Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 15.10.2021 y. kuchga kiritilgan.
(15.10.2021 yil №871/21/UZ sonli buyruqqa asosan)
Narxlar
QQ
S bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
*
MBlar faqat IMO ilovasi orqali audio va video qo'ng'iroqlarga sarflanadi. MB qoldig’ini tekshirish kodi: *103#.
**
Beeline TV va Beeline Music uchun 30 kunlik promo-muddat belgilangan tariflariga kiritilgan. Bitta abonent raqamiga har bir xizmat uchun bir marta promo-muddat taqdim etiladi.
Beeline TV va Beeline Music xizmatlarida promo-muddatni faollashtirish uchun ilovani Android uchun Google Play, IOS uchun App Store yoki www.beeline.uz sayti orqali yuklab olib, ilova o’rnatilgandan so’ng ro'yxatdan o'tish
kerak.
Beeline TV promo-kodini olish uchun *20# USSD kodi teriladi, qabul qilingan kod ilovadagi «Promo-kod» bo'limida faollashtiriladi. Ilovadan ro'yxatdan o'tgandan keyin Beeline Music xizmatidagi promo-muddat taqdim etiladi.
Beeline TV uchun promo-muddat faqat TV kanallarga taqdim etiladi. Promo-muddat tugagandan so'ng (faollashtirilgandan so'ng 30 kun o'tgach), pullik obuna faollashtiriladi: Beeline Music xizmatining kunlik obunasi 499 so'm,
Beeline TV xizmatidagi TV kanallar uchun kunlik obunasi 499 so'm. Tarif rejani boshqa tarifga o'zgartirilganda promo-muddat va uning amal qilish muddati saqlanib qoladi.
Abonent xohlagan vaqtda promo-muddatni mustaqil ravishda o'chirishi mumkin:
-
Beeline TV uchun ilovadagi «Obunalar» bo'limida tegishli obunaga o'tib, «O'chirish» tugmasi bosiladi;
-
Beeline Music uchun 2 sonini 15100 raqamiga SMS-xabari yuboriladi.
«XIT+» turkumidagi tarif rejalarga yangi ulanish yoki o’tish yopilgan. Agar tarif rejasiga kiritilgan trafik qoldig'i mavjud bo'lsa va boshqa tarifga o'tilsa, foydalanilmagan trafik kuyadi.
«XIT+», «SUPER XIT+», «MEGA XIT+», «TOP XIT+» tarif rejalarida «Perezagruzka» xizmati mavjud. «Perezagruzka» xizmatining narxi - 2 000 so'm. Ushbu xizmatni faollashtirilishda abonentga navbatdagi abonent to'lovining
muddatidan oldin yechilishi va kiritilgan trafik paketini taqdim etish imkonini beradi. Xizmatni faollashtirish kodi - *5#. «Perezagruzka» xizmati faollashtirilgandan so'ng tarif bo'yicha kiritilgan daqiqalar, SMS va Mb paketidan
trafik qoldig'i mavjud bo'lganda barcha trafik qoldig'i bekor qilinadi. Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to'lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to'lovining oxirgi yechilgan sanasidan boshlab
1 oy muddatga belgilanadi.
Oylik abonent to'lovining yechilishi sanalari 1 oy oralig'ida (oyning 1-chi sanaga bog’lanmagan holda) amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to'lovi yechilishi va tegishli bonuslar yechilishi ertalab soat 00:00 dan 06:00 gacha
bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi.
Tarifga kiritilgan trafik qoldig'i keyingi trafik bilan jamlanmaydi va taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o'tganidan keyin bekor bo’ladi.
Kiritilgan daqiqalar, SMS va MBlar paketi tugagandan so'ng, hisobdan yechilish miqdori belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi. MB qoldig'ini tekshirish kodlari - *103#, daqiqa - *106#, SMS - *105#.
Agar abonent hisobida ijobiy mablag’ bo'lib, lekin oylik abonent to'lov yechilishi uchun yetarli mablag' bo'lmasa, u holda abonent to'lovi minusga bir marta yechiladi va tarif bo'yicha kiritilgan daqiqalar va MBlarning to'liq hajmi
taqdim etiladi. Salbiy hisob mavjud bo'lganda abonent to'lovi yechilmaydi va trafik taqdim etilmaydi. Tarif bo'yicha abonent to'lovi yechilishi va daqiqalar, SMS va MB taqdim etilishi ertalab soat 00:00 dan 06:00 gacha bo'lgan
vaqtda amalga oshiriladi.
Tarif bo'yicha kiritilgan SMS va Mb paketi faqat abonent raqami faol holatida amal qiladi.
TAS-IX hududi, ijtimoiy tarmoqlar, IMO va messenjerlar uchun mo’ljallangan megabaytlar ma'lum bir IP-manzillar to'plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o'z ichiga oladi) doirasida sarflanadi. Yuqorida sanab o’tilgan ro'yxat
bo’yicha resurs egalari tomonidan IP-manzillar o'zgartirilganda, shuningdek TAS-IX hududi, ijtimoiy tarmoqlar, IMO va messenjerlarga kirmaydigan trafik (ushbu turkumga kiruvchi ilovalardan foydalanishda paydo bo'ladigan
smartfon operatsion tizimi trafigi, shuningdek, ushbu xizmatlarga tegishli bo'lmagan uchinchi tomon xizmatlarni o'z ichiga oladi) sarflanishi tarif rejangizga muvofiq asosiy internet-paketi yoki balansdan amalga oshiriladi. Proksi-
serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda ijtimoiy tarmoqlar, IMO va messenjerlar uchun megabaytlardan sarflanmaydi. Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan
foydalanganda megabaytlardan sarflanmaydi.
Mazkur narxnomaning 3-sonli bo’lim ro’yxatida ko’rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan veb-resurslardan foydalanish O’zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi.
«XIT+» turkumidagi tarif rejalarida bo’lgan abonentlar tarmoq ichidagi raqamlardan va boshqa mobil operatorlardan, hattoki nol va salbiy balansda ham kiruvchi qo'ng'iroqlar va SMSlarni qabul qilish imkoniyatiga ega.
Raqamni ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun kunlik abonent to'lovi 421 so'm yechiladi. Blok holatidan yechilgandan so’ng, tarif rejaning oylik abonent to'lovi yechilib va tarif bo’yicha trafiklar taqdim etiladi.
Shu bilan birga, keyingi abonent to'lovi hisobdan yechilish sanasi blok holatidan yechilgan kunidan boshlab 1 oy muddatiga suriladi.
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l so-
zlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi;
Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 40 daqiqani tashkil etadi.
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476), Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036,
87037, 87038, 88216 ), Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817), Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat
GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069).
Do'stlaringiz bilan baham: