3.3. Donlarni va omixta yem ingredientlarini maydalashning nazorat asoslari.
Omixta yem BVD, pryemiks, karbamid kontsentrati va ouzka aralashmalarning ko`p
sonli komponentlari omixta yem zavodlariga don, granula, chakmoq ko`rinishida
tushadi va maydalanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulotning ma`lum turi uchchun
yirikligi bo`yicha talablarga javob beradigan bir xildagi aralashmani maydalamay
olish iloji yuk. Maydalangan komponentlar ancha bir xilda aralashadi. Bundan
tashqari maydalash jarayoni ozuqaning hayvon va parrandalarda tez hazm bo`lishida
asosiy rolni bajaradi, chunki maydalangan ozuqa yaxshi uzlashtiriladi. Bu shu bilan
tushuntiriladiki, kavshaganda, masalan, maydalangan ozuqaga kam energiya
sarflanadi, okibatda, ediriladigan mahsulotning sindromini ortadi.
Maydalash jarayonining tavsiloti.
Maydalash jarayoni-omixta yem zavodlarida mahsulot ishlab chiqarishdagi eng
murakkab va ko`p energiya talab qiladigan jarayonlardan biri hisoblanadi.
Komponentlarni maydalashda ularning ba`zi qismlari orasidagi kuchlarning bir-biriga
to`g`ri kelishi buziladi, buni bartaraf qilish uchun elektrenergiyasini ko`p sarflagan
holda maydalashning turli usullarini qo`llashga to`g`ri keladi.
Bu ayniksa omixta yemga katta miqdorlarda kiritiladigan donli komponentlarni
maydalashga taaluklidir.
Kattik jismni bo`laklarga ajratij jarayoni maydalash deyiladi. Buning natijasida jism
bo`lakchalari orasidagi kuchlarning bir-biriga to`g`ri kelishi zabt etiladi va yangi
yuza hosil bo`ladi.
Omixta yem ishlab chiqarishda quyidagi komponentlar maydalanadi: don, donli
aralashmalar, kunjara, shrot, so`tali makkajuxori, mineral kelib chiqishli xom
ashyolar (bur, tuz, chiganok uni) oziq-ovqat sanoatining yirik fraktsiyali ozuqa
mahsulotlari. Ba`zi komponentlar mashinadan bir marotaba o`tganda maydalanadi,
ba`zlari esa ikki marotaba o`tkazishni talab qiladi. Donli komponentlar mashinadan
bir marta o`tkazilganda maydalandi, chakmoq xom ashyolar esa oldik ko`pol ezishga,
sungra mayda yanchishga to`tiladi.
Maydalash darajasi yoki maydalangandan keyin bo`lakchalar razmerlari hayvon turi
yoshidan bog`liq, ya`ni maydalash darajasi yanchishning yirikligini tavsiflaydi.
Maydalangandan keyin bo`lakchalar razmeri 5 mm yoki undan katta bo`lsa,
maydalash shartli ravishda ko`pol deyiladi. Agar 5 mm dan kichik bo`lsa, bunda
maydalash mayin hisoblanadi. Kattik bo`lakli komponentlarni nisbatan katta
bo`laklarga bo`lish (5 mm katta) ham shuningdek maydalash deyiladi.
Mahsulotning maydalanish darajasi deb maydalanadigan bo`laklar chizikli
razmerlari kattaligining maydalashdan keyingi bo`lakchalar razmeri nisbatiga
aytiladi. Mahsulotning maydalanish darajasi i mahsulotni maydalagandan keyingi
bo`lakcha yuzasi yigindisining s boshlangich mahsulot yuzasi yigindisiga nisbatan
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |