O‘zbekiston elektr energetikasining zamonaviy holati va rivojlanish istiqbollari.
2001-yildan ko‘mir sanoati korxonalarini ham o‘z ichiga olgan O'zbekiston elektr energetikasi « 0‘zbekenergo» ochiq turdagi Davlat Aksiyadorlik Kompaniyasi bo‘lib faoliyat yuritmoqda. Kompaniya tarkibiga 53 ta korxona va tashkilot, shulardan 39 ta ochiq aksiyadorlik jamiyati, 11 ta unitar korxona, 2 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat va kompaniyaning «Energo sotish» filiali kiradi. Kompaniya aholi va xalq xo‘jaligini markazlashgan elektr hamda respublika miqyosida issiqlik energiyasi bilan kommunal xo‘jalik iste’molchilarini ta’minlashni amalga oshiradi. 2005-yilda kompaniya elektr stansiyalari tomonidan 46,2 mlrd. kW-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, iste’molchilarga 9,9 mln. Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berildi, 16,9 mln. dollarlik elektr energiyasi qo‘shni mamlakatlarga sotildi. Respublikadagi 42 ta elektr stansiyalarining o'rnatilgan quvvati 12,3 mln. kW dan yuqori bo‘lib, 0 ‘rta Osiyo birlashgan energetika tizimi ishlab chiqarayotgan quvvatining taxminan 50 % ini tashkil etadi. «0 ‘zbekenergo» kompaniyasi respublikada deyarli yagona elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va ta’minotchi kompaniya hisoblanadi. Milliy energetika tizimining asosini elektr energiyasining 85 % dan ko‘pini ishlab chiqaruvchi Sirdaryo, Yangi Angren va Toshkent IES kabi katta elektr stansiyalari tashkil etadi. Kompaniyaning hamma suv elektr stansiyalari suv oqimi bo‘yicha ishlaydigan, asosan, SES kaskadlariga birlashgan, eng katta SESlar Chirchiq daryosining yuqori qismida joylashgan (Chorvoq, Xo‘jakent, G‘azalkent) va quvvatni rostlash tizimida ishlashga imkon beruvchi suv omborlariga ega. Respublikada elektr energiyasini uzatish barcha kuchlanishli 235 ming km uzatish liniyalari hamda umumiy quvvati 3 37,7 mln. kVA li 35 kV va undan yuqori kuchlanishli transformator podstansiyalari yordamida amalga oshiriladi. Energetika 0 ‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishida hayotiy muhim o‘rin egallaydi, shuning uchun mustaqillikning birinchi kunidan boshlab yangi energetika siyosati hukumatning alohida boshqaruvi ostida bo‘ldi. 2000-yilning dekabr oyida 0 ‘zbekiston hukumati tomonidan «2001-2010-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasida quvvat yaratilishini rivojlantirish va qayta qurish dasturi» qabul qilindi. Energetika sohasidagi milliy strategiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar: monopoliyadan chiqarish va davlat boshqaruvini kamaytirish; energiya tarqatish sohasida raqobatli muhit yaratish; xorijiy davlatlar va kompaniyalar bilan texnologik va investitsion hamkorlik olib borish. Dastur bo‘yicha energiyani yaratishning samarali texnologiyalarini kiritib, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy IESlari, Toshkent, Muborak IEM bug‘-gazli va gaz turbinali uskunalarini yangilash va qayta qurish boshlandi. Bu dasturni amalga oshirish uchun investorlar mablag‘i jalb qilinadi. Dastur qabul qilingandan buyon YRTB krediti hisobiga Sirdaryo IESning ikkita energobloki qayta qurildi. «Toshkent IESni yangilash» loyihasi bo‘yicha ishlar Yaponiya hukumatining uzoq muddatli imtiyozli krediti hisobiga boshlandi. 2005-yilda Tollimarjon IESning 800 MW quvvatli bitta energobloki ishga tushirildi. Transformatorlaming quvvati 1002 MVA bo‘lgan 500 kV kuchlanishli So‘g‘diyona podstansiyasi ishga tushdi. 500 kV kuchlanishli Yangi Angren IESdan Farg‘ona vodiysidagi qabul qiluvchi 500 kV kuchlanishli 0 ‘zbekiston podstansiyasigacha bo‘lgan elektr uzatuv liniyasi qurilmoqda. Sirdaryo IESdan So‘g‘diyona podstansiyasigacha bo'lgan 500 kV kuchlanishli havo liniyasini loyihalash ishlari olib borilmoqda. Qurilishni moliyalashtirish ishlari Islom Taraqqiyot banki tomonidan olib borilmoqda. 110-220 kV kuchlanishli yangi obyektlarning qurilishi nazarda tutilmoqda, shu bilan birga respublikamiz poytaxti elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish uchun 110 kV li kabel liniyalari va yopiq podstansiyalar qurilmoqda. Dasturda ushbu ishlami amalga oshish uchun, o‘rtacha 800 km magistral EULni qurish hamda 220-500 kV kuchlanishli, quvvatlari 2,0 mln. kVA bo‘lgan transformator podstansiyalarini ishga tushirish kutilmoqda. Kompaniya tomonidan energiya tejamkorligi sohasida har yili energetika-yoqilg‘i resurslarini iqtisod qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha tashkiliy-texnologik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Energiya tejamkorligi masalalarini yaxshi bajarish uchun, birinchidan, hamma toifali iste’molchilami zamonaviy elektr energiya o‘lchov va hisoblash asboblari bilan ta’minlash zarur. Hukumat qarorlarining bajarilishi uchun kompaniya mablag‘lari hisobiga energetika korxonalari, ko‘p xonadonli uylar va xususiy uylarga yuqori sifatli elektr energiyasini o‘lchash asbob va tizimlarini o‘rnatish dasturi amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlami 2012-yilgacha tugallash rejalashtirilmoqda. Zamonaviy asbob va tizimlar asosida elektr energiyasining kommersiya hisobini tashkil qilish, iste’molchilardan o‘z vaqtida maksimal darajada mablag‘ yig‘uvi, sarflangan energiya uchun to‘lovlar intizomini tashkil etish ishlari davom etmoqda. Energetika iqtisodiyotning asosiy bo‘limi ekanligini hisobga olib, energetika tizimi korxonalarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish o‘zining xususiyatiga ega. Respublika iqtisodiyotiga strategik ahamiyati bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv paketi (51 % dan kam emas) aksiyalarini « 0 ‘zbekenergo» DAK o‘zida saqlab qoladi. Issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi hamda katta qurilish korxonalarining aksiya paketlarining sotuvi Davlat tender hay’ati qarori bilan, elektr energiyasini tarqatuvchi va sotuvchi korxonalarining aksiya paketlari esa fond bozori orqali bajariladi. Aksiyalarning boshqaruv paketini olmagan, yangilash va texnik qayta qurish uchun katta miqdordagi investitsiyalami kirgizgan investorlarga 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida aksiyalarning davlat ulushidan bir qismini boshqarish huquqi beriladi. 0 ‘zbekistonda elektr energiyasi va quvvat bozorini yaratish, rivojlantirish asoslari yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |