Омонат са+лаш шартномаси


Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr)



Download 360 Kb.
bet7/11
Sana29.03.2022
Hajmi360 Kb.
#516947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI. Omonat saqlash shartnomasi.........

Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr). Omonat saqlashning yana bir turi sekvestr to‘g‘risidagi shartnomadir. Bu turdagi shartnoma ko‘pgina davlatlar qonunchiligida ma’lum. Lekin O‘zbekiston Resmpublikasi Fuqarolik qonunchiligida yangi bo‘lib, asosan, sekvestr to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha ashyoga egalik qilish xususida oralarida nizo chiqqan ikki yoki bir necha shaxs nizoli uchinchi shaxsga beradilar. Uchinchi shaxs nizo hal bo‘lgach, ashyoni sud qarori bilan yoki nizolashayotgan hamma shaxslarning kelishuviga muvofiq kimga tegishli bo‘lsa, o‘sha shaxsga qaytarib berish majburiyatini oladi.

Nizoli ashyo sudning qaroriga ko‘ra, sekvestr tartibida saqlash uchun topshirilishi mumkin (sud sekvestri).
Bu sud tomonidan tayinlangan shaxs ham, shuningdek, bahslashayotgan taraflarning o‘zaro kelishuviga muvofiq belgilanadigan shaxs ham sud sekvestri bo‘yicha omonat saqlovchi bo‘lishi mumkin. Har ikkala holda ham, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat saqlovchining roziligi talab qilinadi (FKning 900-moddasi).
Sekvestr tartibida saqlashga ko‘char mulklar ham, shuningdek, ko‘chmas mulklar ham topshirilishi mumkin.



  1. Tovar omborida omonat saqlash.

Tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni saqlaydigan va saqlash bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatadigan tashkilot tovar ombori deyiladi.
Bizga ma’lumki, agar qonun hujjatlariga muvofiq tovar ombori tovarlarni saqlash uchun chegaralangan doiradagi shaxslardan qabul qilishi mumkin bo‘lgan omborlar jumlasiga kirtilgan bo‘lmasa, u umumiy foydalanishdagi ombor deb hisoblanadi.
Ombor omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha tovar ombori (saqlovchi) tovar egasi (yuk topshiruvchi) tomonidan o‘ziga topshirilgan tovarlarni haq evaziga saqlash va ularni to‘liq holicha qaytarib berish majburiyatini oladi.
Omborda omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Agar omborda saqlash shartnomasi tuzish va tovarni omborga qabul qilib olish ombor hujjati bilan tasdiqlangan bo‘lsa, omborda omonat saqlash shartnomasining yozma shakliga roiya qilingan hisoblanadi. Shartnoma yozma ravishda ikki tomonlama, haq baravariga yoki tekin tuzilishi mumkin.
Agar qonun hujjatlaridan yoki omborda omonat saqlash shartnomasidan tovar ombori o‘ziga saqlash uchun topshirilgan tovarlarni tasarruf etish mumkinligi kelib chiqsa, u holda taraflarning munosabatlariga FKning 41-bobi qarz va kredit haqidagi qoidalari qo‘llaniladi.
Tovar omborida omonat saqlash shartnomasining ishtirokchilari tadbirkorlar ham bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda omonat saqlovchi bo‘lib, tovar omborlari deb tan olingan korxonalar, bundan tashqari, tegishli vakolat organlarning maxsus litsenziyalari asosida xususiy tovar omborlariga ega fuqarolar bo‘lishi mumkin. Hozirgi bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan bir davrda, ayniqsa, savdo tofarlarini xususiy omborlarda saqlash amaliyotida ko‘p uchraydi. Bu tovar omborlari qonun hujjatlariga va tovar saqlash to‘g‘risidagi qoidalarga zid bo‘lmaan hammaning omonatini qabul qilishga majburdir. Ushbu shartnoma ham ommaviy shartnoma hisoblanadi.
Lekin maxsus mo‘ljallangan tovar omborlarida undan foydalanuvilar doirasi cheklanishi, bundan tashqari, tovar omborlari maxsus idoralarga tegishli ham bo‘lishi mumkin.
Tovar ombori zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
tovar ombori standarslar, texnikaviy shartlar, texnologiya yo‘riqnomalari, ayrim turdagi tovarlarni saqlash qoidalarida, ombor uchun majburiy bo‘lgan boshqa maxsus normativ hujjatlarda belgilab qo‘yilgan saqlash shartlariga rioya qilishi lozim;
agar omborda omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovar ombori tovarlarni saqlash uchun qabul qilib olayotganida ularni o‘zi hisobidan ko‘zdan kechirishi kerak;
agar omonat saqlash egasizlantirish yo‘li bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, tovar ombori tovar egasiz tofarlarni yoki ularning namunalarini ko‘zdan kechirish, namuna olish hamda tovarlarning to‘liq saqlanishini ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rish imkoniyatlarini berishi shart.
Ushbu hol amaliyotda juda ko‘p uchraydi. Masalan, xo‘jaliklar o‘zlari etishtirgan texnika ekinlari hosilini, don, g‘alla va boshqalarni egasizlantirib saqlaydilar. Ular kelajakda huddi o‘zi topshirish namunadagi, sortdagi, shu turdagi narsani talab qilib olish sharti bilan topshiradilar.
Ushbu saqlashga qabul qilingan ashyolarni omonat saqlovchi, huddi o‘zining ashyosiday saqlash va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rish majburiyatini oladi.
Tovarlarning to‘liq saqlanishini ta’minlash uchun saqlash sharoitlarini tezlik bilan o‘zgartirish talab qilinadigan hollarda tovar ombori zarur shoshilinch choralarini mustaqil ko‘rishga haqli. U ko‘rilgan choralar to‘g‘risida tovar egasiga xabar berishi shart.
Taraflarning yana muhim huquqlaridan biri tovar omborida saqlanib bo‘lgan narsani qaytarib olish vaqtida yuk topshiruvchi ushbu tovar miqdori tekshirilishini talab qilish huquqlariga ham egadir. Agar tekshirishda saqlangan tovarda saqlash qoidalaridagidan ham kam kelganligi aniqlansa, bunday holda u kam kelganlik sabablarini tushuntirib, keltirilgan zararni undirish huquqiga ega bo‘ladi.
Agarda yuk topshiruvchi o‘zi topshirgan yuk xavfli ekanligini yashirganligi keyinchalik ma’lum bo‘lib qolsa, bu katta zarar etkazish mumkin bo‘lgan hollarda tovar ombori shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.
Taraflar o‘rtasida tovar omborida yuklar saqlanganda quyidagi hujjatlarni berish bilan rasmiylashtiriladi:
ikki qismli ombor guvohnomasi;
oddiy ombor guvohnomasi;
ombor pattasi.
Ikki qismili ombor guvohnomasi, uning har bir qismi va oddiy ombor guvohnomasi qimmatli qog‘ozlar bo‘ladi. Ikki qismli va oddiy ombor guvohnomasi garov predmeti bo‘lishi mumkin.
Ikki qismli ombor guvohnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
-tovar saqlash uchun qabul qilgan tovar omborining nomi va joylashgan manzili;
-ombor guvohnomasining ombor reestri bo‘yicha joriy nomeri;
-tovar saqlash uchun qabul qilib olgan tashkilot nomi yoki fuqaroning ismi, sharifi, shuningdek, tovar egasining joylashgan eri (yashash joyi);
-saqlash uchun qabul qilingan tovarning nomi va miqdori-birliklar soni va (yoki) tovar donalarining soni va (yoki) tovarning o‘lchovi (og‘irligi) hajmi;
-agar muddat belgilangan bo‘lmasa, tovar qancha muddatga saqlash uchun qabul qilinganligi yoki tovar talab qilib olinguncha saqlash uchun qabul qilinganligi, omonat saqlanganlik uchun to‘lanadigan haq miqdori yoki bu haqni hisoblab chiqarishga asos bo‘ladigan tariflar va saqlash haqini to‘lash tartibi;
-omonat guvohnomasi berilgan sana.
Ikki qismli omonat guvohnomasining ikkila qismida vakil shaxsning bir xil imzosi va tovar omborxonasinin muhri bo‘lishi shart.
Agarda hujjat FKning 909-moddasi talablariga mos kelmaydigan bo‘lsa, u ikki qismli ombor guvohnomasi bo‘la olmaydi. Ombor va garov guvohnomalarini saqlovchi omborda saqlanayotgan tovarni to‘la tasarruf etish huquqiga ega.
Garov guvohnomasidan ajratilgan ombor guvohnomasini saqlovchi tovarni tasarruf etishga haqli, lekin garov guvohnomasi bo‘yicha berilgan kreditni to‘lamaguncha tovarni ombordan olishi mumkin emas.
Garov guvohnomasini saqlovchi ushbu guvohnoma bo‘yicha berilgan kredit va uning foizlari miqdorida tovar bo‘yicha garov huquqiga ega bo‘ladi.
Tovar garovga qo‘yilgani bu haqda ombor guvohnomasiga belgi qo‘yiladi.
Agarda qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ombor guvohnomasi va garov guvohnomasi birgalikda yoki alohida-alohida topshirish yozuvlari bo‘yicha topshirilishi mumkin.
Oddiy ombor guvohnomasi taqdim etuvchiga beriladi. Bundan tashqari, oddiy ombor guvohnomasida FKning 969-moddasida nazarda tutilgan ma’lumotlar bo‘lishi, shuningdek, u taqdim etuvchiga berilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Tovarni ikki qismli omborxona guvohnomasi bo‘yicha berish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda tovar ombori tovarni ombor va garov guvohnomalarini (ikki qismli ombor guvohnomasini) saqlovchiga berib, undan ushbu ikkala guvohnomani oladi.
Ombor guvohnomasini saqlovchi garov guvohnomasiga ega bo‘lmasa, biroq uning yuzasidan qarz summasini to‘lagan bo‘lsa, tovarni faqat ombor guvohnomasiga ayirboshlash yo‘li bilan va u birlan birgalikda garov guvohnomasi bo‘yicha butun qarz summasi to‘langanligi haqidagi patta taqdim etilgandagina beradi.
Ombor va garov guvohnomalarining saqlovchisi tovarni qismlarga bo‘lib berishni talab qilishga haqli. Bunda dastlabki guvohnomalar o‘rniga unga omborda qolgan tovar uchun yangi guvohnomalar beriladi.


  1. Download 360 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish