1- MAVZU. Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishninghuquqiy-me’yoriy asoslari.“O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi”ning umumiy masalalari. O‘zbek tilini o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillar.
Chirchiq davlat Pedagogika Instituti
O‘zbek tili va adbiyoti Kafedrasi
O‘zbek tili o‘qitish METODIKASI Fani
Maʼruzachi: Интизор абдиримова
Reja:
1. O‘quv-me’yoriy hujjatlarga doir termin-tushunchalarning ilmiy-metodik talqini.
2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili bo‘yicha DTS tarkibi va mazmuni.
3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili dasturining tarkibi va mazmuni.
4.“O‘zbek a tili o‘qitish metodikasi” fanning shakllanishi, maqsad va vazifalari
5. “O‘zbek a tili o‘qitish metodikasi” fannining boshqa fanlar bilan aloqasi ilmiy-tatqiqot metodlari
6. O‘zbek tili o‘qitishda “til – me’yor – nutq mutanosibligi” prinsipi.
7. O‘zbek tili o‘qitishda turli prinsiplar.
O‘quv-me’yoriy hujjatlarga doir termin-tushunchalarning ilmiy-metodik talqini.
Me’yoriy hujjat – har xil faoliyat turlari yoki ularning natijalariga taalluqli qoidalar, umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hujjat. Ta’lim standartlari tizimidagi me’yoriy hujjatlarga O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim standartlari kiradi.
Standart – ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har bir turlariga va natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llanilgan qoidalar, tavsiyalar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjat.
Ta’lim standarti – standart tekshirish usullariga muvofiq keladigan va o‘qitish sifatining standart ko‘rsatkichlarining bilan ifodalangan mazkur ta’lim turida o‘quvchini o‘qitishda va tarbiyalashda qo‘yiladigan talab ko‘rsatkich-larlarning mazmuni.
Davlat ta’lim standartlari – ta’limning zarur, yetarli darajasi va o‘quv yuklamalar hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beruvchi mezon.
Ta’limning standartlashtirilgan turlari – DTS – ta’limning quyidagi turlari uchun belgilanadi: - umumiy o‘rta ta’lim, shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari); oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura). Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun boshqaruvchining vakolatli organlari tomonidan davlat talablari belgilanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim – bu to‘qqiz yillik (I-IX sinflari) o‘qishdan iborat bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim – majburiy ta’limdir. Unda quyidagi muammolar hal qilinadi:
fan asoslari bo‘yicha uzluksiz bilim beriladi; mehnat ko‘nikmalari shakllanadi;
- ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish o‘r-gatiladi; kasb tanlash shakllanadi.