Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 11.02.2021 y. kuchga kiritilgan.
(11.02.2021 yil №125/21/UZ sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
«Kun» va «Kun+», «Hafta» va «Hafta+» internet - paketlari
Paketlarning nomi
Kun
Kun+
Hafta
Hafta+
Bepul trafik, Mb
30
150
100
400
Tas-ix, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun mo’ljallangan trafik*
30
150
-
-
Ulanish narxi, so’m:
1 900
4 900
6 900
11 900
Ulanish kodi
*110*0*16#
*110*0*17#
*110*0*18#
*110*0*10#
*110*0*19#
O’chirish kodi
*110*0*31#
Ulanish uchun hisobdagi minimal miqdor, so’m:
2 000
5 000
7 000
12 000
Mb qoldig’ini tekshirish kodi
*103#
Tas-ix, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun Mb qoldig’ini tekshirish kodi
*101#
* Facebook, Odnoklassniki, Tas-ix va Telegram, Viber, Whatsapp uchun MB.
Izoh:
- «Kun» paketi bo'yicha taqdim etilgan trafik joriy kunning oxirigacha amal qiladi. Paket ulangandan so’ng har kuni (abonent «Kun» paketini o'chirish kodini termagungacha) abonentga trafik taqdim etiladi va abonent
to'lovi yechiladi;
- «Kun» paketi bo'yicha taqdim etiladigan trafik avvalgi trafik bilan jamlanmaydi va paket bo'yicha yangi trafik taqdim etilganda avvalgi trafik bekor bo’ladi;
- «Kun» internet-paketi bo'yicha abonent to'lovining yechilishi va internet-trafikning taqdim etilishi har kuni 00.00 dan 06.00 gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi;
- Raqamning faol bo'lmagan holatida yoki blok holatida oxirgi xarid qilingan «Kun» paketining muddati o'zgarmaydi, paket uchun abonent to'lovi yechilmaydi, megabaytlar taqdim etilmaydi;
- Abonent raqamni blok holatidan chiqarganda «Kun» paketi uchun to'lov yechib olinadi va trafik taqdim etiladi.
- «Kun» internet-paketi o’chirilganda, undagi trafik qoldig'i bekor bo’lmaydi va trafik taqdim etilganda belgilangan muddatgacha amal qiladi. Agar abonent balansida oylik Internet-paketlari, shuningdek, «Kun+», «Hafta»,
«Hafta+» internet-paketlari bo’yicha internet trafik borligida «Kun» internet-paketi o'chirilsa unda «Kun» paketidan ishlatilmay qolgan trafik ushbu paketlarning qoldig’i bilan jamlanadi. Qaysi paketda amal qilish muddati
ko’proq bo’lsa o’sha muddat qoladi;
- «Kun» paketiga ulangan holda qaytadan «Kun» paketini ulash imkoniyati mavjud emas;
- «Kun» paketi ulangan vaqtda oylik Internet-paketlari, shuningdek, «Kun+», «Hafta», «Hafta+» internet-paketlarini ulash imkoniyati mavjud. «Kun» internet paketining trafiki boshqa paketlarning trafiki (shu jumladan
«Oy+») bilan jamlanmaydi va trafikning amal qilish muddati uzaytirilmaydi, teskari variantda ham amalga oshmaydi. Mblar sarflanishi birinchi navbatda «Kun» paketidan, keyin esa boshqa paketlardan bo’ladi;
- «Kun+» paketining amal qilish muddati, ulangan kundan boshlab 1 kun ni tashkil etadi. Paket faollashtirilgan kundan boshlab 1 kun o’tmasdan yangisini faollashtirish amalga oshirilmasa, ishlatilmasdan qolgan trafik
bekor bo’ladi;
- «Hafta» va «Hafta+» paketining amal qilish muddat, ulangan kundan boshlab 7 kun ni tashkil etadi. Paket faollashtirilgan kundan boshlab 7 kun o’tmasdan yangisini faollashtirish amalga oshirilmasa, ishlatilmagan trafik
bekor bo’ladi;
- agar paketlardan foydalanilmagan trafik mavjud bo'lsa va «Kun+», «Hafta», «Hafta+» internet-paketlari ulangan bo'lsa, ulangan Mbning amal qilish muddati oxirgi yoqilgan paket shartlariga muvofiq 1 kun yoki 7 kun
belgilanadi;
- taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati nihoyasiga yetganda, internet trafikning sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq baholanadi;
- sarflanmagan trafikni tekshirishda ma’lumot kilobaytlarda aks etadi. Tarif rejani yoki raqamni o’zgartirganda ham internet paket saqlanib qoladi;
- TAS-IX uchun megabaytlar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar ma'lum bir IP-manzillar paketi doirasida sarflanadi (ushbu xizmatlarning ilovalarini o'z ichiga oladi). Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar egalari tomonidan
IP manzillar o'zgartirilganda, shuningdek TAS-IX, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga kiritilmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paket yoki balansdan amalga oshiriladi. Proksi-
serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda megabaytlardan sarflanmaydi.
- Paketlar «Shifokor», «Bolajon» va «ProInternet» tarif rejalari turkumida amal qilmaydi.
- Barcha paketlar faqat O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |