Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 11.02.2021 y. kuchga kiritilgan.
(11.02.2021 yil №125/21/UZ sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Daqiqa va MB lar bitta paketda!
«Extra» turkumidagi paketlar
Paketlarning nomi
«Extra 200»
«Extra 400»
Kiritilgan daqiqalar
200
400
600
Kiritilgan MB lar
200
400
600
Ulanish miqdori, so’m
10 000
18 000
25 000
Ulanish uchun hisobdagi minimal miqdor, so’m
10 250
18 250
25 250
Ulanish kodi
*110*500#
*110*501#
*110*502#
Amal qilish muddati
30 kun
Foydalanilmagan Mb larni tekshirish kodi
*103#
Foydalanilmagan daqiqalarni tekshirish kodi
*108#
Izoh:
- «Extra» turkumidagi paketlar, oldindan to'lov prepaid tizimidagi abonentlar uchun mo'ljallangan «Status NEW», «Status» va «Status+», «XIT/ XIT+» va «YANGI XIT», shuningdek, «Status Silver OLD», «Bir Oy»,
«Erkin muloqot» va «Bravo MIX» tarif rejalarda mavjud.
- «Extra» turkumidagi paketlardan foydalanganda, avval tarif reja bo'yicha berilgan daqiqalar va boshqa xizmatlar bo'yicha berilgan daqiqalar sarflanadi keyin esa «Extra» turkumidagi paketlar sarflanadi. Tarif
reja bo'yicha Mb paketi tugandan so'ng, «Extra» turkumidagi Mb sarflanadi.
- «Extra» turkumidagi paketlari bo'yicha berilgan daqiqalar va Mblarning foydalanishida abonent raqami aktiv holatida faqat amal qiladi.
- Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik balansi, paketlar va tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo'shimcha xizmatlar uchun ma'lumot berish ertalab soat 06:00 dan tungi 00:00
gacha qabul qilinadi.
- Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo'yadi, ya'ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va
balans tekshirilganda tizim hisobni to‘lash zarurligi haqida xabar beradi.
- Agar abonentda internet-paket mavjud bo’lsa va sessiya uchun internet-paketda (2 Mbdan kam) yetarli Mb bo’lmasa, bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (unda pulli
mablag’ mavjud bo’lgan holda)
- Hisobingizdan rezervlangan pul miqdori foydalangan internet trafikga bog’liq. Internet sessiya tugashi bilan harajat hisoblanadi va abonent hisobidan yechiladi, qolgan pul mablag’lari boshqa
xizmatlarga foydalanish imkoniyati ochiladi.
- «Extra» turkumidagi paketlarning amal qilish muddati ulangan vaqtidan boshlab 30 kun.
- «Extra» turkumidagi paketlar ulangan kundan boshlab 30 kun o'tgach, yangi paket ulanmasa, muddati bo’yicha ishlatilmagan trafik kuyadi.
- «Extra» paketlari qayta ulanish vaqtida, oldingi paketning amal qilish muddati oxirgi sotib olingan paketning amal qilish muddatiga muvofiq belgilanadi va sarflanmagan daqiqalar va Mb hajmi qo’shiladi.
- Taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati nihoyasiga yetganda, keyingi sarflanish tarif rejaning shartlariga muvofiq sarflanadi.
- Internet xizmatlari sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
- «Extra» turkumidagi paketlar faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi.
- Oylik Internet-paketini foydalanganda, «Extra» turkumidagi paketlarni ulash imkoniyati ham mavjud, shu sababli ikkita paketning Internet-trafiki qo'shiladi va oldingi paketning amal qilish muddati
oxirgi ulangan paketining amal qilish muddatiga ko'ra uzaytiriladi.
- Agarda O'zbekiston yo'nalishiga mo'ljalanngan boshqa paketlar mavjud bo'lsa, «Extra» turkumidagi paketlarni ham ulanish imkoniyati mavjud bo'lib, ushbu holatda ikkita paket qo'shilmaydi va paket
muddati o'zgarmaydi.
- Kontent xizmatlariga va axborot xizmatlariga bo'lgan qo'ng'iroqlar, «Extra» turkumidagi daqiqa paketidan sarflanmaydi.
- Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini ularning qurilmalaridan beruxsat foydalanishidan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli
xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 40 daqiqa etib belgilaydi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |