3
.5.
To‘xtatilgan lot bo‘yicha auksion ishtirokchisi davom ettiriladigan auksion ishtirokchisi sifatida
uning shaxsiy kabineti, elektron pochta manzili va/yoki mobil telefon raqami orqali xabardor qilinadi.
Ishtirokchi xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
3
.6.
Texnik uzilishni bartaraf etish davrida ishtirokchi tomonidan tasdiqlagan o‘z takliflarini
qaytarib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3
.7.
Texnik uzilish holati qayd etilgan auksion obyekti bo‘yicha davom ettiriladigan auksion
boshlangandan so‘ng o‘n daqiqa ichida hech qaysi ishtirokchi sotib olish taklifini tasdiqlamasa, texnik
uzilish qayd etilishidan oldin oxirgi eng yuqori taklifni tasdiqlagan auksion ishtirokchisi g‘olib deb
topiladi.
3
.8.
Ishtirokchining kompyuter va (yoki) telekommunikatsiya jihozlarida texnik uzilish bo‘lganda,
bu holat savdo platformasida texnik uzilish deb hisoblanmaydi va auksion davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |