Shamollatilmaydigan tomlarda temirbeton yopma plitasi ustidan bir yoki
ikki, uch qavat ruberoid issiq bitum bilan yopishtiriladi. Bu qatlamning
asosiy vazifasi issiqlikni o‘tkazmaslik va temirbeton plita orqali xona ichidan
ko‘tarilayotgan bug‘dan namlanishining oldini olishdir. Plita yoki
sochiluvchan material ko‘rinishiga ega bo‘lgan g‘ovak beton, fibrolit,
shisha
paxta, shlak, keramzit va boshqa issiqlik izolatsiyasi materiallari to‘sham
qalinligi teplotexnik usulda hisoblab topiladi.
Issiqlik izolatsiyasi qatlami ustidan qalinligi 15-20 mm bo‘lgan sement
qorishmasidan tekislovchi qavat yozib chiqiladi. Agar issiqlik izolatsiyasi
materiali sochiluvchan bo‘Isa, tekislovchi qavat qalinligi 25-30 mm qilib
olinib, kataklari 200-300 mm bo‘lgan to‘r qo‘yib yuboriladi. Tekislovchi
qatlam ustidan bir necha qavat ruberoid yoki boshqa materialdan qilingan
to‘shamalar maxsus yopma mastikalar yoki
issiq bitumlar yordamida
yelimlanib, ustidan 6-8 mm qalinlikda mayda yengil keramzit shag‘al yoki
shlakdan himoya qatlami yozib chiqiladi. Ayrim hollarda issiqlik izolatsiyasi
qatlamining o‘rnini bosuvchi va bir yo‘la yopmani ko‘taruvchi
konstruksiya
vazifasini bajaruvchi g‘ovak beton yoki yengil beton (ko‘pik beton, keramzit
beton va boshqa)lardan iborat yopma konstruksiyasi ishlatiladi.
Shamollatiladigan tomlar shamollatilmaydigan tomlardan issiqlik izolatsiyasi
qatlami ustida qoldirilgan ochiq joy (tirqish) hamda tekislovchi qatlam
o‘miga yupqa temirbeton plita yoki panel qo‘yilishi bilan farq qiladi.
Qoldirilgan ochiq joy issiqlik izolatsiyasi qatlami- dagi ortiqcha
namlikni
chiqarib yuborishga va uning izolatsiya xususiyatlarini yaxshilashga
mo’ljallangan bo’ladi. Birlashgan tomlarni turini tanlashda mahalliy iqlim
sharoiti va binoning ichki harorat- namlik rejimi holati e’tiborga olinadi:
masalan, shamollatiladigan tomlami har qanday iqlim sharoitli mintaqalarda
qurish mumkin. Shamollatilmaydigan tomlar esa, qishki o‘rtacha sovuqligi -
30° dan kam bo’lmagan mintaqalarda quriladi.
Quruq yoki harorat-namlik rejimi normal bo’lgan xonalar ustidan tosh
shamollatilmaydigan bo’lishi mumkin. Atmosfera suvlarini
oqizib yuborish
uchun bunday tomlar nishabi 2°dan 8° gacha olinadi, ayrim hollarda esa
tekis tomlarda ham ishlatiladi. Tomlaming nishabi asosan 3, 4 va 5
qavatli
ruberoidlar bilan yopiladi. Masalan, nishabi 5- 8° bo’lgan tomlarda 3 qavat,
2-5° tomlarda - 4 qavat va 1,5-2° tomlarda 5 qavat ruberoid to‘shaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: