Olzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Takrorlash uchun savollar



Download 7,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/111
Sana25.09.2022
Hajmi7,9 Mb.
#850159
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111
Bog'liq
fayl 125 20210324

Takrorlash uchun savollar:
1. Menejer faoliyatida informatsion ta’minotning ahamiyati.
2. Informatsion ta’minotning mazmuni: sport informatsiyasi
statistik informatsiya, hisobot ma’Iumotlari.
3. Innovatorlik holati, boshqaruv sikllari.
4. Qaror qabul qilish tamoyillari va motivatsiya haqida infor- 
matsion ta’minot.
5. Kommunikatsiya - ikki yoki undan ortiq kishilar o'rtasidagi 
axborot ayirboshlash jarayonimi?
6. Sport menejeri faoliyatida informatsion texnologiyalar nima?
7. «Informatsiya» axborot - atamasi lotincha so‘z (xabardorlik) 
nima?
6.2
Jismoniy tarbiya boshqaruv jarayonini axborot bilan
ta’minlash
Reja:
Jismoniy tarbiya boshqaruv jarayonini amalga oshirishda 
axborot (informatsiya).
«Informatsiya» axborot atamasi, xabardorlik, biror hodisa yoki 
biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo‘lish.
Axborot boshqaruv tizimiga faol ta’sir etish.
JKda ma’lumotlar yig‘indisi, yetarli va aniq axborotga ega bo‘
lish.
Sport tovarlari ishlab chiqarish axboroti.
JKda boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasida aloqa.
Boshqaruvchi tizimning boshqariladigan tizimdan axborot 
olishi.
229


Boshqaruvchi tizimgning olingan axborot asosida boshqari- 
luvchi tizimni takomillashtirishi.
Boshqarish jarayoni, boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Boshqaruv jarayonini axborot bilan ta’minlash.
Boshqaruv texnikasi tushunchasi va klassifikatsiyasi.
Tayanch iboralar:
Axborot, kommunikatsiya, kommunikatsion jarayon, boshqarish 
texnikasi, vertikal kommunikatsiya, gorizontal kommunikatsiya, 
axborotni almashish jarayoni, axborotni uzatish kanallari, filtratsiya, 
qayta aloqa, semantika.
Jismoniy tarbiya boshqaruv jarayonini muvaffaqiyatli amalga 
oshirishda uni axborot (informatsiya) bilan ta ’minlash katta aha- 
miyat kasb etadi. «Informatsiya axborot atamasi lotincha so‘z 
bo‘lib, xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida 
xabarga ega bo‘lish ma’nosini bildiradi. Axborot boshqaruv tizimiga 
uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol ta’sir etish 
uchun zarur m a’lumotlar yig‘indisidan iboratdir. Yetarli va aniq 
axborotga ega bo‘1 may boshqarish mumkin emas.
Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi 
tizimlar o‘rtasida aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqarila- 
digan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo‘jalik faoliyati 
to ‘g ‘risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot 
asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, boshqarishni 
yanada takomillashtirish 
maqsadida ko‘rsatma, 
farmoyishlar 
chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi.
Axborot boshqaruv tizimida alohida bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. 
Unga qator o‘ziga xos xususiyatlar mansub bo‘lib, ular axborot 
boshqaruvining barcha bo‘g‘inlari, barcha vazifalarini qamrab 
olishiga bogliqdir. Axborot - bu boshqaruv apparati faoliyatining 
ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga 
oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sharti, mustahkamlash usulidir. 
Axborot hajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko‘rsat- 
kichlariga bo‘lgan talab ham ortib boradi.
Boshqarish jarayoni boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish 
maqsadida axborot to ‘plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv
230


buyruqlari ko'rinishida axborot berish va uni ijrochilarga 
yetkazishdan iborat.
Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqtiso- 
diy, hisob, moliya, ta’minot, kadrlar bo‘yicha, texnologik, 
konstruktorlik, marketing, ijtmoiy va boshqalar.
Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o‘rin 
egallaydi, chunki u kishilaming moddiy boyliklami ishlab chiqarish, 
taqsimlash, 
ayirboshlash 
va 
iste’mol 
qilish 
jarayonidagi 
munosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti 
asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy- 
texnikaviy axborot ahamiyatini ham ta’kidlab o‘tish lozim.
Kelib chiqish manbaiga bog1 liq ravishda axborot tashqi va ichki 
axborot turlariga boMinadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan 
olinadigan xabarlardan iborat bo‘ladi. Bular jumlasiga yuqori 
tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish 
shartlari haqida axborotlar kiradi. Ichki axborot korxona yoki uning 
boshqaruv bo‘g‘inida shakllanib, iste’mol qilinadi. Korxona 
miqyosida ular jumlasiga sexlar tomonidan rejaning bajarilishi, 
moddiy-texnikaviy ta’minot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat 
unumdorligi haqida axborotlar kiritilishi mumkin.
Yo‘nalishi bo‘yicha axborot - boshlang‘ich va boshqaruvchi 
(rahbarlik) 
axboroti 
turlariga boiinadi. 
Rahbarlik axboroti 
boshlangich axborotni qayta ishlash asosida qaror qabul qilish 
natijasidir. Boshlangich axborot doimo boshqaruv tizimining quyi 
darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik 
axboroti esa teskari yo‘nalishda harakatlanadi.
Axborot vaqt o‘tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarorlik 
darajasi bo‘yicha uni barqaror shartli-barqaror, o ‘zgaruvchan 
turlarga boiish mumkin. Barqaror axborot uzoq muddat davomida 
o‘z ahamiyatini o ‘zgartirmaydi (korxona, uning bo‘linmalari nomi, 
mahsulot turi). Shartli-barqaror axborot ahamiyati ma’lum muddat 
davomida saqlanib turadi. Korxona miqyosida bunday axborotga 
turli me’yor va me’yoriy hujjatlami (moddiy, mehnat sarfi, tariflar 
me’yorlari)ni kiritish mumkin. Axborotning bunday turi korxona 
bo‘yicha umumiy axborotning 35% dan ko‘pini tashkil etadi. 
0 ‘zgaruvchan axborot boshqaruv obyekti faoliyati va unga mos
231


holda boshqaruv jarayonlari o ‘zgaruvchanligini aks ettirib, qaror 
qabul qilish uchun tez qayta ishlashni talab etadi.
Boshqaruv faoliyatida shuningdek, boshlang‘ich axborotni 
qayta ishlash natijasida olingan hosila (ikkilamchi) axborotdan ham 
foydalaniladi.
Axborotni ro‘yxatga olish va saqlash maqsadida uni saqlovchi 
turli vositalar inson xotirasi, hujjat,- perforatsiya kartalari, magnit 
lentalari, baraban disk, elektr impulslar kombinatsiyasidan foydala­
niladi.
Axborot yig‘indisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etib, 
u boshqaruv jarayonini axborot bilan ta’minlash shaklida namoyon 
bo‘Iadi. Axborot to‘g‘ri, aniq, o ‘z navbatida, obyektiv, mazmunli va 
qarorlami qabul qilish uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Axborot 
hajmi jihatidan kichik, mazmun jihatidan chuqur, uning matni 
tushunarli va sodda bo‘lishi lozim. Korxonani axborot bilan to ‘g‘ri 
aloqalar ko‘rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida 
ta’minlanib, ular aniq ishlab chiqarish vazifasini hal etish imkonini 
beradi.
Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat 
satrigacha yetadi, bu o ‘rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi 
zarurligini ham inobatga olish zarur. Masalan, Toshkent aviatsiya 
zavodida kundalik birlamchi axborot million ko‘rsatkichni tashkil 
etadi. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish 
bo‘yicha quyidagi qator muammolami hal etish lozim bo‘ladi:
1) maqbul axborot tizimini ishlab chiqish;
2) axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish;
3) axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini 
tan lash;
4) axborotni saqlash va izlashni tashkil etish;
5) axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish.
Bu yo‘nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig!ish 
va qayta ishlashning yagona umumdavlat tizimini yaratishni 
ta’minlashi zarur. Axborotlar yig‘indisi boshqaruvning axborot 
tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi - hujjatlar axborot oqimlari, 
aloqa kanallari va boshqaruv obyektining texnikaviy vositalarini 
qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. Boshqaruv obyekti-
232


ning qandaydir bir qismi bo‘yicha axborot yig‘indisi kichik tizimni 
tashkil etadi. Maqbul axborot tizimini tashkil etish boshqaruvning u 
yoki bu tashkiliy tizimini loyihalashtirish va uning samarali faoliyat 
yuritishining muhim shartlaridan bo'lib hisoblanadi.
Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bo‘lishi mumkin. 
Oddiy axborot tizimi uni qayta ishlashni talab etmaydi, axborot 
manbaidan u iste’mol qilinish joyigacha yetkazishda o'zgarish yuz 
bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa xabar berish 
vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida yetkaziladi. 
Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexaniza- 
tsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha turlarga 
ajratiladi. Birinchi guruhga qoMda yoki eng oddiy mexanizmlar 
yordamida qayta ishlanuvchi axborot tizimlari kiradi. Ikkinchi 
guruhga axborotni to‘plash, qabul qilish va qayta ishlashda mexa- 
nizatsiya keng qo'Ilaniladigan axborot tizimlari kiradi. Uchinchi 
guruhga ma’lumotlarni kompleks mexanizatsiya vositasi bilan birga 
avtomatlashtirish elementlarini qo‘llab qayta ishlash va to‘plash 
qo’llanilgan axborot tizimlari kiradi.
Axborot qabul 
qilish, 
uzatish va qayta ishlash sikli 
avtomatiashtirilgan axborot tizimi to ‘rtinchi guruhni tashkil etadi.
Axborotni qayta ishlashda EHMlar qo‘llaniladigan boshqaruv 
tizimlari avtomatiashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) nomini olgan. 
ABT quyidagi vazifalami bajaradi:
- axborot qabul qilish;
- axborotni qayta ishlash;
- axborotni saqlash, yig‘ish;
- boshqaruv tashkilotiga axborot berish;
- ijrochilarga buyruq uzatish.
Ilg‘or axborot tizimini loyihalashtirish jarayoni quyidagi 
vazifalami amalga oshirishga asoslanishi lozim:
- korxonada mavjud axborot tizimini tahlil qilish, axborotning 
asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish;
- axborot tizimining iqtisodiy-modelini ishlab chiqish;
- zarur axborot hajmi va mazmunini aniqlash;
- axborot to‘plash va qayta ishlash uchun texnikaviy vositalami 
aniqlash;
- axborotni qayta ishlash texnologiyasini yaratish;
233


- axborot vujudga kelishi va foydalanish davriyligini belgilash;
- korxonada qo‘llaniladigan axborot uchun shifrlar tizimini 
yaratish;
- axborotni uzatish va qayta ishlashni avtomatlashtirish va 
mexanizatsiyalashtirish qulay bo‘lishi uchun standart ma’lumotiarni 
loyihalashtirish;
- loyihalashtirish jarayonida olingan barcha materiallarni tartib- 
ga solish va rasmiylashtirish.
Bozor sharoitida ishlab chiqarish axborot tizimlarini ular 
rivojlanishi va loyihalashtirishga tizimiy yondashish asosida 
kompleks tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga ma’lumotlami 
qayta ishlashning integratsion tizimi javob beradi. Uni turli 
darajadagi zamonaviy hisob mashinalari, EHM, inson mashina 
tizimini har tomonlama qo‘llash asosida loyihalashtirish mumkin.

Download 7,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish