OMON MUXTOR HIKOYALARIDA AN`ANAVIYLIK
An`ana (arabcha, nasldan naslga o`tuvchi qoida) – hayotda qaror topgan (topayotgan) udum, urf-odat va boshqa amallar1. An`analar milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va shu kabi turlarga bo`linadi2. Biz o`rganadigan adabiy an`ana maishiy an`ana turiga kiradi.
Adabiy an`ana yoki badiiy adabiyotda an`anaviylik deganda, adabiy-badiiy asarlarda qo`llaniladigan davrdan davrga, avloddan avlodga o`tib kelayotgan adabiy tajribalar: estetik qarashlar, tasviriy vositalar, tildagi obrazlilik va emotsionallik tushuniladi. Masalan, xalqlar do`stligi, zulm va razolatga nafrat kabilar.
Adabiyotshunos olim Dilmurod Quronov bu masalaga to’xtalar ekan, uni “O`tmish adabiyoti to`plagan ijodiy tajribalar, davrlar o`tishi bilan ahamiyati va dolzarbligini yo`qotmagan, boqiy qadriyatga aylanib, avloddan avlodga o`tib kelayotgan qismi3”, - deya izohlaydi.
Akademik olim Izzat Sulton esa an`anaviylikni “Har bir milliy adabiyotda asrlar mobaynida yig`ilib kelgan estetik tajriba – hayotning qanday tomonlarini tasvir etish hamda qanday usullar va vositalar bilan tasvir etish sohasidagi ijobiy yutuqlar4 ”, - deb ta`riflaydi.
Ya`ni adabiy an’ana deganda, ijodkorlar tomonidan qo`llaniladigan asriy, umuminsoniy, milliy va madaniy g`oyalar, tajribalar hamda usullar majmui tushuniladi.
Biz buni Omon Muxtor ijodida ham kuzatishimiz mumkin. Jumladan, uning “Shaharlik kelinchak” hikoyasida ayol kishining har nega ko`nuvchan va o`rganuvchan bo`lishi hamda mana shu o`rganganlarini o`z hayoti mazmuni sifatida bilib, shu hayot tarzini tark eta olmasligi tasvirlangan. Asardagi o`n sakkiz yoshli shaharlik qiz Nuriya obrazi orqali o`zbek ayollarigagina xos bo`lgan jihatlarni ko`rishimiz mumkin. Masalan, Nuriya turmush qurganidan keyin ko`ngliga baribir bir kuni shaharga qaytib ketish istagini tugib qo`ygan bo`lsa ham, o`z qaynona-qaynotasi va turmush o`rtog`ini hurmat qiladi, yuragidagi mavjud niyat bunga to`sqinlik qilmaydi. Bu jihat o`zbek ayolining odobi va andishasining yorqin dalili sifatida namoyon bo`la oladi. Shuningdek, suyagi og`ir mehnatda qotgan qishloq qizlariga o`xshamagan Nuriya uy-ro`zg`or, dala yumushlarini o`rganib, keyinchalik mazkur ishlarni ana shu qizlardan kam bo`lmagan holda bajara boshlaydi. Mazkur holat yuqorida aytilganidek, ayolning kirishuvchanligi va o`rganuvchanligining isboti bo`la oladi.
“Nuriya eri Qodirjondan ham, uning otasi Muslim bobo, onasi Oqila bibidan ham – oila baxti hammaga birdek nasib etmagan og`ir davrda, ilk kunlarda mehr, faqat mehribonlik ko`rdi va bunday baxtni qadrlash kerakligini his etdi5”. Ya`ni bu tasvir orqali yozuvchi, avvalo, oila muqaddas dargoh ekanligi, mehr esa uni ushlab turuvchi muhim omillardan biriligini uqtirgan. Shuningdek, yaxshilikka yaxshilik bilan javob berish kerakligini nazarda tutgan. Bular g`oyalar an`anasining yorqin dalili ekanligini ko`ramiz.
Bundan tashqari, qaynonasi Oqila bibi va qaynotasi Muslim bobo ham o`z kelinini qiz sifatida qabul qilib, unga uy ishlarida yordamlashib yuradilar. Bu bilan yozuvchi inson qadrli ekani va mehnatkash insonning, garchi u katta yoshli bo`lsa ham, tinib-tinchimasligini ifodalab bergan. Yuqorida keltirilgan misollar hikoyaning milliy an`analar sifatida badiiy qimmatini ifodalashining yorqin dalilidir.
Shuningdek, an`anaviy detallardan ham foydalanilgan o`rinlarni uchratishimiz mumkin. Jumladan, to`y tasvirida Nuriyaning boshiga tashlangan katta ro`mol, chimildiq, qizigan childirma, arava, yonayotgan olov, chustdo`ppi kabilar buning yorqin dalilidir.
Uning boshqa bir “Muhabbat” hikoyasida ham an`anaviylik unsurlarini uchratamiz. Hikoya ikki yosh o`rtasida paydo bo`lgan hamda ishonch, hurmat kabi tuyg`ularga amal qilmaslik tufayli parchalangan sevgi va inson shaxsining naqadar qadrli ekanligini haqidadir.
Asar bosh qahramonlari Sobir va Karimaning tanishuv manzarasi va hikoya davomida ijodkor an`anaviy savol-javob usulidan foydalangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |