Oltinsoy tuman 2-son kasb hunar maktabi


Issiqlik elektr stansiyalari



Download 4,95 Mb.
bet12/31
Sana20.03.2022
Hajmi4,95 Mb.
#502630
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
Elektr ta\'minoti fanidan Mavzular to\'plami

Issiqlik elektr stansiyalari .
Reja :
1. An’anaviy energiya manbalari . 2 . Issiqlik elektr stansiyalarining ishlash sxemasi
An’anaviy energiya manbalariga - issiqlik elektr stansiyalari, issiqlik energiya markazi, suv elektr stansiyasi, dizel elektr stansiyalari kiradi. Issiqlik elektr stansiyalari - organik yoqilg‘i yonganda ajraladigan issiqlik energiyasi hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaradigan energetik qurilmalardir. IES quyidagi turlarga bo‘linadi: - foydalaniladigan yoqilg‘ining turiga qarab - qattiq, suyuq, gazsimon va aralash yoqilg‘ilarda ishlaydigan stansiyalar; - issiqlik motorlari turiga qarab - bug‘ turbinali, gaz turbinali va ichki yonuv motori - (dizel) elektr stansiyasi; iste’molchiga beradigan energiya turiga qarab - kondensatsion elektr stansiyasi (KES) va issiqlik energiyasi markazi (IEM); - quvvat berish grafigiga qarab - asosiy, yil bo‘yi bir me’yoriy maksimal quvvatda va cho‘qqi keskin o‘zgaradigan grafik bo‘yicha ishlaydigan stansiyalar. Issiqlik elektr stansiyalarining ishlash sxemasi quyidagicha. Kondensatsion

issiqlik elektr stansiyasi (KES). KESning prinsipial sxemasi 1.9-rasmda ko‘rsatilgan. Qozonga yoqilg‘i tayyorlash sexidan yoqilg‘i (ko‘mir, gaz, mazut, torf, slanes), isitilgan havo va suv aralashmasi keltiriladi. Ta’minlovchi ventilator yordamida havo, ta’minlovchi (PN) nasos orqali suv beriladi. Yoqilg‘i yonishi natijasida hosil bo‘lgan tutun gazlami (qozondan tutun so‘ruvchi yordamida so‘rib olinadi va tutun balandligi 100-250 m bo‘lgan truba orqali atmosferagachiqaribyuboriladi. Qozondan bug‘ bug' turbinasiga yuboriladi. U yerda bug‘ bir nechta pog'onalardan o‘tib mexanik ishni bajaradi - turbina bug1 ta’sirida harakatga keladi. Turbina bilan elektr generatorining vali biriktirilgan bo‘ladi.



Turbinada 1.9-rasm. Kondensatsion elektr stansiyasining ishlash sxemasi: 1 - qozon; 2 - o‘ta qizdirgich; 3 - turbina; 4 - elektr generator; 5 - sovitgich; 6 —nasos; 7 - past bosimli qizdirgich; 8 - deaerator; 9 — suv tayyorlash sexi; 10 - yuqori bosimli qizdirgich. 17 ishlatib bo‘lingan bug‘ sovitgichga (K) yuboriladi. Bu yerda bug‘ sovitgichdan ko‘p miqdorda sovuq suvning (5-25°) o‘tishi natijasida soviydi, ya’ni yana suv holatiga qaytariladi. Sovuq suv manbayi sifatida daryo, ko‘l yoki sun’iy suv havzalari va maxsus sovituvchi minora (gradiriya) qurilmalari bo‘lishi mumkin. U yerdan sovuq suv aylantiruvchi nasoslar (SN) yordamida sovitgichga yuboriladi. Yoriqlardan sovitgichga kiruvchi havo ejektor (E) yordamida chiqarib yuboriladi. Sovitgichda hosil bo‘lgan suv KN suv nasosi yordamida deaeratorga yuboriladi. Deaerator ta’minlovchi suvdan birinchi navbatda kislorodni chiqarib yuboradi, chunki kislorod qozon turbinalarining korroziyasiga olib keladi. Deaeratorga kimyoviy tozalangan suv yuboriladi. Deaeratordan so‘ng suv ta’minlovchi nasos yordamida qozonga yuborilib, oldindan isitiladi. Isitish har xil bosimli isitgichlarda, qozon ekonomayzerida amalga oshiriladi. Bug‘ning asosiy qismining sovitgichdan o‘tishi qozonda ishlab chiqilgan issiqlik energiyasining 60-70 % befoyda almashuvchi suv bilan chiqib ketishiga olib keladi.
KESlarning xususiyatlari. 1. Yoqilg‘i manbayiga mumkin qadar yaqinroq joylarda quriladi. 2. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining asosiy qismi (110-750 kV) yuqori kuchlanishli tarmoqlarga beriladi. 3. Elektr energiyasini ishlab chiqarish erkin grafik bo‘yicha kechadi. 4. Past o‘zgaruvchanlik: turbinaning aylanishi va «sovuq» holatdan yuklamaga o‘tish uchun taxminan 3-10 soat talab qilinadi. 5. Nisbatan past F.I.K. ( 30-40 %) bo’ladi . . Issiqlik elektr markazlari (IEM). IEMning asosiy sxemasi 1.10-rasmda berilgan. KESlardan IEMning farqi shundaki, stansiya turbinasida ishlatilgan bug‘ning bir qismi sanoat va kommunal-maishiy ehtiyojlarda ishlatiladi. SP maishiykommunal iste’molchilar issiqlikni tarmoq isitkichlaridan oladi. IEMda elektr yuklamasining pasayishi bilan bug‘ bilan ta’minlaydigan qozondan ta’minlovchi reduksion-sovitish qurilmasi (RSQ) yordamida iste’molchilar uchun issiqlik olish mumkin. Isitish maqsadlari uchun turbinadan qancha katta miqdorda bug‘ 18 DV TN Ibtunli D gazlar - - RSQ I KT Dr ~ . s\J \O E YUK KT Sovuq suv manbayi FT

1.10-rasm. Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasi olinsa, shuncha kam almashtiruvchi suvda issiqlik yo’qoladi va natijada stansiyaning F.I.K. shuncha yuqori bo‘ladi. Turbina qizib ketmasligi uchun undan barcha tartibda o‘tuvchi bug‘ning aniq miqdori

ta’minlanishi kerak. Issiqlik va energiya iste’molchilari quvvatlarining IEM hollarda kondensatsion tartibida ishlaydi. Bu esa uning tejamkorligini pasaytiradi. IEM, ayniqsa, sanoat va yirik isituvchi qozonlarda sanoatning bug" va issiq suvga bo‘lgan talabini 100 % ta’rainlaydi . IEMning xususiyatlari: 1. Issiqlik iste’molchilari yonida quriladi. 2. Asosan keltirilgan yoqilg‘ida ishlaydi. 3. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bilan hudud atrofidagi iste’molchilami ta’minlaydi . 4. Elektr energiyasi qisman grafik bo‘yicha ishlab chiqariladi (issiqlik grafigi iste’molchiga bog‘liq). 5. Past o‘zgaruvchanlik (KES kabi). 6. Nisbatan yuqori Qj=60-70 %) F.I.K. ga ega.

Nazorat savollari


1. Kondensatsion issiqlik elektr stansiyalarning afzallik va kamchiliklari nimadan iborat? 2. Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasi ning vazifasi va turlari haqida ma’lumot bering. 3. Kondensatsion issiqlik elektr stansiyasi foydali ish koeffitsiyenti necha foizni tashkil etadi?



Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish