Tayanch iboralar:
Zamonaviy tizim, omil, vaziyatli yondashuv, nazariy, amaliy,
tizimli yondashuv, tizimlar nazariyasi, sport tashkiloti (firma,
korparatsiya), element, samarali menejment, «Tizimli fikr yuritish»,
«Vaziyatli fikr yuritish, yondosh fanlar, vaziyat ta’limi, shakllanish,
samarali boshqaruv, inkor etish, tarmoq, vaziyat o‘zgarishlari,
207
farqlar, ichki o‘zgarish, ichki muhit, vertikal, gorizontal, mehnat
taqsimoti, tashqi o ‘zgarishlar, muhit omillari, tashqi muhit, tashqi
о ‘zgarishlar, boshqaruv qarorlari, turli-tuman vaziyat, integratsiya,
sistema, vaziyat, egiluvchan sistema, zamonaviy boshqaruv tizim
lari,
sistemali
yondashish,
vaziyatli
yondashish,
strategik
yondashish, ishlab chiqarish vaziyatlari, sistema konsepsiyalari.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning zamonaviy tizimini
belgilovchi omillardan biri sifatida menejmentdagi vaziyatli
yondashuvini ko‘rish mumkin.
XX asming 60-yillarida nazariy va amaliy menejmentga tizimli
yondashuv bilan birga uni toMdiriuvchi va rivojlantiruvchi yana bir
vaziyat yondashuvi kirdi. Tizimlar nazariyasi tashkilotiga (firma,
korparatsiyaga) qanday elementlarning kirishini aniqlaydi, ammo
ushbu elementlarning qaysi biri ko‘proq muhimroq degan savolga
javob beradi. Bu kabi izlanishlaming diqqat markazi vaziyatdir,
ya’ni ma’lum bir holat to‘plami, qaysiki tashkilotga hozirgi aniq bir
vaqtga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Samarali menejment sifatiga
«Tizimli fikr yuritish»ga «vaziyatli fikr yuritish» qobiliyati
qo‘shimcha qilinadi.
Boshqaruv nazariyasida vaziyatni muhim bir hodisa deb qarash
yangilik hisoblanmaydi. Masalan, inson zahiralari ta’limi yoki
imperik talimlami misol qilib olish mumkin. Shu bilan birga
XX asming 60-70-yillariga kelib boshqaruv haqida yondosh fanlar
yetarli darajada o‘z ta’sirini o ‘tkazishi natijasida menejment fani
yanada taraqqiy eta boshladi. Boshqaruv samaradorligiga har xil
vaziyatda ta ’sir ko‘rsatib turuvchi o ‘zgaruvchan omillami uddalash
kerak. Xuddi shu yillarda izlanuvchilar maktabi paydo bo‘ldi va u
vaziyatning tashkilot faoliyatiga ta ’sir ko‘rsatuvchi bosh belgilami
aniqlab berdi. Bu maktab boshqaruvining vaziyat ta’limi degan
nomni oldi.
Menejment vakillarining fikricha, samarali menejment quyidagi
belgilarga ega bo‘lishi kerak: harakatchanlik va ushbu korxona
ishlayotgan
muhitga (vaziyatga)
moslasha olish
qobiliyati.
Menejmentga tizimli yondashuv tarafdor-larining bosh negiz:
barcha vaziyatlarga turli vazifani bajaruvchi samarali boshqaruv
bo‘lishi mumkin emas.
208
Boshqaruv vazifalarini bajarishda korxona va tarmoqlar
o‘rtasida vaziyat o'zgarishlari deb ataladigan farqlarga e’tibor berish
lozim, ular ikki xil bo‘ladi: tashqi va ichki. Ichki o‘zgarishlar aniq
korxona, tarmoqni tavsiflaydi. Ichki muhitga korxona mahsulotlari,
zahiraiari kattaligi vertikal va gorizontal mehnat taqsimoti va h.k.
kiradi. Korxonalar o ‘rtasidagi ichki farqlari binolar o‘rtasidagi
farqga o ‘xshaydi. Masalan, binolar arxitekturasi, materiali kattaligi
bilan farq qilib, bu farq natijasida ulaming biri klub, boshqasi
kishilar yashaydigan uy-joy bo‘lishi mumkin. Xuddi shu tarzda
korxonalaming ichki farqlari ulaming vazifalarini belgilaydi. Bu
o ‘zgarishlarni ma’lum dajarada nazorat qilish mumkin va ular
boshqaruv qarorlari natijasida vujudga keladi. Rahbariyat tomoni
dan ichki o‘zgarishlar borasida qabul qilinadigan qarorlar qanchalik
samarali va unumdor faoliyat yuritishini belgilaydi.
Korxona katttaligi ichki farqlar korxonani boshqarishga qanday
ta’sir etishning yorqin namoyon qiladi. Yirik aksionerlar jamiyatini
boshqarish bilan kichik korxona, do‘konni boshqarish o‘rtasida katta
farq mavjud. Korxona qancha katta bo‘lsa uni boshqarish ham
shunchalik qiyin bo‘ladi.
Tashqi o ‘zgarishlar korxonadan tashqaridagi muhit omillaridir.
Ular qatoriga yirik raqobatchi korxonalar texnika va texnologiyani
olishi manbalari ijtimoiy omillar, davlat boshqaruvi kiradi. Tashqi
muhit, tashqi o‘zgarishlar korxona faoliyatiga turlicha ta’sir
ko‘rsatadi. Shu sababli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda
vaziyatni hisobga olish zarur. Qaysi o ‘zgarishlar korxona muvaf-
faqiyatiga kuchliroq ta’sir qilishi ko‘rsatishi yetarli emas. Turli-
tuman vaziyat ko‘rsatkichlari va boshqarish jarayonining barcha
vazifalari o'zaro bogMiq hamda ulami bir-biridan ajratib ko‘rib
chiqish mumkin emasligi ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi.
Suvga tashlangan tosh butun ko‘l bo‘ylab tarqaluvchi to‘lqinlami
hosil qilgani kabi, biror muhim omilning o ‘zgarishi butun korxona
faoliyatida aks etadi.
Korxona faoliyati samaradorligiga ichki ham tashqi omillar
ta’sir etishi sababli uni boshqarishning eng yaxshi usuli aniq
vaziyatni hisobga olgan holda belgilanadi. Shu vaziyatga eng mos
bo‘lgan usul eng samarali usul bo'ladi. Shu sababli muvaffaqiyatli
boshqaruv integratsiya qilingan yondashuvni talab etadi.
209
Vaziyat yondashuv bilan uzviy bog‘liq tizimli yondashuvda
turli xususiy yondashuvlar, boshqaruv vazifalari uzviy bog‘liq
bo‘lib, korxona qator o‘zaro bog‘liq kichik tizimdan iborat tizim
sifatida o'rganiladi; tizim nazariyasi rahbarlariga tizimning alohida
qismlari o‘rtasidagi tizim va uni o ‘rab turgan muhit o ‘rtasidagi
bog‘liqlikni tushunishga imkon beradi. Vaziyat yondashuvi tizim
nazariyasini amalda qo‘llashni korxona ta’sir etuvchi asosiy ichki va
tashqi o‘zgarishlami aniqlash yo‘li bilan kengaytiriladi, qo‘yilgan
maqsadga erishish uchun boshqaruvning aniq usullarini tegishli
vaziyat bilan bog‘lab amalga oshirish imkonini beradi.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning zamonaviy tizimini
belgilovchi yana muhim omillari sifatida menejmentdagi jarayonli
yoki vazifaviy yondashuvlami ko‘rish mumkin.
Menejmentdagi vazifaviy yondashuv aslida biz yuqorida
ko‘rgan boshqa-ruv funksiyalarining qadim zamondagi shakllanishi
bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgan deyish mumkin, chunki ishlab
chiqarishni yoki jismoniy tarbiya va sport jarayonlarini reja-
lashtirish, tashkillash, motivatsiya va nazorat qilish funksiya-larini
amalda qoilanishi aslida menejment vazifalarini bajarilishidan
boshqa narsa emas. Menejmentning ushbu funksiyalarining amalda
korxona yoki jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari rahbarlari,
mutaxassislar tomonidan to ‘liq ravishda, mo‘tadil joriy etilmasligi
joylarda ko‘zlangan marraga chiqish imkoniyatini pasaytirib
yubordi.
XIX
asming oxiri va XX asming boshlarida amerikalik
muhandis va ixtirochi F.Teyloming bizga ma’lum bo‘lgan yollanma
ishchilaming mehnat unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador
va maqbul usullami izlash, ular asosida mehnatni ilmiy asosda
tashkil etish kabi muhim ta’limotlari qatorida quyidagi yo‘na-
lishlami ham alohida ilgari surganini ko‘ramiz:
Menejmentda boshqaruv funksiyalarini to iiq joriy etilishini
ta ’minlash, ulami takomillashtirish, bayon etish va nazorat qilib
borish;
Menejment asosida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini
yalpi boshqarishda sistemali yondashuvni asoslash va undan sama
rali foydalanish.
210
F.Teyloming boshqaruv fonksiyalariga boigan yangicha muno
sabati XX asming o ‘rtalarida menejmentda vazifaviy yondashuv
nomini oladi. Ushbu vazifaviy yondashuvning asosiy mohiyati
menejerlar, rahbarlar o ‘z boshqaruv faoliyatlarida ishlab chiqarishni
rejalashtirish, tashkillash, motivatsiya va nazorat qilish funksiya-
larini amalda ketma-ketligini saqlagan holda to‘liq joriy etilishini
taqozo etadi.
Menejment boshqaruvida biz yuqorida qisman qayd etgan
funksional ta’minot tushunchasi ham mavjud. Ushbu tushuncha
nomi bo‘yicha menejmentning funksiyalariga o‘xshab ketadi,
amalda butunlay boshqa ma’noni bildiradi va boshqa vazifalarini
ko‘zlaydi. Amerikalik R.Taun tomonidan kiritilgan tashkilotning
funksionalligini ta’minlash nazariyasi sanoat ishlab chiqarishi kuchli
rivojlana boshlagan, ayniqsa, texnika va texnologiyaning takomil-
lashgan, ishlab chiqarishning keskin o‘sgan boshqaruvning murak-
kablashgan holatida uning maxsus tarmoqlarga bo‘lib boshqarishni
tavsiya etgandi. Haqiqatdan ham, menejmentda tashkilotning funk-
sionalligining ta’minlash nazariyasi rahbarlardan yangi bilimlami
talab etuvchi faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Endi rahbar,
o‘z korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda to‘la-
qonlikka erishmoqchi bo‘lcha, barcha funksional yo‘nalishlami
to ‘g‘ri tasavvur qilishi va ularni ta’minlab borishi talab etiladigan
bo'ldi. Yani korxona ishini personal (xodimlar), texnika, texno-
logiya, moddiy texnika, logistika, energiya, iqtisodiyot, tashqi
iqtisodiy aloqa, umumiy ishlar xizmati, marketing xizmati va
boshqa xizmat yo‘nalishlari bilan ta’minlash jarayon yoki vazifali
yondashuvning asosini tashkil qiladi.
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida ham yuqorida
keltirilgan barcha funksional yo‘nalishlar jismoniy tarbiya va sport
mashg‘ulotlariga, musobaqalarga xizmat qilishini qayd etgan edik.
Haqiqatdan ham jismoniy tarbiya va sport menejmentda ushbu
xizmatlaming
nomi
soha
xususiyatlariga
mos
ravishda
boshqacharoq bo‘lishi va jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining
katta-kichikligiga qarab alohida ko‘rinishga yoki bir nechta
funksional yo‘nalishlaming birlashgan holdagi tizimidan iborat
bo‘lishi mumkin. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining hajmi
qanchalik katta bo‘lib, ish qanchalik keng doirada olib borilsa,
211
uning boshqaruv va menejment tizimida funksional xizmatlar
shunchalik to ‘liq aks ettirilgan boMadi. Yoki jismoniy tarbiya va
sport tashkilotlarining hajmi qanchalik kichik bo‘lib, ishi ham
nisbatan torroq doirada olib borilsa, funksional vazifalaming
barchasi saqlanib qolgan holda uning boshqaruv va menejment
tizimida aks ettirilgan funksional xizmatlari birlashtirilgan bo‘ladi,
ya’ni soni ham kamroq bo‘ladi.
Korxona faoliyati samaradorligiga ko‘plab ham ichki, ham
tashqi omillar ta’sir etishi sababli uni boshqarishning eng yaxshi
usuli aniq vaziyatni hisobga olgan holda belgilanadi. Shu vaziyatga
eng mos boig an usul eng samarali usul bo‘ladi. Shu sababli
muvafaqqiyatli boshqaruv integratsiya qilingan yonda-shuvni talab
etadi.
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning zamonaviy tizimini
belgilovchi navbatdagi yana muhim omillari sifatida menejmentdagi
miqdoriy yoki sonli yondashuvlami ko‘rish mumkin. Bu boshqa
ruvdagi barcha usullami umumiylashtirgan, matematika, statistika,
muhandislik va kibemetika fanlarini birgalikda joriy etish bilan
bog‘liq maxsus soha yo‘nalishidir.
Miqdoriy yoki sonli yondashuv ishlab chiqarish yoki jismoniy
tarbiya va sport sohasida, texnikadan foydalangan holda ko‘pgina
murakkab savollarga tez ijobiy javob qaytarishga xizmat qiluvchi va
u boshqaruv mehnatini takomillashtirish asosida yuzaga kelgan.
XX asr 60-80-yillari g ‘arb menejmentida tahlilning miqdor, son va
statistik usullari keng tarqaldi. Menejmentni har tomonlama qamrab
olgan kompyuterlashtirish personalni boshqaruvdagi katta sondagi
qo‘l mehnati bilan hisoblashdan, texnik operatsiyalaridan ozod
qilishga imkon yaratdi.
Keyingi yillarda keng ko‘lamdagi ilmiy-texnik taraqqiyot mah-
suli sifatida shaxsiy elektron mashinalarining jadal sur’atlar bilan
rivojlanishi, boshqaruv jarayonlariga matematik, iqtisodiy-matema-
tik modellar va usullar, jarayonlar operatsiyasi (исследование
операций), menejment operatsiyasi, algoritmizatsiya, adaptatsiya,
kibemetika kabi ko‘pgina yangi usullaming kirib kelishi menejment
rivojida alohida miqdoriy yoki sonli yondashuvni shakllantirdi.
Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi,
shakllanishi va rivojlanib borishi aynan menejmentdagi miqdoriy
212
yoki sonli yondashuv asosida amalga oshirilyapti. 0 ‘z navbatida
axborot texnologiyalari ham fanning alohida maxsus yo‘nalishiga
aylandi, yurtimizda uning rivojini ta’minlovchi ko‘plab oliy va o‘rta
maxsus o ‘quv yurtlari va tashkilotlar paydo bo‘ldi. Axborot
texnologiyalarini xalq xo‘jaligining barcha sohalariga, jumladan,
jismoniy tarbiya va sportga kirib kelishi o‘z samarasini beryapti.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentida ham miqdoriy yoki
sonli yondashuv va axborot texnologiyalarini joriy etilishi dolzarb
masalalardan hisoblanadi, jumladan, uning ko'plab oliy va o ‘rta
maxsus о‘quv yurtlarida zamonaviy pedagogik axborot texnolo
giyalari shaklida rivojlanib borayotgani fikrimizning dalilidir.
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida, ulardagi hisoblash bilan
bog‘liq bo;lgan jarayonlami aniq hal etishda ham miqdoriy yoki
sonli yondashuv va axborot texnologiyalarining qo‘l kelishi hech
kimda shubha tug‘dirmasa kerak.
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining moliyaviy ahvolini,
marketing monitoringini o ‘tkazish, ish faoliyatini rejalashtirish,
ayniqsa, istiqbol rejalarini, strategik rejalarini tuzish va ulaming
ijrosini tashkil qilish masalalarini samarali hal etishda faqatgina
miqdoriy yoki sonli yondashuv va axborot texnologiyalaridan najot
kutish mumkin. Jismoniy tarbiya va sport mashqlari va musoba-
qalaridagi jarayonlarga zamonaviy boshqaruv tizimlari miqdoriy
yoki sonli yondashuv va axborot texnologiyalarini joriy etishi
yuksak natijalami qo‘lga kiritishda kuchli omil hisoblanadi va misli
ko‘rilmagan natijalami berishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasida mustaqillik davriga kelib jismoniy
tarbiya va sport boshqamvining zamonaviy tizimlarini shakllanti-
rishga alohida ahamiyat berib kelinyapti, chunki yuqorida keltirilgan
menejment nazariyasiga binoan har qanday sport musobaqasi yoki
sport mashg‘uloti bo‘ladimi, ulami aniq, zamonaviy boshqaruv
tizimisiz amalga oshirish mumkin emas. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki,
yurtimizda hukumatimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportning
rivojiga qanchalik katta e’tibor berilishiga qaramasdan mavjud
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlarini tegishli me’yor va
talablar asosida yanada rivojlantirish va zamonaviylashtirish
zarurligi ma’lum bo‘ldi.
213
Xalqaro me’yor va standartlar asosida 0 ‘zbekiston Respub-
likasida hisoblab chiqilgan va hukumat tomonidan tasdiqlangan
amaldagi me’yor va ko‘rsatkichlar asosida yurtimizda aholining
turli qatlamlari orasida jismoniy tarbiya va sportning mo‘’tadil
ravishda rivoj topishining asosiy yo‘nalishlari ta’minlab kelinyapti.
Masalan, kuchlanishli tayyorgarlik mashqlari uchun zarur bo‘lgan
binoning me’yoriy hajmi har bir sportchi uchun 4
Do'stlaringiz bilan baham: |