Ko’p o’qisang o’rtoqjon
“ Besh ” bahong bo’lur bisyor
YORDAMCHI SO’ZLAR
Atash ma’nosiga ega bo’lmagan, ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydigan, gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan so’zlar YORDAMCHI SO’ZLAR hisoblanadi.
Yordamchi so’zlar mustaqil so’zlarni yoki gaplarni bir-biriga bog’lash, ularning ma’nolariga qo’shimcha ma’no yuklash vazifalarini bajaradi.
Yordamchi so’zlarga ko’makchi, bog’lovchi va yuklamalar kiradi.
Bog’lovchi deb nimaga aytiladi ?
Uyushuq bo’laklarni va qo’shma gap tarkibidagi soda gaplarni bir – biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so’zlar bog’lovchi sanladi .
Goh –
Bog’lovchidir o’zi goh
Yodingda tutgin o’rtoq
So’zni , gapni bog’laydi
Xizmati buyuk har chog
Sinf 3 ta guruhga ajratiladi
1 – guruh : “ammo ”
2 – guruh : “lekin ”
3 – guruh : “ va ” boglovchisi qatnashgan 2 tadan gap tuzishadi.
Ko’makchi deb nimaga aytiladi ?
Otlarning boshqa so’zlarga tobe bog’lanishi uchun xizmat qiladigan yordamchi so’zlarga ko’makchilar deyiladi .
Uchun –
Ko’makchi bo’lar uchun
Doim gapga ko’makchi
Sen ham bo’lgin doimo
O’rtog’ingga ko’makchi
1 – guruh “uchun ” 2 – guruh “tufayli ” , 3 – guruh “orqali ” ko’makchilari qatnashgan gap tuziladi .
Yuklama deb nimaga aytiladi .
Ayrim gap bo’lagi yoki butun gapning mazmuniga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladigan yordamchi so’zlar yuklama deyiladi .
1 – guruh - mi , hatto , 2 – guruh - chi, faqat , 3 – guruh - a , - da yuklamalari qatnashgan gap tuzishadi.
154-mashq. Matn tarkibidagi so’zlarni mustaqil va yordamchi so’zlarga ajratib jadvalga yozib chiqishadi.
(Namuna)
MUSTAQIL SO’ZLAR
|
YORDAMCHI SO’ZLAR
|
Farzand , aqlli , farosatli
|
Va, bilan
|
Dars jarayonida yangi mavzu bo’yicha doskada krossvord yechiladi. 1 bog’lovchi , 2 yuklama , 3 ko’makchi , 4 ko’makchi , 5 boglovchi 6 boglovchi kalit so’z bog’lovchi
156-mashq. Gaplarni ko’chirib yozib, yordamchi so’zlarni topib, tagiga chizishadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
- So’z turkumlari deb nimaga aytiladi?
- Mustaqil so’z turkumlariga umumiy ta’rif bering?
- Yordamchi so’zlarga misollar keltiring?
UYGA VAZIFA
158-mashq. Yangi mavzuda berilgan “So’z turkumlari” matnini o’qib, savollarga yozma javob yozib kelishadi.
Darsimizni “ So’z turkumlari ” she’rini davomi bilan yakunlaymiz
Bog’lovchi , ko’makchimiz
Yuklama ham bo’lamiz
His – hayajon bildirib
Undov bo’lib kelamiz
Barchamiz so’z turkumi
Do’st – inoqmiz har kuni
Bizlarsiz gap tuzilmas
So’z marjoni tuzilmas
Ahil bo’lsak hamisha
Do’stlik ipi uzilmas
Barchamiz so’z turkumi
Do’st – inoqmiz har kuni
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |