“Oltun yorug‘” matni xuddi turkiy dostonlar, jumladan, o‘zbek xalq dostonlari matni kabi tuzilishga ega. Nasriy va she’riy parchalar almashinib keladi. “Oltun yorug‘”ning she’riy parchalarini N.Rahmon baholi qudrat she’riy tabdil qilgan, “madhiya”, “she’r” kabi adabiyotshunoslik terminlari qo‘llangan o‘rinlarda shu holni kuzatamiz. AlgirDas Kugyavichus tarjimasi. L.YU.Tugusheva Asar turkiy tilli xalqlar orasida e’tiborga molik asar bo‘lgani uchun ham X– XV111 asrlar davomida o‘n marta ko‘chirilgan va sharqdagi ko‘p tillarga tarjima qilingan. “Oltin yorug‘”ning Radlov–Malov nusxasi 10 kitobdan (tägzïnç) iborat. Asarni 1910 yili rus olimi S.E. Malov Xitoyning Gansu viloyatiga qarashli Vinshgu qishlog‘idagi buddaviylar ibodatxonasidan topgan. Asar qo‘lyozmasi 355 varaq (710 sahifa)dan iborat bo‘lib, 1687 yili ko‘chirilgan. Hozirda bu nusxa Sankt–Peterburgning Osiyo muzeyida saqlanadi. Bu asarni birinchi marta V.V.Radlov va S.E. Malov eski uyg‘ur–turk alifbosida chop ettirganlar6. O‘nta kitob jami 31 bo‘limni o‘Z ichiga oladi. E.R. Tinishev, V.B.Todayeva Qadim zamonlardan buyon adabiyotning so’z san’ati ekanligi haqidagi haqiqat takrorlab kelinadi. Adabiyotning bosh unsuri so’z, umuman, tildir. Ya’ni adabiy asarning san’at darajasiga ko’tarilishi uning lisoniy tarkibi va muallifning badiiy ifoda mahoratiga bog’liqdir. Shunga ko’ra har qanday badiiy asarni baholash uchun, avvalo, uning lisoniy tarkibidagi o’ziga xoslikni tahlil etish kerak bo’ladi. Badiiy asar tilini ongli ravishda tahlil qilish ma’lum bir asar mazmunini, uning g’oyaviy mohiyatini, yozuvchining ijodiy mahorati va g’oyaviy yo’nalishini chuqur o’zlashtirish imkonini beradi, yoshlarni o’z bilimini amalda mustaqil sinab ko’rish malakalarini hosil qilib, ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradi, turmush haqida, kishilar va insoniy munosabatlar to’g’risida shax’siy mushohada yuritishga imkon yaratadi. 1. Badiiy matn ham shaklan, ham mazmunan mutlaqo o’ziga xos bo’lgan murakkab va serqatlam estetik butunlikdir. Unda mazmun qanchalik muhim bo’lsa, shakl ham shunchalik favqulodda ahamiyatlidir. Ba’zan shakl hatto mazmun darajasiga ko’tarilishi, mazmun maqomini olib, haqiqiy mazmunning qimmatiga dahl qilishi ham mumkin. Badiiy matnning lingvopoetik tahlilida, eng avvalo, ana shu jihat, ya’ni shakl va mazmun birligi birlamchi tamoyil sifatida to’liq nazarda tutilishi lozim. (Одинцов В.В. Стилистика текста. Москва. Наука. 1980.) 2. Badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlari tekshirilayotganda undagi har bir til hodisasiga makon va zamon birligi tushunchasini hisobga olib yondashish kerak. Har qanday asar davr va makon bilan bog’liq holda yuzaga keladi. 3. Badiiy matnning lingvopoetik tahlilida badiiy adabiyot tilining, xususan, tahlil etilayotgan matn tilining umumxalq tili, uning turli ko’rinishlari va adabiy tilga munosabatini nazarda tutish ham yana bir tamoyildir. Shuni ham aytish joizki, badiiy matnning ikki turini farqlash mumkin: 1) zamonaviy matn; 2) tarixiy matn. Zamonaviy matnni yana ikkiga bo’lish mumkin: a) bugungi kun mavzusidagi zamonaviy matn; b) tarixiy mavzudagi zamonaviy matn.
Do'stlaringiz bilan baham: |