Ommaviy madaniyat



Download 221,03 Kb.
bet10/14
Sana21.12.2022
Hajmi221,03 Kb.
#893694
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
11 mavzu “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashda milliy g‘oya va etnomadaniy

Ommaviy madaniyatning oila institutining, an’anaviy oila qadriyatlarning yemirilishiga juda kuchli salbiy ta’siri shubhasizdir. Bugungi kunda, XXI asr boshida u, ayniqsa, yorqin namoyon bo‘lmokda.
Rivojlangan mamlakatlarda oilaning roli pasayib bormoqda: ajralishlar soni, nikohdan o‘tmayotgan katta yoshli yolg‘izlar hissasi, farzandsizlar hamda kamfarzand er-xotinlar soni ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda AQSh va Yevropa mamlakatlarida an’anaviy, to‘liq oila noyob bo‘lib, bunday oila modeliga intilish ba’zan keraksiz va ideallashtirilgan hodisadek tanqidga uchramoqda. Seksual revolyusiya va monogam nikohning zaiflashuvi tendensiyasi umidsizlikka tushgan demograflar hamda sotsiologlarni oila kelajakda tugab bitishi to‘g‘risidagi xulosalarga olib kelmokda.
To‘g‘ri, bugungi kunda G‘arbiy Yevropa va AQShda so‘nggi o‘n yilliklarda tarkib topayotgan yangi tipdagi oilani himoya qilib aytilayotgan ko‘plab fikrlarni eshitish mumkin. Bunday da’vatchilar an’anaviy oila yemirilishi jamiyatga keltiradigan ijobiy ijtimoiy oqibatlar haqida gapirib tolmayaptilar. Ushbu «ijobiy» jarayon jadal davom etayotgan mamlakatlarga bu hol qanday xavf solmokda?
Qirq yil ichida yer yuzi aholisi ikki baravardan ziyod - uch milliarddan yetti milliard nafarga ko‘paydi, biroq Yevropa xalqlari amalda ko‘paymay qo‘yishdi. Hozirgi kunda bu mamlakatlarda aholining ko‘payishi pasayib, quyidan qarib borish sodir bo‘lmoqda, oqibatda tug‘ilish darajasi pastligidan kelib chiqqan demografik krizis kuchaymoqda. Bu boradagi prognozlar juda qayg‘uli bo‘lib chiqmoqda. Yer yuzi aholisi 2050 yilgacha uch milliarddan ziyod ko‘payadi va to‘qqiz milliarddan ortiq bo‘ladi. Biroq aholining bunday ellik foiz ko‘payishi mutlaqo Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari hisobiga bo‘ladi. Kelib chiqishi Yevropadan bo‘lgan kishilar 1960 yilda jahon aholisining choragini tashkil qilgan bo‘lsa, 2050 yilga borib esa bor-yo‘g‘i o‘ndan birini tashkil qiladi.
Masalan, Germaniyada o‘n yil davomida tug‘ilish darajasi 1,3 ni tashkil qiladi, bu lozim bo‘lgan 2,1 dan ancha kam. Shu bois nemis millatining kelajagi ancha achinarli. Chunonchi, demograf ekspertlar prognoziga ko‘ra, 2050 yilga borib:
Germaniya aholisi 82 milliondan 59 million kishigacha kamayadi.
Hozir Germaniyada tug‘ilish ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning qudratli tizimi ishlab turgan, bunday qo‘llab-quvvatlash darajasi davlat tomonidan beqiyos darajada oshirilgan sharoitda kamayib ketmoqda. Bugungi kunda Germaniyada ikki yoshgacha bo‘lgan bir bolaga har oyda 140 dollar miqdorida, keyingi yili esa undan biroz ko‘proq nafaqa to‘lanadi. Ya’ni, Germaniya yoshlari moddiy sabablarga ko‘ra farzand ko‘rishni istamayapti, deyish noo‘rin bo‘ladi.
Umuman olganda, ommaviy madaniyat tomonidan an’anaviy oilani badnom qilish evaziga bunday oqibatlar kelib chiqmoqda. Uning ta’siri kam bo‘lgan an’anaviy jamiyatlarda bu borada ahvol ko‘ngildagidek, deb aytishimiz mumkin.
Mamlakatimizda oilaviy an’analarni asrab-avaylash, ommaviy madaniyat ta’siridan himoyalash borasida juda ko‘p ezgu ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Birgina 2012 yilga “Mustahkam oila yili” deb, 2014 yilni “Sog‘lom bola” yili deb atalishi, yoki 2021 yilga mamlakatimizda“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berishni bu boradagi amalga oshirilgan va oshirilayotgan ezgu ishlar fikrimizni tasdiqlaydi.
Yoshlarga e’tibor kelajakka e’tibordir. Yoshlar tabiyasida oilaning o‘rini beqiyosdir. Oilaviy qadriyatlarimizni avaylab- asrash har birimizning muqaddas burchimizdir.



Download 221,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish