Oltingugurtni vodorod bilan reaksiyasi
1-tajriba. 76- va 79- rasmlarga ko‘ra asbob yig‘ing. Kalsiy xlorid solinadigan idishning shar qismiga (shar qism bo‘lmaganda, to‘g‘ri naydan foydalansa ham bo‘ladi) ozroq oltingugurt, probirkaga esa qo‘rg‘oshin (II) nitrat eritmasidan soling. Nay orqali Kipp apparatidan vodorodni o‘tkazing. Pribordan chiqayotgan gazning tozaligiga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng (buning uchun gaz chiqayotgan nayni tepaga ko‘tarib, vodorod yig‘ing va tozaligini tekshiring) oltingugurt solingan sharchani qizdiring. Bo‘layotgan hodisani kuzating. Qo‘rg‘oshin (II) nitrat eritmasi solingan idishdagi cho‘kma nima? Nima uchun qo‘rg‘oshin ioni vodorod sulfidi uchun reaktiv hisoblanadi? Reaksiya tenglamasini yozing.
79-rasm. Vodorod sulfid olish uchun asbob.
Do'stlaringiz bilan baham: |