharoitlaridan bog`liq holda kuchli
o`zgaradi. Dimikkan va chirindi xidi nosoglom pichan va somonga xos bo`lib,
mikrofloralarning faol rivojlanishi kechayotganligini bildiradi.
31
Pichan va somon xidini kuchaytirish uchun ularning to`tamlaridan stakanga
solinadi, ustidan kam-kam miqdorda issik suv solinadi (ulchanmaning to`la
namlanishi uchun) stakan shisha bilan berkitiladi. 2 - 3 mino`tdan
keyin pichan va
somonning kizishgan xidi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: