3.1. Xom ashyoni qabul qilish, joylashtirish, saqlash va uni ishlab chiqarishga
uzatish.
Xom ashyoni qabul qilish. Omixta yemni rejalashtirilgan assortimentda ishlab
chiqarish va korxona ishining uzluksizligini ta`minlash uchun xom ashyoning barcha
turlari bo`yicha ma`lum zaxira tashkil qilinadi, hamda sistyematik ravishda tuldirilib
boriladi. Ishlov beriladigan xom ashyoning asosiy miqdori temir yo`l transportidan va
faqat katta bo`lmagan qismi avtomobil transportidan etkazib beriladi.
Xom ashyo sochma holda (don, kepak, tuz, bur va boshqalar) va idishlarda (gusht
suyagi uni, baliq uni, achitki, pryemikslar, ozuqa fosfati va boshqalar) kelib tushadi.
SHunday qilib zamonaviy omixta yem zavodlarining me`yoriy harakatlanishida
temir yo`l transporti va avtomobil uchun yo`llar, temir va avtomobil yo`llaridan xom
ashyoni qabul qilish uchun mexanizatsiyalashgan kurilmalar va xom ashyoni sochma
hamda idishlashtirilgan ko`rinishida saqlash uchun omborlar bo`lishi kerak. Bu
omborlarda xom ashyoni ishlab chiqarishga uzatish uchun mexanizmlar bo`lishi
kerak. Idishlardagi xom ashyo oddiy omborlarda, sochiluvchan ko`rinishli xom ashyo
asosan silos tipidagi omborlarda va zaruriyat tugildangina oddiy omborlarda
saqlanadi. Sun`iy yo`llarda xom ashyoni idishsiz holda etkazib berishi ortib
borayapti, buning natijasida idish uchun, shuningdek ishlab chiqarish joyida xom
ashyoni idishlarga joylashtirish va iste`mol joyida idishsizlantirish uchun ketadigan
harajat kamayadi.
Xom ashyoni joylashtirish. Zavodda mavjud bo`lgan omborlarga xom ashyoni
to`g`ri joylashtirish uchun, ya`ni ishlab chiqarishga xom ashyoning barcha turlarini
uzatish imkonini yaratish, shuningdek uni saqlashni ta`minlash maqsadida xom
ashyoni joylashtirishning oylik operativ rejasi tuziladi. Bu rejani korxonaning
direktor urinbosari, omixta yem va tashuvchi-ombor tsexi boshliklari, ishlab chiqarish
texnik laboratoriya, hamda xom ashyo omborlari mudirlari bilan birgalikda tuzadi va
uni korxona direktori tasdiklaydi. Reja zaruriyat tugilganida, uzgartirilishi okibatida,
masalan, etkazib beriladigan xom ashyoning sifati va muddati uzgarganda aniqlik
kiritiladi. Xom ashyoni joylashtirish sxyemasi tugilganda mavjud omborlar sigimidan
ratsional foydalanish zaruriyati, xom ashyoning sifatini (masalan, ho`l proteinning
turlicha miqdoriga ega bo`lgan baliq uni partiyalari aloxida shtabellarga
joylashtiriladi). e`tiborga olgan holda joylashtirish, saqlash jarayonida xom ashyoni
minimal darajada tashish zaruriyati e`tiborga olinadi. Xom ashyoni joylashtirish
rejasini tuzishda ombor maydonining 10 foizi, omborchi ishlarini o`tkazish uchun
rezervlanadi, elevatorlarda esa har bir silos osti konveyeri uchun bitta silos zaxira
uchun saqlanadi.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |