Olzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 7,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/111
Sana25.09.2022
Hajmi7,9 Mb.
#850159
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   111
Bog'liq
fayl 125 20210324

Tayanch iboralar:
Prinsip. Boshlanish. Asos. Yetakchi g‘oya. Ilmiylik prinsipi. 
Yakkaboshlik prinsipi. Markazlashgan boshqaruv prinsipi. De- 
mokratlashgan boshqaruv prinsipi. Birlik, yaxlitlik prinsipi. 
Sistemali boshqaruv prinsipi.
Prinsip tushunchasi lotincha «pricium» so‘zidan olingan boiib
«boshlanish», «asos» degan ma’noni bildiradi. Hozirgacha bu 
so‘zning m a’nosi har xil talqin qilib kelinmoqda, jumladan, ba’zi 
manbalarda asosiy yoki qandaydir nazariya va fanning boshlanish 
nuqtasi sifatida m a’no berilyapti, boshqa manbalarda esa, personal, 
xodimlar xulqining boshlangich yoki asosiy qoidasi sifatida va 
guruh a ’zolarining o ‘zaro munosabatlariga qo‘yilgan asosiy talab 
sifatida ifodalangan. Demak, prinsip -
bu faoliyat
yuritish, 
boshqaruvning asosiy qoidasi, yetakchi g‘oyadir. Ilmiy adabi- 
yotlarda odatda boshqaruv prinsiplari deganda iqtisodiyotga rahbar- 
lik qilishda asoslaniladigan asosiy qoida, y o i-y o ‘riq, xulq 
me’yorlari tushuniladi. Boshqaruv prinsiplari iqtisodiyot qonunlari 
ta’siri natijasida boshqaruv usullariga bogiiq hodisalar mohiyatini 
aks ettiradi.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentida boshqaruv mexanizmi 
sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin:
prinsiplar— ►
usullar— ►
uslublar---- ►
hodisalar.
100


Jismoniy tarbiya va sport menejmentining boshqaruv prinsiplari 
o ‘zaro bog‘liq va birgalikda qo‘llanilishi lozim.
0 ‘zbekistonda menejment prinsiplari yurtimizdagi barcha 
sohalarda, jumladan, jismoniy tarbiya va sport sohalarida amalga 
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tub o‘zgarishlami aks 
ettiradi. Ular davlat tizimi, mulkchilik formalari, infrastruktura, 
huquqiy normalami aks ettirgan holda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishga 
egadir. Menejmentda, xususan jismoniy tarbiya va sport menej­
mentida rahbarlar o ‘zlarining amaliy faoliyatlarida umumiy prinsip- 
lardan ko‘p foydalanadilar. Menejment prinsiplari rahbarlar o ‘zlari- 
ning boshqaruv faoliyatlari va xo‘jalik masalalarini yechishlarida 
foydalaniladigan asosiy qoida va yo‘riqnomalar majmuasidan 
iboratdir.
Menejmentda mavjud har bir prinsipning nazariy asoslarini bir- 
ma-bir o‘rganib, ulardan alohida foydalanish mumkin, lekin amalda 
ular yagona, butun bir majmua sifatida qo‘llanilib va rivojlanib 
boryapti. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti prinsiplarining 
majmuasi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi amaliyoti bilan 
bevosita aloqadordir. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining 
menejment prinsiplariga mos bo‘lmagan harakatlari amaldagi 
sistema qonuniyatlariga zid keladi va boshqaruvda uzulishlarga olib 
keladi, piravardida uning samaradorligi pasayadi.
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti prinsiplari majmuasi o‘z 
tabiatiga ko‘ra yaxlit bo‘lsada, ahamiyat darajasiga ko‘ra har xildir. 
Ular qo‘llanayotgan joyiga, tizim (struktura), tashkiliy va funksional 
ko‘rinishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Iqtisodiy munosabat- 
laming har xilligi prinsiplarning turli-tumanligini taqozo etadi.
Menejment prinsiplari jismoniy tarbiya va sport boshqaruvidagi 
loyihalash jaroyoni, joriy etish, ishlash, rivojlantirish va boshqarish 
sistemasini takomillashtirishning ajralmas qismidir. Ishlab chiqarish 
munosabatlari, iqtisodiy munosabatlar, jumladan, jismoniy tarbiya 
va sport menejmentini rivojlanib borishi, ulaming boshqaruv siste­
masini ham shakllanib, rivojlanib, takomillashib borishini taqozo 
etadi. Shuning uchun, amaldagi barcha o'zgarishlar, sharoitlami 
hisobga olgan holda, menejment boshqaruvining uzluksiz jaroyonda 
doimiy joriy etishi, bevosita ishtirokini ta’minlab, prinsiplar
101


haqidagi tasavvurga ham shunga yarasha sistemali ravishda 
yangiliklar va aniqlik kiritilib va chuqurlashtirib borish lozim.
Prinsiplar umumlashgan xarakterga ega bo‘ladi, shuning uchun 
jismoniy tarbiya va sport menejmentidagi o‘zgarishlar va rivojlanib 
borishlami har doim ham to ‘liq hisobga ololmaydi. Ularning 
ro‘yhati optimal bo‘lishi, bir tomondan, jismoniy tarbiya va sportni 
boshqarishda erkinlik yaratib, ijodiy tashabbus muhitini yaratib 
berishi, ikkinchi tomondan, sohani boshqarish faoliyatidagi barcha 
o ‘zgarishlami mujassamlshtirib borishi maqsadga muvofiqdir.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining eng muhim, 
birlamchi va ish yuritishda asosiy hisoblanadigan kategoriyalaridan 
biri uning boshqaruv prinsiplaridir. Prinsiplar asosida menejment­
ning navbatdagi kategoriyalari, ya’ni uning fimksiyalari, usullari, 
texnologiyasi va boshqaruv tizimlari shakllanib, rivojlanib boradi.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining an’anaviy ravishda 
shakllangan va hozirgi zamon mutaxassis-olimlari tomonidan tan 
olinib, rivojlantirib kelinayotgan boshqaruv prinsiplari quyidagi- 
lardan iborat:
1. 
Menejment xizmati o ‘zining mohiyatiga ko‘ra jismoniy tar­
biya va sport faoliyatidagi ko'pgina umumiy prinsiplarga amal 
qilgan holda rivojlanib boradi. Ulardan eng muhimi ilmiylik prinsi- 
pidir, u har doim nazariyanig amaliyotdan ilgarilab borishini hisob­
ga olgan holda jismoniy tarbiya va sport menejmentini boshqaruv- 
dagi zamon talablariga javob beraoladigan bo‘lishiga xizmat qiladi. 
Ilmiylik prinsipi jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy siljishlami oldindan 
fan asosida ko‘ra bilgan holda, amaldagi aniq sharoitga qarab 
boshqarish sistemasini to‘liq nazoratda ushlab tura oladigan 
darajada menejmentning asosiy zvenosini topa olishga xizmat 
qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmiylik prinsipining ahamiyati 
yanada ortib boradi, chunki u iqtisodni, xalq xo‘jaliginig boshqa 
tarmoqlarini, jumladan, jismoniy tarbiya va sportni boshqarishni 
isloh qilishga asos bo'ladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, 
0 ‘zbekistonning xususiyatlarini hisobga olganda jismoniy tarbiya 
va sport menejmenti nazariyasini ijodiy rivojlantirib borish 
susaymaydi, qaytanga yanada kuchayib, dolzarb masalaga aylanib 
boradi.
102


0 ‘z faoliyatida ilmiylik prinsipiga rioya qilib, valyuntarizmni 
inkor qila oladigan har bir rahbar iqtisodiy qonunlar, jamiyat 
rivojlanishining obyektiv yo‘nalishiari va boshqaruv prinsiplari 
orasida o ‘z sohasiga taaliuqli barcha milliy va jahon tajribasi 
yutuqlarini qo‘llay olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ilmiylik prinsipi birinchi navbatda iqtisodiyotning umumiy 
nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va amaliyotidan foydalahishni 
taqozo etadi. U har bir ierarxik bosqichda menejment obyekti 
sifatida boshqarish jarayonining kompleks elementi, subyekti 
sifatida esa mas’uliyat va huquq bilan qurollangan boshqaruv 
organlari, zvenolari va bo‘g‘inlar majmuasidan iborat ekanligini aks 
ettiruvchi muhim element sifatida namoyon bo‘ladi. Personal, 
insonlar, xodimlar va ularning amaliy faoliyatlari orqali jismoniy 
tarbiya va sport tashkilotlarining barcha tarkibiy qismlarida ilmiylik 
prinsipi boshqaruv sistemasining faol elementiga aylanadi.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining ilmiylik prinsipi 
menejmentda har qanday tavsiya, qabul qilinadigan boshqaruv 
qarorlarini ilmiy tomondan asoslangan boiishini taqozo etadi. 
Jismoniy tarbiya va sport menejmentining ilmiy asosini boshqaruv 
nazariyasi va amaliyoti, sport nazariyasi va amaliyoti, menejment, 
psixologiya, meditsina, 

Download 7,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish