Olzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 7,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/111
Sana25.09.2022
Hajmi7,9 Mb.
#850159
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111
Bog'liq
fayl 125 20210324

Tayanch iboralar:
Bozor iqtisodiyoti, sport menejmenti, sport menejmentining 
shakllanishi, jismoniy tarbiya va sport menejmenti, jamoatchilik


jismoniy tarbiya va sporti, fitnes industriyasi, tijorat sport tashki­
lotlari, jamoatchilik sport tashkilotlari, status, professional tijorat 
sporti, davlat roli.
0 ‘zbekistondagi bozor iqtisodiyoti sharoitida sport menejmen­
tining shakllanish jaroyoni o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Birin- 
chidan, mustaqillik davrigacha bo‘lgan davrda shakllangan jismoniy 
tarbiya va sport boshqaruvi usullariga faol moslashuv jaroyoni 
davom etyapti. Ikkinchidan, hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, jahon 
moliyaviy-iqtisodiy iqirozning 0 ‘zbekiston sharoitidagi oqibatlari 
holatida jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining yangi shakllari va 
mexanizmlari yaratib borilyapti. So‘nggi davrlarda ushbu holatning 
professional sport sohasida borgan sari o‘z aksini topib borayot- 
ganini aniq kuzatish mumkin. masalan, jamoa sport tashkilotlarida 
tadbirkorlikni rivojlanish borasida fitnes klub va uning tarmoq- 
larinibg yaratilib, rivojlanib borayotgani fikrimizning dalilidir.
0 ‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport menejmentining 
hozirgi davrdagi rivoji quyidagi omillarga bog‘liqdir:
-jamoatchilik jismoniy tarbiya va sportini tarmoqning birlamchi 
bosqichi sifatida o ‘z mavqeini yo‘qotib borayotgani;
- ishlab chiqarish korxonalaridagi ish vaqtida bajariladigan 
jismoniy tarbiyaning o‘zini-o‘zi yo‘qotib borayotgani;
- fitnes-industriyasining paydo boiishi va tez rivojlanib 
borayotgani;
- tijorat sport tashkilotlarining paydo boiishi, ayniqsa, aholiga 
jismoniy tarbiya-sogiomlashtirish xizmatlari ko‘rsatish hamda 
«katta» sport sohasida;
- tijorat sport tashkilotlari toifalarining paydo boiishi va ular 
turlarining ko‘paib borishi;
- jamoatchilik tashkilotlarining ahamiyati va statusini tubdan 
oshib borishi;
- professional tijorat sporti va u bilan bogiiq boigan 
musobaqalar sistemasining intensiv rivojlanishi;
- jismoniy tarbiya va sport boshqaruvida davlat rolini susayib 
borishi;
- jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining barcha bosqichlarida 
maqsadli dasturlaming ishlanishi va amaliyotga joriy etilishi.
89


Jismoniy tarbiya va sportda alohida xodimlar yoki insonlar 
guruhi, tashkilotlar o ‘zlarining birgalikdagi mehnat faoliyatlari 
jaroyonida m a’lum munosabatlarga kirishadilar. Jaroyon ishtirok- 
chilari qanchalik ko‘p b o isa, ularning o‘zaro munosabatlari shun- 
chalik murakablashib boradi. Bunday sharoitda boshqaruv, inso- 
niyatning o ‘ziga xos faoliyati sifatida birgalikda faoliyat ko‘rsa- 
tishga jalb etilgan ishtirokchilar orasida boshqaruv munosabatlarini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport 
sohasida boshqaruv munosabatlari ushbu jaroyon bilan ma’lum bir 
darajada bo g iiq boigan tarmoq xodimlari, sport tashkilotlari va 
boshqa ishlab chiqarish tashkilotlari orasida amalga oshirilinadi. 
Jismoniy tarbiya va sportda boshqaruv munosabatlarining quyidagi 
toyifalarini ajratish mumkin:
- boshqaradigan va boshqariladigan sistemalar orasida;
- subyekt va obyekt boshqaruvi orasida, masalan, jismoniy 
tarbiya va sport hamda sport tashkilotlari ijrochi hukmron organlari 
(sport maktablari, klublar va boshqalar);
- boshqaruv sistemasining o‘z ichida, bunday holatlrda 
boshqaruv munosabatlari gorizontal va vertikal ko‘rinishlarga 
boiinadi. Gorizontal holatda har xil boiinm alar va zvenolar 
orasidagi bogiiqlik ko‘zda tutiladi (masalan, jismoniy tarbiya va 
sport oliy o ‘quv yurtlaridagi kafedralar orasidagi bogiiqlik). 
Vertikal holatda boshqaruvning har bir ierarxik pog‘onalaridagi 
bogianish (masalan, sport klublarida: rais, sport klubi kengashi, 
murabbiylar kengashi. katta murabbiy, murabbiy va boshqalar);
- har bir ierarxik pog‘onalaridagi rahbar va ijrochi orasida 
(masalan, murabbiy va sportchi). Jismoniy tarbiya va sport 
sohasidagi ushbu boshqaruv munosabatlari «subordinatsiya munosa­
batlari» deb ataladi;
- har xil boiinm alar rahbarlari va ushbu boiinm alar ijrochilari 
orasida. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ushbu boshqaruv 
munosabatlari «yo‘naltirish (koordinatsiya) munosabatlari» deb 
ataladi;
- tamoq munosabatlari (tarmoq ichidagi boshqaruv munosa­
batlari);
- territorial (bir hudud doirasida);
90


- tamoqlararo (har xil tarmoqlar ichidagi tashkilotlar orasidagi 
boshqaruv munosabatlari);
- hududlararo, ya’ni har xil hududlardagi jismoniy tarbiya va 
sport tashkilotlari orasidagi boshqaruv munosabatlari;
- aralash (masalan, hudud, tarmoq).
Aniq jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari nuqtai nazaridan 
boshqaruv munosabatlari tashqi va ichki ko‘rinishlarga boiinadi.
Boshqa jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari ichidagi yoki 
boshqa sport tashkilotlari orasidagi o ‘zaro bog'lovchi aloqalaming 
soniga qarab boshqaruv munosabatlari «oddiy va murakkab» 
bo‘lishi mumkin. Masalan, oddiy munosabatga maktab jismoniy 
tarbiya o ‘qituvchisi va o‘quvchi, murabbiy va sportchi orasidagi 
munosabat kiradi. Murakkab boshqaruv munosabatlarida yana 
qo‘shimcha boshqa zvenolarning ishtiroki xarakterli hisoblanadi: 
sport maktabining direktori, murabbiy, sportchi. Murakkab 
boshqaruv munosabatlarining tashkiliy aloqalar xarakteriga qarab, 
ular chiziqli, funksional va aralash ko‘rinishlarga bo‘linadi. 
Jismoniy tarbiya va sport boshqaruv munosabatlarining amal davri- 
ga qarab, ular doimiy va vaqtincha guruhlarga bo‘linadi.
Jismoniy tarbiya va sport xodimlari bilan ta’minlanganlik ko‘r- 
satkichlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, 0 ‘zbekiston Respub- 
likasida umuman va uninig tumanlarida amaldagi mavjud 51152 
sport inshootlarida sport instruktorlarining soni 179 nafarni tashkil 
etgan bo‘lib, ulardan 91 nafari oliy ma’lumotga, 69 nafari esa o‘rta 
maxsus ma’lumotga egadirlar, ya’ni ushbu toifadagi xodimlaming 
faqatgina 50,8 foyizigina oliy ma’lumotlidir. Andijon, Buxoro, 
Jizzax, Namangan va Samarqand tumanlarida sport inshootlarining 
instruktorlari umuman mavjud emasligini ko‘rish mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport xodimlarining aksariyati jismoniy 
tarbiya va sport ta’lim xizmatini bajaradilar, chunki ular asosan 
ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatadilar. Umuman olganda 
tarmoqda eng katta miqdor umumta’lim muassasalarining o ‘qituv- 
chilariga to‘g ‘ri keladi (53%) va sport trenerlari 22% ni tashkil 
etadi, ulardan oliy ma’lumotli o‘qituvchilar 57,6% va trenerlar 44% 
ni tashkil etadi.
Eng ma’qul holat oliy o ‘quv yurtlari o‘qituvchilari orasida 
ko‘zga tashlanadi, ularda oliy ta’limga xodimlar 99,8% tashkil etadi,
91


shunga e ’tibor qilish lozimki, boshqaruv personalining professional 
holati yuksak darajadadir (69,6%), Toshkent shaxri bo‘yicha 45,5% 
ni tashkil etadi. Demak, ushbu toifadagi xodimar uchun tarmoq 
mehnat bozorida doimiy ravishda oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya 
va sport mutaxassislari bilan yangilanib turish talab etiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, barcha jismoniy tarbiya va sport 
mutaxassislaridan 71,3% qishloq joylarga to‘g‘ri keladi, chunki u 
yerlarda oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari 
soni 67% ni tashkil etadi.
Tumanlar miqyosida oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya va sport 
mutaxassislari nisbati quyidagicha: 0 ‘zbekiston bo‘yicha 60,2%, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 7,9%, Andijonda 7,3%, 
Qashqadaryoda 8,9%, Farg'onada 12,6%, Samarqandda 8%, 
Toshkentda 8,6% ni tashkil etadi, ya’ni tumanlarda deyarli bir xil 
holatni kuzatish mumkin. Shu bilan eng past ko‘rsatkichlami 
Sirdayoda - 3,4%, Navoida - 5,4%, Jizzaxda - 4,5% va Surxon- 
daryoda — 5,8% ni ko‘rish mumkin.
Shunday qilib, yurtimizda 60,2% mehnat bozorida xizmat qila- 
yotgan oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya va sport mutaxassislaridan 
iboratdir, 36% o ‘rta maxsus va 3% jismoniy tarbiya va sport 
ma’lumotiga ega emasdirlar.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentida jamoa va guruhlami 
boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi, ayniqsa, ularga rahbar 
tayinlash mas’ul vazifaga kiradi.
Rahbami to‘g‘ri tayinlash bevosita ishlab chiqarishda, jismoniy 
tarbiya va sportda personalning yagona rahbar qarorlariga
ko‘rsatmalariga, buyruqlariga va kerak b o isa uning maslahatlariga 
tizimdagi barcha personalning qat’iy bo‘ysunushini talab qiladi. 
Menejment tizimining eng yuqori pog‘onasida o‘tirgan rahbar quyi 
bo‘g ‘in rahbari vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etmasligi lozim. 
Ushbu prinsipni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining 
huquq, burch, majburiyatlarini qat’iy belgilab qo‘yishdir. Yagona 
boshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan qarorlar oshkoraligi bilan 
qo‘shib olib borilishini talab qiladi. Kollegiallik intizomi har doim 
rahbaming yagona shaxs sifatidagi irodasiga personalning so‘zsiz 
bo‘ysinishini 
amalga 
oshirishni talab 
qiladi. 
Demokratiya, 
oshkoralik har bir kishiga o‘z fuqarolik qarashlarini namoyon qilish,
92


boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol 
qatnashish uchun imkon yaratadi.
Rahbarlik munosabati deganda har bir sportchi yoki jismoniy 
tarbiya bilan shug‘ullanuvchi yoki biron-bir komanda, guruhga bir 
vaqtning o‘zida faqatgina bitta rahbar boshchilik qilishi lozimligi 
tushuniladi. Rahbarlik munosabati nazariy va amaliy tomonlari 
hayot tajribasidan o‘tib, menejmentda mustahkam, qat’iy kategori- 
yaga aylangan. Katta-kichik korxona bo‘ladimi, ishlab chiqarish 
birlashmasimi, ilmiy-o‘quv yurtimi yoki oilami, shu jumladan, 
jismoniy tarbiya va sport tashkiloti bo‘ladimi, qo‘yingchi, har 
qanday tizim yoki guruh tepasida bitta rahbar turganining guvohi 
bo‘lamiz. Agarda ushbu qoida buzulib, yuqorida sanab o‘tilgan 
obyektlarning birortasiga ikki yoki undan ortiq rahbar boshchilik 
qiladigan bo‘lsa, ish buziladi, ya’ni menejmentning boshqaruv qa­
rorlari o ‘z kuchini yo‘qotadi. «Ikki boyga bir malak» holati yuzaga 
kelib, boylar o‘miga malak ish yurituvchiga aylanishi mumkin. 
Bunday holatlarda ijrochi ikki rahbaming har biriga ularning 
«muhim topshiriqlarini» ro‘kach qilgan holda, ustalik bilan o ‘z 
manfaatiga mos, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishi ham mumkin 
bo‘ladi
Masalan, musobaqalar oldidan o‘tkazilinayotgan mashg‘ulot- 
larda bir vaqtning o ‘zida komanda boshlig‘i sheriklar (trener yoki 
murabbiy) bilan kelishmagan holda shug‘ullanuvchilarga o‘zining 
fikricha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatganini, shu vaqtning o‘zida trener o‘z 
hamkasblari (komanda boshlig‘i va murabbiy) bilan kelishmagan 
holda butunlay boshqacha ko‘rsatmalar berishini tasavvur qilayliq, 
ijrochi - sportchi oldida variantlar imkoniyati paydo bo‘ladi. Ushbu 
holat ikki rahbar tomonidan bir vaqtning o ‘zida berilayotgani ikkita 
har xil topshiriqlaming birortasini ham bajarilmasligiga olib kelishi 
turgan gap, yoki ijrochilar o ‘zlariga qulay variantni tanlab, ikki 
rahbarga ham chap berib, ularni chalg‘ituvchi bahonalami ko'rsa- 
tishlari mumkin, natijada rahbariyat tomondan ko‘zlangan topshiriq 
to iiq holda amalga oshmay qoladi. Bunday kelishmov-chiliklarga 
yo‘l qo‘ymaslik uchun komanda boshlig‘i ijrochilarga beradigan 
topshirig‘ini trener orqali amalga oshirsa, yakkaboshchilik prinsipi 
kuchga kirgan bo‘ladi va ishni bajarish to‘g‘ri yo‘ldan boradi.
93


Ishchi jam o ’alarida, jum ladan, jism oniy tarb iy a va sport 
jam o alarid a guruh ham korligini ta ’minlash m unosabatlari.
Jismoniy tarbiya va sport guruhlarida, yani komandalarda tarkibni 
ishtirokchilaming bir-birlariga mos kelishlarini hisobga olgan holda 
shakllantirilmasa, kerakli psixologik muhitga erishib bo‘lmaydi va 
guruhda hamkorlik yuzaga kelmaydi. Biz yuqorida qayd qilga- 
nimizdek, har bir shaxs turli xildagi shijoat (temperament)ga man- 
sub bo‘igan holda, turlicha psixologik holatda, kayfiyatda bo‘ladi. 
Bunday insonlami guruh jamoalarida o‘z o ‘rinlarini topishlari, 
hamjihat bo‘lib ishlay olishlari va boshqa guruhlar bilan 
hamkorligini ta ’minlash uchun menejerlar o ‘ta murakkab, katta 
masalalami hal etishlariga to‘g‘ri keladi. Menejment nazariyasi va 
amaliyotida har qanday guruh a ’zolarini bir-birlariga mos ravishda 
oldindan tanlay bilish masalasi katta o‘rin olgan va ulami hal 
etishning ma’lum yechimlari ham mavjud.
Jismoniy tarbiya va sport menejmentida guruh hamkorligini 
ta’minlash o‘ta muhim masala hisoblanadi, chunki jamoaga 
birlashgan sportchilar musobaqa vaqtida qanchalik bir-birlarini 
yaxshi tushungan holda, yaqdillik va yaxlitlikni tashkil qilsalar, 
musobaqa natijalari ham shunchalik samarali bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni, jismoniy tarbiya 
va sportni rejali boshqarish - biznes va strategik rejasini tuzish -
iqtisodiy siyosatlarni amalga oshirishning muhim shartidir. Bu 
prinsip ishlab chiqarish rivojlanishining uzoq muddatga mo‘ljal- 
langan yo‘nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi.
Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarishning asosiy vazifa- 
laridan biridir. U iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning hozirgi hola- 
tini ilmiy tahlil etish, ehtiyojlami istiqbolini aniqlash, texnikaviy va 
tashkiliy qarorlarni qabul qilish asosida amalga oshiriladi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida, ayniqsa, strategik rejalashtirish - u yoki bu 
tarmoq rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng muhimi resurs- 
lardan 
samarali 
foydalanish yoilarini belgilovchi 
iqtisodiy 
rivojlanish parametrlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
B oshqaruv m unosabatlari, shakl va usullarini takomillash- 
tirib borish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli 
mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy 
shaklida mulkdor yakka o‘zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun
94


javobgar boiadi. Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomoni -
mulk egasi ishlar borishini o'zi to iiq nazorat qilish imkoniyatiga 
egaligi. Kamchiligi esa, boshqaruv tizimining uncha katta 
boimasligi va bir kishi boshqaruvning turli vazifalarini bajarishga 
majburligidir. Mulkdor boshqaruvning barcha vazifalarini amalga 
oshirishi: rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, yo‘qotish, 
zarar ko‘rish va boshqa shunga o‘xshash holatlarga shaxsan 
javobgar boiishdadir. Kuchli raqobat sharoitida mulkdor sinmasligi 
uchun doimo o‘z bilimlarini ko‘paytirib, boshqaruv usullarini 
takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yoilarini bozorda 
mavjud holatga mos ravishda o‘zgartirib borishi kerak.
Davlat boshqaruv shakli asosan davlat yoki mahalliy mulk 
boigan korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar 
faoliyati uchun to iiq javob beradi.

Download 7,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish