Ommaviy madaniyat



Download 221,03 Kb.
bet11/14
Sana21.12.2022
Hajmi221,03 Kb.
#893694
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
11 mavzu “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashda milliy g‘oya va etnomadaniy

3-masala. “Ommaviy madaniyat” ta’sirlaridan himoyalanishda milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlarni roli beqiyosdir.
Bugungi dunyo boshdan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta-katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Lekin, afsuski, dunyodagi ayrim kuchlar obrazli qilib aytganda, suvni yanada loyqalatib, istagancha baliq tutishga zo‘r bermoqda. Xususan, doimo zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan boylik orttirib kelgan kuchlar mana shunday taloto‘plardan foydalanib, “ommaviy madaniyat” g‘oyasini keng targ‘ib etmoqda.
«Ommaviy madaniyat»ning tag-zaminida avvalo tijorat, moddiy manfaatdorlik borligini bugungi zamonaviy fan ham e’tirof etadi. Haqiqatan ham, yot mafkuralar har doim erkin bozor muhitida xaridorgir tovarlar bilan mustahkam o‘rin egallagan. Olib kelinayotgan tovar yonida hamisha muhim siyosiy “mahsulot” — g‘oya bo‘lgan va u boshqa mollar qatori eksport qilingan. Aynan ana shu taktika “universal madaniyat” eksportida bugun ham faol qo‘llanmoqda.
E’tibor berganmisiz besh-olti yil burun milliy turmush tarzimizga mutlaqo yot va begona bo‘lgan zararli odatlardan biri “Valentin kuni”ni nishonlash ba’zi yoshlar orasida qandaydir “moda” tusini olgandi. O‘zingiz o‘ylang, ota-bobolarimizning tushiga ham kirmagan “Valentin kuni”da aksariyat ko‘ngilochar joylar va dam olish maskanlari “oshiq-ma’shuq”larni bayram dasturxoniga (tekinga emas, albatta) taklif etadi: xususiy radiostansiyalar ma’ni-matrasiz, bo‘lmag‘ur qutlov va nomalarni o‘qib eshittirishdan charchamaydi. Holbuki, o‘sha biz tanimaydigan, balki tanishimiz uncha shart ham bo‘lmagan Valentin “bobo”ning nomiga madhu sanolar yog‘adigan ayyomda ya’ni 14 fevral sanasida buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan-ku.
Kishi beixtiyor shunday xayolga boradi: nima, maqsad Bobur Mirzodek bobolarimizni yana xotiramizdan siqib chiqarib, ularning o‘rniga Valentin “bobo”larni singdirish, bizni o‘zligimizdan ayirishmi? Axir, biz bunday mudhish kunlarni, sinov va imtihonlarni yaqindagina boshimizdan kechirgan emasmidik? Bugun o‘sha kommunistik xatarlar o‘rnini boshqa bir xatar – “universal madaniyat” niqobidagi tahdidi egallab olmayaptimi?
Ma’lumki, har qanday zararli g‘oya odamni ichidan yemiradi, o‘zini anglashiga salbiy ta’sir etadi. Shu ma’noda, Birinchi Prezident I.A.karimov 1998 yilda “Tafakkur” jurnali bosh muharriri savollariga bergan javobidagi “Ba’zan beozor bo‘lib tuyulgan musiqa, oddiygina multfilm yoki reklama lavhasi orqali ham ma’lum bir mafkuraviy maqsadlar va intilishlar ifodalanadi”, degan fikrlarida ulkan haqiqat bor.
Lekin, ochiq tan olishimiz lozimki, «ommaviy madaniyat» xurujini hali hamma ham to‘liq anglab yetayotgani yo‘q. Bu tahdidning qanday og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘pchilik xayoliga ham keltirmaydi, ta’bir joiz bo‘lsa, ular g‘aflat uyqusida. Holbuki, yaqin-yiroq yurtlarda “ommaviy madaniyat”ning achchiq, taxir mevalari oila institutining darz ketishi, axloqsizlik va behayolikning avj olishi, ota-ona va farzandlar o‘rtasida mehr-oqibat yo‘qolib borayotgani, bir jinsli nikohlar — bularniig barchasi bizning ko‘zimizni ochishi kerak.
“Ommaviy madaniyat”, tub mohiyatiga ko‘ra, milliy madaniyatlarning kushandasi, u madaniy xilma-xillikni xushlamaydi, bu olamni bir xil rangda ko‘rish uning asl maqsadi. U ko‘plab jamiyatlarni sun’iy, soxta ideallar bilan chalg‘itibgina qolmasdan, odam bolasi uchun muqaddas bo‘lgan tabiiy juftlikni inkor etadi, g‘ayriinsoniy axloq va munosabatlarni qonuniylashtiradi va buni erkinlikning oliy namunasi deb ko‘z-ko‘z qiladi. Ana shu jarayonlar chuqur tahlil etib berilgan. G‘arb olimlari Elvin Tofflerning “Uchinchi to‘lqin”, Patrik Bыyukenenning «G‘arbning halokati» kabi asarlari dunyo miqyosida shov-shuvlarga sabab bo‘layotgani ham bejiz emas.
Modomiki, «ommaviy madaniyat» g‘oya ekan, unga qarshi qanday g‘oya bilan kurashamiz? «Ommaviy madaniyat»ga kuch baxsh etib turgan biznesga-chi? Unga nimani qarshi qo‘yamiz? Ana shu savollarning o‘ziyoq «ommaviy madaniyat»ga qarshi turish oson kechmasligini ko‘rsatadi.
Odatda bu masalaga yechim sifatida tarbiya milliy bo‘lishi zarurligi, yoshlarni milliy ruhda voyaga yetkazish lozimligi qayta-qayta ta’kidlanadi. Lekin yana bir haqli savol tug‘iladi: yosh avlodni milliy ruhda kim tarbiyalaydi?
Bizningcha, buning uchun to‘la ma’noda milliy ruhni o‘zida mujassam etgan jamiyatning intellektual elitasini shakllantirish zarur. Kezi kelganda aytish joizki, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash davr talabi, ammo shuning o‘zi intellektni belgilovchi birdan-bir mezon yoki o‘lchov bo‘la olmasligini e’tibordan soqit qilmasligimiz lozim. Shuning uchun ham keng miqyosda rivojlanayotgan globallashuv jarayonida millatga xos bo‘lgan barcha sifatlarni jamiyatning intellektual elitasi saqlab qolishi, o‘z navbatida yoshlarning qalbi va ongiga chuqur singdirishi, kelgusi nasllarga yetkazishi mumkin.
Demoqchimizki, “ommaviy madaniyat” niqobidagi xurujlarga qarshi kurashishda xalqimizda asrlar sinovidan o‘tib kelayotgan immunitet mavjud. Ammo bu taskin oldimizda turgan tahdidlarga beparvo qarash yoxud bemalol va xotirjam yashashga asos bo‘lolmaydi. Unga qarshi uzluksiz kurash olib bormoq kerak.
Ma’lumki, mamlakatimiz kelajagini ertani egasi bo‘lgan yoshlar belgilaydi. Shuning uchun ularni ongi va tafakkurini begona va yot g‘oyalardan,“Ommaviy madaniyat” ta’siridan himoya qilish kelajak omonligi va barqarorligini ta’minlashdir. Bu masalaga davlatimiz siyosati darajasida e’tibor qaratilib, yoshlarni har tomonlama barkamol etib, tarbiya topishiga alohida g‘amxo‘rlik qilinmoqda. Jumladan mamlakatimizda 2008 yilga “Yoshlar yili”, 2010 yilga “Barkamol avlod yili”, 2014 yilga “Sog‘lom bola” yili, 2021 yilga mamlakatimizdaYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berilishi kabilarni o‘ziyoq fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.
O‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda “Yoshlar sog‘lom turmush tarzini tanlamoqda”42 kompleks dasturi ishlab chiqilib, uni amalga oshirilayotgani, shu dastur doirasida “Biz - giyohvandlikka qarshimiz” yoshlar festivalini o‘tkazish, “Sog‘lom turmush tarzi - yoshlarni uyg‘un kamol toptirish garovi” maxsus ta’lim-ma’rifat saytini tashkil etilishi; OIV infeksiyasining tarqalishiga ko‘maklashuvchi zararli ijtimoiy hodisalarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan roliklar va plakatlarni milliy an’analar va qadriyatlarni hisobga olgan holda tayyorlagani hamda ularni yoshlar o‘rtasida tarqatish; yoshlar o‘rtasida tamaki chekish, alkogolli ichimliklar iste’mol qilish, giyohvandlik, axloqsizlikning zararli oqibatlari to‘g‘risidagi eng yaxshi roliklar va plakatlar uchun tanlovlar tashkil etilgani; “Yoshlar sog‘lom turmush tarzini tanlamoqda” shiori ostida shou-konsertlar tashkil etilish; maxsus teleseriallar tayyorlash va tok-shou yozish, shuningdek, yuqori sifatli spektakllar, pesalar va konsert dasturlari tayyorlash uchun 4 ta zamonaviy studiyaga ega bo‘lgan MTRK media-markazini qurilgani ; o‘zbek xalq ertaklari, dostonlari syujetlari asosida bolalar va yoshlar uchun ko‘plab multiplikatsion va badiiy filmlarni yaratilgani va yaratilayotgani; “ommaviy madaniyat”ning zararli oqibatlarini ochib beruvchi media-loyihalar va maqolalarga e’tibor qaratilayotgani; xalqimizning shonli o‘tmishi va O‘zbekistonning zamonaviy yutuqlariga bag‘ishlangan sahna asarlari ko‘plab yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani va bunday asarlar teatrlarimiz repertuarlarida keng o‘rin olayotgani; teleekranlarimizda jismoniy tarbiya - sog‘lomlashtirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, O‘zbekistonning tarixiy merosini, hayvonot va o‘simliklar dunyosini ochib beruvchi hamda o‘quvchilarni fan va texnikaning so‘nggi yutuqlari bilan tanishtirish bo‘yicha maxsus teleko‘rsatuvlar ko‘plab berilayotgani; bolalar va o‘smirlarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan jahon va o‘zbek adabiyoti klassiklarining asarlarini, ularni lotin grafikasida kitob va elektron shakllarda nashr etilayotgani; bolalar uchun o‘zbek xalqining buyuk mutafakkirlari hayoti va faoliyati to‘g‘risidagi rasmli kitoblar, o‘tgan ajdodlarimizning ma’naviy jasoratlari, qahramonliklari to‘g‘risidagi bukletlar, risolalar, plakatlar va maqolalarni taqdim etilayotgani; talantli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hikoya qiluvchi “Kelajak bugundan boshlanadi”, “Kelajakka intilish” rasmli kitob-albomni chop etilayotgani; “ZiyoNET” tarmog‘i axborot resurslarini yanada boyitishga, respublika oliy o‘quv yurtlari, litseylari, kollejlari va maktablarida “ZiyoNET” tarmog‘ining imkoniyatlari hamda axborot resurslaridan keng foydalanishni ta’minlashga e’tibor qaratilayotganligi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, milliy g‘oya, ilm-fan bo‘yicha, shu jumladan ommaviy axborot vositalari rasmiy saytlari negizida elektron sovrinli viktorinalar, testlar tashkil etilgani; mintaqaviy yoshlar teleradiostudiyalari, matbuot markazlari va matbuot nashrlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishi; aholi keng doirasini, eng avvalo, bolalar va o‘smirlarning madaniy meros bilan tanishish imkoniyatini kengaytirishga ,unga muvofiq davlat muzeylariga kirish 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul bo‘lgan tartibni joriy etilgani va umuman qat’iy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, ma’naviy tahdidlarga va chetdan ko‘rsatiladigan ta’sirlarga qarshi turishga qodir bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan, chora-tadbirlar kompleksini uzluksiz amalga oshirilayotganligi kabilar bu boradagi ezgu ishlarni amaliy isbotidir.
Shuningdek, yoshlarda yuz berayotgan hodisalarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishga, axloqiy madaniyat va Internetdan foydalanish madaniyatini oshirishga, past saviyali “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishiga qarshi immunitetni oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, tarixan shakllangan madaniyatimizga, an’analarimizga, dunyoqarashimizga yot bo‘lgan, Internet kanallari orqali kelayotgan materiallardan muhofaza qilish maqsadida Internet- klublar faoliyatiga talablarni oshirilgani; mahallalarda, o‘quv muassasalarida aholi hamda yoshlar bilan terrorizmga va ekstremizmga qarshi kurashishga bag‘ishlangan uchrashuvlarni ko‘plab o‘tkazilayotgani; “Sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish - barkamol avlod poydevoridir”, “Yoshlarni g‘oyaviy tahdidi va past saviyali “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’sirlaridan himoya qilishning ilmiy-metodik masalalari to‘g‘risida” davra suhbatlari, savol-javob kechalari, ilmiy anjumanlar o‘tkazishga e’tiborni kuchaytirilgani; “Mening mahallam tarixi”, “Onalar kuylaganda” — yosh onalar o‘rtasida xalq qo‘shiqlari, maqomlari, allalar va shu kabilarning eng yaxshi ijrochisi tanlovini, hunarmand qizlar o‘rtasida eng yaxshi do‘ppi tikish bo‘yicha tanlovi kabilarni o‘tkazilayotgani; kam ta’minlangan oilalardagi yosh avlodning hordig‘i va dam olishini ta’minlashni, shuningdek, xalqaro turizm va yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikni nazarda tutuvchi tadbirlar kompleksi ishlab chiqilib, molyaviy qo‘llab-quvvatlanayotganligi kabilar ham shular jumlasidandir. Bunday ezgu ishlar “Ommaviy madaniyat” tahdidiiga qarshi kurashishda shak-shubhasiz ijobiy natijalarni bermoqda.
Ko‘rinadiki, yuqoridagi har tomonlama puxta va pishiq, uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan ishlar, dasturlar doirasida yoshlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi xurujlar, ekstremizm, xalqaro terrorizm, xalqimizga yot bo‘lgan g‘oya va qadriyatlarning chetdan “eksport” qilinishiga qarshi qat’iy pozitsiyani shakllantirish bo‘yicha axborot va pedagogik texnologiyalarning yangi shakli joriy qilindi. Tabiiyki, bu borada “ommaviy madaniyat”ning saviyasi past, yengil-yelpi namunalariga qarshi haqiqiy san’at asarlarining yuksak durdonalarini keng targ‘ib va tashviq qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda”43.
Ommaviy madaniyatga qarshi kurashda-milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlarni rolini oshirish xususida fikr yuritar ekanmiz, bugungi kunda tajovuzkorlik kayfiyatidagi kuchlar o‘zlari ko‘zlagan maqsadga erishish uchun eng avvalo, o‘z ta’siriga kiritmoqchi bo‘lgan davlatlar aholisining ongini egallab olishga intilishmoqda. Shuni alohida qayd etish keraki, insonlar qalbi va ongini egallash uchun tinimsiz davom etayotgan mafkuraviy kurash maydonida “ommaviy madaniyat” bosh buzg‘inchilik rolini beminat uynamoqda.
“Ommaviy madaniyat” vositasida balo qazodek yopirilib kelayotgan ofatlarni faqat huquqni muhofaza qilish organlari yoki harbiy idoralar kuch-g‘ayrati bilan bartaraf etib, xavfsizlikni ta’minlab bo‘lmaydi. Bunday sharoitda mafkuraviy tajovuzga qarshi qanday qilib kurashish mumkin, degan savol umuman jahon hamjamiyati, shu jumladan har bir davlat uchun dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ushbu vazifalarni bajarish uchun madaniyatning barcha tarmoqlari: ta’lim, adabiyot, san’at, din, fan, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, madaniy muassasalar - muzeylar, kutubxonalar, uyushtirilgan bo‘sh vaqt va shu kabilarning kuch-g‘ayratini jamiyatning o‘zini o‘zi ijtimoiy-madaniy rivojlantirishi va saqlab qolishi borasidagi umumiy davlat dasturi doirasida birlashtirish va mafkuraviy qurolga qarshi faqat mafkuraviy vositalar bilan qarshi turish mumkin.
Goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tajovuzga qarshi kurashda milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlar muhim omildir. Zero, Birinchi Prezident keltirganidek: “Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximiz, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur”44. Bunda bunyodkor milliy mafkuraning o‘rni katta. Bunyodkor mafkuralar barcha davrlarda ham jamiyatni birlashtirib, sog‘lom va oliyjanob niyatlarni amalga oshirishga da’vat etib, oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ma’naviy-axloqiy asos bo‘lib xizmat qilgan.
Bugungi kunda yovuz niyatli kuchlar “Ommaviy madaniyat” vositasi orqali chetdan turib turli yot g‘oyalarni hayotimizga tiqishtirishga, o‘zida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ifodalagan ota-bobolarimizdan qolgan buyuk ma’naviy merosni barbod qilish urinishmoqda. Bunday zararli g‘oyalarga qarshi turadigan kuch — milliy g‘oyadir. Milliy g‘oya bugungi kunda xalqimiz, jamiyatimiz uchun hayotiy zaruriyat, mamlakatimizda fuqarolar totuvligi va birdamligini ta’minlaydigan taraqqiyotimizga kafolat bo‘ladigan, insonlarga ezgu maqsadlariga erishishda ma’naviy-ruhiy kuchdir.
Milliy g‘oya va qadriyatlarimiz asl insoniy demokratik qadriyatlarni ulug‘laydi. Olis-olislarda demokratiyani pesh qilib g‘ayriinsoniy axloqsizlikni bu “demokratiya”, bu “erkinlik” deb ayhuhanos solayotgan kuchlarga va shunga monand amaliyotga, yot va zararli g‘oyalarga, milliy urf-odat va qadriyatlarni qadrsizlantirishiga qarshi murosasiz bo‘lish har bir ma’rifatli insonning vatanparvarlik burchidir.
Ma’naviyatni ham bir uyga to‘plangan boylikka qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g‘oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o‘tkazishiga qarshi himoya choralari ko‘rishimiz tabiiy. Hozirgi kunda birorta ham etnomadaniyat yo‘qki, u boshqa xalqlar madaniyatidan to‘la ihotalangan bo‘lsa. Hatto, Avstraliya chakalakzorlari, Afrika savannalari va Janubiy Amerika changalzorlarida turmush kechirayotgan qabilalar ham qo‘shni qabilalar va zamonaviy tamaddun ta’sirini o‘zida his qilib turadi. Qolaversa, tarixni tahlil qilish boshqa xalqlar ma’naviyatidan bahramand bo‘lgan xalqlar ma’naviyati yuksakliklarga ko‘tarilganidan guvohlik beradi.
Sharq va G‘arbni tutashtirgan jorrahada joylashgan mamlakatimiz xalqi azal-azaldan ham turli madaniyat yutuqlaridan bahramand bo‘lgan. Ularning ijodiy rivojlantirib yangi bosqichga ko‘targan. Umumjahon madaniyati tarixidan chuqur iz qoldirgan allomalarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zamahshariy, Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek kabi bobokalonlarimiz boy merosi buni tasdiqlaydi.
Biroq “ommaviy madaniyat” axloqsizligiga qarshi – yuksak axloqiy qadriyatlarni, turuqsizligiga qarshi-ma’naviy qadriyatlar quyish muhim ahamiyatga ega. Umuman olganda “ommaviy madaniyat” tahdidilarini bartaraf etishda, yoshlar yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, urf-odat, an’analarimizga, diniy qadriyatlarga sog‘lom munosabatni qaror toptirishda, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishda milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlarimiz roli va imkoniyat ulkandir.
Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash hozirgi kundagi turli mafkuralarning bosh maqsadiga aylanib qoldi. Shuning uchun milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlarimiz asosida mafkuraviy immunitetni mustahkamlashimiz darkor.
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish oson ish emas. Bu uchun yoshlarning irodasini mustahkamlash, o‘z tarixi va madaniy an’analariga sadoqat, mehr-muhabbat ruhini mustahkamlash darkor. “Ommaviy madaniyat” tahdidiiga qarshi kurashda quydagilarga e’tiborni oshirish bizningcha zarur:
1. Jamiyatimiz kishilariga va yoshlariga “ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlarini to‘g‘ri tushuntirish, unga qarshi kurashda milliy g‘oya va qadriyatlarimiz asosida immunitetni kuchaytirishimiz lozim.
2. Yoshlarga bolaligidayoq milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, vatanparvarlik, el-yurtga muhabbat, bag‘rikenglik, asriy an’analarga va boshqa madaniyatlarga hurmat kabi bunyodkor mafkura ruhini qalbiga va ongiga chuqur singdirib borish lozim.
4. Televideniya orqali keng namoyish etilayotgan turli ko‘rsatuvlar sifatiga nisbatan talabni yanada oshirish kerak.
5. Yosh avlodni badiiy didini yuksaltiradiga, ma’naviy dunyosini boyitadigan etnomadaniy qadriyatlarni o‘zida ifodalagan san’at asarlarini yanada ko‘paytirish darkor.
6. Sharqona-o‘zbekona milliy qadriyatlarni targ‘ib etadigan, zo‘ravonlikni, jinoiy turmush tarzini qoralaydigan kino va badiiy asarlarni ko‘plab yaratish darkor.
7. Yoshlarimiz ongida mafkuraviy bo‘shliqni yuzaga kelmasligiga e’tiborni yanada kuchaytirishda oila, maktab, litsey, mahalla va boshqa turli jamoat tashkilotlararo bu boradagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, “ommaviy madaniyat” tahdidiiga qarshi targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada jonlantirish zarur.
Bizningcha yuqoridagilarni amalga oshirish orqali “Ommaviy madaniyat” buzg‘unchilik tahdidini, u keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ayanchli oqibatlarni chetlab o‘tish va bartarf etish mumkin bo‘ladi, fikrga qarshi -fikr, g‘oyaga qarshi- g‘oya, jaholatga qarshi- ma’rifat bilan mustaqil kurashadigan ma’naviy yuksak sog‘lom avlodni shakllanadi.

Download 221,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish