Ommaviy oferta shartnomasi



Download 365,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana15.11.2022
Hajmi365,37 Kb.
#866078
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
agrobank oferta uz

8.
 
MADAD MIKROQARZI AJRATISH BUYICHA OMMAVIY OFERTA 
SHARTNOMASI 


Bir tomondan “Agrobank” Aksiyadorlik Tijorat Banki (bundan buyon matnda Bank 
deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2017 yil 21 
oktyabrda berilgan 78-sonli litsenziyaga asosan faoliyat yurituvchi va ikkinchi 
tomondan O‘zbekiston 
Respublikasining rezidentlariga (bundan buyon matnda Qarz 
oluvchi deb yuritiladi) ushbu ommaviy oferta shartnomani (bundan buyon matnda 
shartnoma deb yuritiladi) quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
8.1. SHARTNOMA PREDMETI 
8.1.1. Bank Qarz oluvchiga Agrobankning rasmiy veb sahifasi (www.agrobank.uz va 
www.my.agrobank.uz) va bankning mobil ilovasi orqali amalga oshirilishi mumkin 
bo‘lgan va amaldagi qonunchilik bilan cheklanmagan to‘lovlar uchun “Madad 
mikroqarzi” (keyingi o‘rinlarda kredit deb yuritiladi) bera
di. Qarz oluvchi esa, Bankka 
olingan kredit summasi va unga hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan 
muddat va shartlarda to‘liq qaytaradi.
8.1.2. Kredit limiti bankning rasmiy veb sahifasi va mobil ilovasidagi o‘rnatilgan 
maxsus dastur orqali avtomat tarzda (mijoz bank kartasi va omonat hisob raqamiga 
xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelgan mablag‘lar hisobidan qarz yuki doirasida 
maxsus skoring dasturi orqali) belgilanib, uchinchi shaxslar kafilligi yoki kredit 
qaytmasligi xatari sug‘urta qilish asosida 20 000 000 (yigirma million) so‘mgacha 
miqdorni tashkil qiladi. 
8.1.3. Kredit muddati: Kredit 1 (bir) yil muddatga xar 6 (olti) oyning so‘ngi 4 (to‘rt) 
oyida (3,4,5,6 va 9,10,11,12 oylarda) teng ulushlarda to‘liq so‘ndirish va dastlabki 6 
(olti) oyda qayta ajratish sharti bilan (revolver shaklida) ajratiladi. 
Bunda, ikkinchi 6 oylikda qaytarilishi lozim bo‘lgan grafik summasiga mutanosib 
ravishda mablag‘ ajratiladi va so‘ndirilgan mablag‘lar qayta tiklanmaydi.
8.1.4. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz miqdori: yillik _________ 
(_________________) foiz. 
8.1.5. Berilgan «Madad mikroqarzi»ga hisoblangan foizlar va shartnomadagi grafik 
bo‘yicha asosiy qismi kredit ajratilgan sanadan qatʼiy nazar to‘lanishi lozim bo‘lgan 
oyning 5 sanasidan kechikmagan holda h
ar oyda to‘lanadi.
8.2. SHARTNOMANI AKSEPTLASH 
8.2.1. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367
-
moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. 
8.2.2. Mijoz tizimga kirib tizimning yoki uning ayrim xizmatlaridan (agrobank.uz, 
www.my.agrobank.uz va bankning mobil ilovasi orqali) foydalanishni maʼqullaganda 
Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370
-moddasiga asosan 


aktseptlangan hisoblanadi hamda mijoz qarz oluvchi va to‘lovlarni amalga o
shiruvchi 
sifatida qatnashadi. 
8.3. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 
8.3.1. Qarz oluvchi quyidagi huquqlarga ega: 

bankning “Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali jo‘natilgan mablag‘larni qabul qiluvchi 
jismoniy shaxslarga “Madad mikroqarzi” ajratish Tartibi” talablari bilan tanishib 
chiqish; 

o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risida, shu jumladan kredit berish bilan bog‘liq 
barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda to‘liq axborot olish;
- kredit shartnoma shartlarining shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda 
bajarilishini talab qilish; 

olingan kredit summasini qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan 
foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirish, bunday holda faqat kreditidan 
haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlarni to‘lash;

kredit shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida kreditidan 
foydalanmagan taqdirda, shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish. 
Bankdan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
bajarmaganligi natijasida yetkazil
gan zararlarning o‘rnini qoplashni talab qilish.
8.3.2. Qarz oluvchi va kafil quyidagi majburiyatlarga ega: 
- krediti olish va foydalanish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi
-kreditidan amaldagi qonunchilikka muvofiq foydalanishi; 
- olingan 
kreditni qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni 
to‘lashni shartnomada belgilangan tartibda hamda muddatlarda amalga oshirishi;
-
kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik to‘g‘risida yozma yoki elektron SMS 
tarzda xabar olingan kundan boshlab 3 (uch) bank ish kunida qarzdorlikni Bankka 
to‘liq to‘lab berishi;

kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamagan yoki to‘liq to‘lamagan taqdirda bank 
tomonidan ushbu to‘lovlarni to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri qarz oluvchi va unga kafillik bergan 
shaxsning oylik ish haqisidan, bank kartasidan, omonatdagi yoki depozitdagi har 
qanday mablag‘lar hisobidan hamda boshqa banklardagi hisob raqamlaridan 
akseptsiz undirib olinishiga qarshilik ko‘rsatmaydi.
Qarz oluvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega b
o‘lishi va 
uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.


8.3.3. Bank quyidagi huquqlarga ega: 
- kredit berishni rad etish; 
-
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish va monitoring o‘tkazish uchun zarur 
bo‘lgan hujjatlarni qarz oluvchidan so‘rab olish;
-
kredit bo‘yicha to‘lov 30 (o‘ttiz) ish kunidan ortiq amalga oshirilmaganda kredit va 
unga hisoblangan foizlarni sud tartibida, shu jumladan muddatidan oldin undirish. 
8.3.4. Bank quyidagi majburiyatlarga ega: 
- qarz oluvchining hu
quq va majburiyatlari to‘g‘risida, shu jumladan kredit berish 
bilan bog‘liq barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda to‘liq axborotni maʼlum 
qilishi; 
-kreditni mazkur shartnomada belgilangan tartibda va muddatda berishi; 
-kredit berish qoidalarini hamma ta
nishib chiqishi uchun qulay bo‘lgan joyga 
joylashtirishi; 
-
shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada 
bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qarz oluvchiga qoplashi 
shart. 
Bank qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning 
zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
8.4. KREDITLASH TARTIBI 
8.4.1. Bank kreditni hisobga olish uchun qarz oluvchiga tegishli hisobvaraqlarni 
ochadi. 
8.4.2. Shartnoma akseptlangandan keyin Bank kredit summasini qarz oluvchining 
buyurtmasida ko‘rsatilgan to‘lov shaklida ajratib beradi.
8.4.3. Ajratilgan kreditni muddati kelgandan so‘ng qarz oluvchining bank karta va 
masofadan boshqariladigan maxsus hisob raqamlariga kelib tushayotgan barcha 
mablag‘lar (bunda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali chet el valyutasida kelgan 
mablag‘larni shu kundagi bank kursi bo‘yicha milliy valyutaga aylantirgan holda) 
dasturiy tizim orqali avtomat tarzda quyidagi ketma ketlikda: kredit bo‘yicha 
hisoblangan hisoblangan penyani, foizlarni va kreditning asosiy qarzini undirish 
uchun yo‘naltiriladi.
8.4.4. Bank kreditni qaytarish muddati kelgandan so‘ng, qarzdorlik mavjud bo‘lsa 
qarz oluvchining bank kartasi va masofadan boshqariladigan maxsus hisob raqamlari 
(shu jumladan xalqa
ro pul o‘tkazmalari orqali kelgan mablag‘lar) harakatini 


qarzdorlik so‘ndirilgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatish orqali kelib tushayotgan 
barcha mablag‘larni mijoz qarzdorligini so‘ndirish uchun yo‘naltiradi.
8.4.5. Qarz oluvchiga mikroqarz anketasi ochilg
andan so‘ng uning nomiga xalqaro 
pul o‘tkazmalari orqali 30 (o‘ttiz) kun davomida mablag‘ kelmaganda mikroqarzni 
foydalanilmagan qismidan imkoniyati cheklanadi. 
8.4.6. Qarz oluvchi kredit mablag‘laridan amaldagi qonunchilikka zid ravishda 
foydalangan taqdirda kredit va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirib 
olishga haqli. 
Банк
кредитни
ажратиш
жараёнида
пул
маблағлари
ёки
бошқа
мол
-
мулк
билан
боғлиқ
операциялар
тўғрисидаги
жиноий
фаолиятдан
олинган
даромадларни
легаллаштиришга

терроризмни
молиялаштиришга
ва
оммавий
қирғин
қуролини
тарқатишни
молиялаштиришга
қарши
курашиш
билан
боғлиқ
бўлган
ахборот
қонун
ҳужжатларида
назарда
тутилган
ҳолларда
ҳамда
ўрнатилган
тартибда
махсус
ваколатли
давлат
органига
тақдим
этилади

8.4.7. Bank yuzaga kelgan barcha qarzdorliklarni qarz oluvchining mavjud bo‘lgan 
barcha hisob raqamlaridagi mablag‘lar (bunda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali chet el 
valyutasida kelgan mablag‘larni shu kundagi bank kursi bo‘yicha milliy valyutaga 
aylantirgan holda) hisobidan memorial order bilan uning roziligisiz undiruvni amalga 
oshiradi. 
8.5. MAXSUS SHARTLAR 
8.5.1. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, undiruvchilar va davlat ijrochilarining 
undiruvni qarzdorning pul mablag‘lari va boshqa mol
-mulkiga qarati
sh to‘g‘risidagi 
qarorlarini ijro etishda qarzdorliklar kredit mablag‘lari hisobidan undirilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Bank bunday qarorlar (talablar)ni ijrosiz qaytaradi.
8.5.2. Bank qarz oluvchi haqida va u tomondan kredit bo‘yicha amalga oshirilgan 
operat
siyalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni sir saqlanishini kafolatlaydi va hech kimga 
oshkor etmaydi. Maʼlumotlar faqat amaldagi qonunchilikka muvofiq oshkor qilinishi 
va taqdim etilishi mumkin. 
8.5.3. Bank kredit mablag‘i berilishida bank xizmatlarini ko‘rsatga
nligi hamda kredit 
mablag‘i ajratganligi uchun ushbu shartnomaning 8.1.4. bandiga muvofiq haq oladi, 
qarz oluvchi esa ushbu haqni o‘z vaqtida to‘laydi.
8.5.4. Qarz oluvchi vafot etganda kredit bo‘yicha qarzdorlik amaldagi qonunchilikka 
muvofiq sud 
tartibida kredit taʼminoti, uning mol
-
mulkiga va/yoki merosxo‘rlariga 
qaratilishi mumkin. 
8.5.5. Qarz oluvchi mazkur qarzga oid maʼlumotlarni kredit tarixini o‘rganish bo‘yicha 
mutassaddi tashkilotlarga taqdim qilinishiga rozilik beradi. 


8.5.6. Mazkur shar
tnomani ijro etish bo‘yicha, har qanday sud instansiyasida bank 
taqdim etgan hujjat, ushbu qarzdorlik summasi Bankka tegishliligi va to‘lanishi 
lozimligini tasdiqlovchi prima facie (birlamchi) dalil hisoblanadi. 
8.6. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI 
8.6.1. Shartnoma qarz oluvchi tomonidan akseptlangan kundan boshlab kuchga 
kiradi. 
8.6.2. Ushbu Shartnoma kredit muddati davrida amal qilib, kredit yuzasidan barcha 
qarzdorliklar so‘ndirilganidan keyin bekor qilinadi.
8.7. FORS-MAJOR HOLATLAR 
8.7.1. Agar s
hartnomaning bajarilmaganligi, shartnoma tuzilgandan so‘ng yuzaga 
kelgan suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, oqibati hisoblansa, taraflar 
ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarining to‘liq yoki qisman bajarmaganligi 
uchun javobgar 
bo‘lmaydi. Taraflarni majburiyatini bajarishdan ozod qilishi uchun bu 
fors-
major holatlar majburiyatining bajarilmasligiga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri to‘sqinlik qilgan 
bo‘lishi lozim.
8.8. TOMONLAR JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI 
8.8.1. Taraflarning ja
vobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda 
amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi. 
8.8.2. Mijoz topshirig‘iga asosan kredit summasi o‘z muddatida o‘tkazib 
berilmaganda, “Bank” “Qarz oluvchi”ga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat
bajarilmagan qismining 0,2 foizi miqdorida penya to‘laydi. Biroq, bunda penyaning 
umumiy summasi o‘tkazib berilmagan summaning 10 foizidan oshib ketmasligi lozim.
8.8.3. Kredit va uning foizlari o‘z vaqtida qaytarilmaganda, mijoz kredit 
qarzdorligining har bir kechiktirilgan kuni uchun 0,2 foiz miqdorida, ammo kredit 
qoldig‘i summasining 10 foizidan oshmagan miqdorda penya to‘laydi.
8.8.4. Shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan barcha nizolar milliy valyutada bank 
karta hisob raqamini ochilgan bank filiali jo
ylashgan hududdagi sud tomonidan ko‘rib 
chiqiladi. 
8.8.5. Mazkur shartnoma akseptlangach qarz oluvchi tomonidan imzosi o‘z qo‘li bilan 
bajarilib imzolangan hamda elektron imzo bilan tasdiqlanib tuziladigan shartnoma 
bilan teng yuridik kuchga ega hisoblanadi. 

Download 365,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish